O'qildi: 39
Sentabr 29, 2025
/ 7 Rabiul-oxir 1447
Fatvo mavzusi: Yangi oyni koʻrish
Savol
Qamariy oylarning birinchi kuni qanday aniqlanadi? Yangi tug‘ilgan oy ufqda ma’lum vaqt qolishi shart qilinadimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan kelgan sahih hadislar shuni ko‘rsatadiki, hilolni quyosh botganidan keyin sha’bon oyining o‘ttizinchi kechasida yoki ramazon oyining o‘ttizinchi kechasida ishonchli kishi ko‘rsa, bu ko‘rish e’tiborga olinadi va shu bilan oyning birinchi kuni aniqlanadi. Bunda oyning quyosh botgandan so‘ng ma’lum vaqt ko‘rinib turishi, yigirma daqiqami, undan kammi yoki ko‘pmi, hisobga olinmaydi. Chunki sahih hadislarda oyning quyosh botgandan keyin ma’lum bir vaqt davomida ko‘rinib turishi kerakligini ko‘rsatadigan hech qanday dalil yo‘q.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?