Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Hayz va nifos » Masjidga qoʻshilgan joylarga hayzli ayolning kirishi
Fatvo: 183

O'qildi: 847

30.05.2025

/ 3 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: »

Masjidga qoʻshilgan joylarga hayzli ayolning kirishi

Savol

Masjidga qoʻshilgan joylarga hayzli ayolning kirishi hukmi qanday?
Amerikada uch qavatli bir masjid bor: yuqori qavati ayollar uchun namozxona, ostidagi qavat asosiy namozxona, undan pastda esa (podval) tahoratxonalar, islomiy jurnal va gazetalar uchun joy, ayollar uchun oʻquv sinflari va namoz oʻqish joyi mavjud. Hayz holatidagi ayollar ushbu pastki qavatga kirishi joizmi?
Shuningdek, masjidda qatorlarni ajratib turgan bir ustun bor. Bu ustun safni ikkiga boʻladimi yoki safni uzmaydimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar ushbu bino masjid sifatida qurilgan boʻlsa va yuqori hamda pastki qavatdagilar imomning ovozini eshitishsa, hammalarining namozi durust boʻladi. Ammo hayzli ayollarga pastki qavatdagi namoz uchun ajratilgan joyda oʻtirish joiz emas, chunki u joy masjid hukmida boʻladi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:

فَإِنِّي لَا أُحِلُّ الْمَسْجِدَ لِحَائِضٍ وَلَا جُنُبٍ

 «Men masjidni hayzli ayolga va junubga halol qilmayman», dedilar (Abu Dovud, 232). Ammo ayol kishi faqat zarur buyumlarini olish uchun masjiddan oʻtadigan boʻlsa va qon oqmasligi uchun ehtiyotini olsa, buning zarari yoʻq. Chunki Alloh taolo aytadi: 

﴿ وَلَا جُنُبًا إِلَّا عَابِرِي سَبِيلٍ حَتَّىٰ تَغۡتَسِلُواْۚ ﴾

«Shuningdek, junub holingizda to gʻusl qilib poklanmaguncha namozga va masjidlarga yaqinlashmang. Faqat masjid ichidan oʻtib ketayotgan, uning bir eshigidan kirib, boshqa eshigidan chiqib ketayotgan kishi bundan mustasnodir» (Niso, 43).

عن عَائِشَةَ أُمِّ المُؤْمِنِينَ قاَلَتْ: قالَ لِي رَسولُ اللهِ ﷺ: ناوِلِينِي الخُمْرَةَ مِنَ المَسْجِدِ، قالَتْ فَقُلتُ: إنِّي حائِضٌ، فقالَ: إنَّ حَيْضَتَكِ ليسَتْ في يَدِكِ.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjiddan turib menga xumrani uzatishni buyurgan edilar, «Men hayzliman», dedim. U zot: «Hayzing qoʻlingda emas ku», dedilar» (Muslim, 298).

Agar pastki qavat masjid sifatida emas, balki savolga koʻra ombor va boshqa ehtiyojlar uchun moʻljallangan boʻlsa, u holda bu joy masjid hukmida boʻlmaydi. Hayzli yoki junub odamlarning bu joyda oʻtirishi joiz boʻlib, hojatxonalarga qoʻshilmagan toza joylarda namoz oʻqishi mumkin, chunki bu joy namoz oʻqish taqiqlangan joylardan emas. Biroq bu joyda namoz oʻqigan kishi imomni koʻrmasa yoki boshqa maʼmumlarni koʻrmasa yuqoridagi imomga ergashmasligi kerak, chunki bu joy sahih qavlga koʻra masjidga tegishli boʻlmaydi.

Safni ikkiga boʻluvchi ustunga kelsak, bu namozga zarar qilmaydi. Ammo imkon boʻlsa, saf ustunning oldida yoki ortida boʻlishi afzal. Shunda namoz mukammalroq boʻladi. Allohning Oʻzi toʻgʻri yoʻl koʻrsatuvchidir!

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Namozdagi qunut

    Sizdan namozdagi qunut (ruku’dan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish) haqida so‘ramoqchiman. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridanmi yoki bu ish ularning holati sababli istisno tariqasida bo‘lganmi? Iltimos, menga javob bering, chunki masjidimiz imomi, Rasulullohdan qaysi namoz afzal, deb so‘ralganda, u zot alayhissalotu vassalom: «Qunuti uzunroq bo‘lgan namoz», deb javob berganlar», deb aytdi.
  • Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?

    Vitrdagi qunut duosi kabi duolarni yod olishga qiynalaman. Shuning uchun bu duoning oʻrniga biror sura oʻqirdim. Bu duoni oʻqishning farz ekanini bilgach, yod olishga harakat qildim va namoz paytida yonimdagi stol ustidan kitobni olib, qiblaga yuzlangan holda oʻqiydigan boʻldim. Shunday qilishim joizmi?
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • Ramazonda hayzni to‘xtatuvchi dorilarni qabul qilish

    Agar Ramazonning oxirgi o‘n kunligida ayol kishininz hayzi kelsa, ushbu fazilatli kunlarda ibodatni ado etish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun hayzni toʻxtatuvchi dorilarni ishlatishi joizmi?
  • Roʻzador ayoldan sargʻish suyuqlik kelishi

    Bir ayol Ramazonda tong otishidan oldin poklanib, o‘sha kuni ro‘za tutdi. So‘ng peshin namozini o‘qish uchun turganida sarg‘ish suyuqlik ko‘rdi. Uning ro‘zasi durustmi?