Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Roʻza masalalari » Yangi oyni koʻrish » Kuzatish asboblaridan foydalanib yangi oyni ko‘rish hukmi
Fatvo: 1245

O'qildi: 44

Sentabr 3, 2025

/ 11 Rabiul-avval 1447

Fatvo mavzusi:

Kuzatish asboblaridan foydalanib yangi oyni ko‘rish hukmi

Savol

Yangi oyni oddiy ko‘z bilan o‘ttiz soatdan oldin ko‘rib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ba’zan ob-havo sharoiti tufayli uni ko‘rish umuman imkonsiz bo‘ladi. Shu sababli, yangi oyning taxminiy sanasini va Ramazon oyining boshlanishini aniqlash uchun astronomik ma’lumotlardan foydalanish joizmi yoki muborak Ramazon ro‘zasini boshlashdan avval yangi oyni ko‘rishimiz shartmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Hilolni ko‘rishda kuzatish qurilmalaridan foydalanish joiz, ammo muborak Ramazon oyining boshlanishi yoki Ro‘za hayitini aniqlashda astronomik hisob-kitoblarga tayanish joiz emas. Chunki Alloh bizga O‘z Kitobida yoki Payg‘ambari sollallohu alayhi va sallamning sunnatida buni buyurmagan.

Aksincha, U Ramazonning boshlanishi va tugashini oyning boshida Ramazon hilolini, oxirida esa Shavvolning hilolini ko‘rish va Ramazon hayiti namoziga jamlanishni shariat qilgan. Alloh taolo hilollarni – yangi oylarni insonlar va haj uchun vaqt o‘lchovi qilgan.

Shu bois, musulmon kishi Ramazon ro‘zasi, hayit bayramlari, Baytullohni haj qilish, bilmay qotillik qilgan odamning kafforati, zihor kafforati va shunga o‘xshash ibodatlarni qamariy oydan boshqa narsa bilan belgilashi joiz emas.

Alloh taolo aytadi:

﴿فَمَنْ شَهِدَ مِنْكُمُ الشَّهْرَ فَلْيَصُمْهُ﴾

«Bas, sizlardan kim bu oyda hozir bo‘lsa, ro‘za tutsin» (Baqara: 185).

Alloh taolo yana aytadi:

﴿يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْأَهِلَّةِ ۖ قُلْ هِيَ مَوَاقِيتُ لِلنَّاسِ وَالْحَجِّ ۗ﴾

«Sizdan hilollar — yangi chiqqan oylar haqida so‘rashadi. Ayting: u (oylar) odamlar va haj uchun vaqt o‘lchovlaridir» (Baqara: 189).

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ يَقُولُ قَالَ النَّبِيُّ أَوْ قَالَ: قَالَ أَبُو الْقَاسِمِ : «صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ، وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ، فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَأَكْمِلُوا عِدَّةَ شَعْبَانَ ثَلَاثِينَ»

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam [yoki Abulqosim sollallohu alayhi vasallam] dedilar: «Uni (hilolni) ko‘rib, ro‘za tutinglar va uni ko‘rib, ro‘zani ochinglar. Agar sizlarga bilinmay qolsa, Sha’bonning adadini o‘ttiztaga yetkazinglar» (Sahihi Buxoriy, 1909).

Shunga ko‘ra, kimki hilolni oy chiqadigan joyda ko‘rmasa, havo ochiq yoki bulutli bo‘lishidan qat’i nazar, sanoqni (ya’ni sha’bon oyining hisobini) o‘ttiztaga yetkazishi lozim. («Doimiy Qo‘mita fatvolari», 10/100)

Bu hukm hilol boshqa joyda ko‘rinmagan holatga taalluqlidir. Agar hilolni boshqa joyda shariatga muvofiq kuzatilgani tasdiqlansa, ko‘pchilik ulamolar fikricha, ular ham ro‘za tutishlari lozim bo‘ladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Oy ko‘rishga oid ixtiloflarga munosabat

    Biz AQSH va Kanadadagi musulmon talabalar har Ramazon boshida musulmonlarni uch guruhga ajratadigan muammoga duch kelamiz: 1. Bir guruh o‘zi yashayotgan shaharda hilolni ko‘rib ro‘za tutadi. 2. Boshqa guruh Saudiya Arabistonidagi ro‘za boshlanishiga qarab ro‘za tutadi. 3. Uchinchi guruh esa AQSH va Kanadadagi Musulmon Talabalar Uyushmasi xabar berganda ro‘za tutadi. Bu uyushma Amerikaning turli hududlarida hilolni kuzatadi va u biror shaharda ko‘rinishi bilanoq, barcha markazlarga xabar beradi. Shunday qilib, shaharlar orasidagi katta masofalarga qaramay, Amerikadagi barcha musulmonlar bir kunda ro‘za tutadilar. Bu holatda qaysi yondashuvga amal qilish va shunga ko‘ra ro‘za tutish ma’qulroq? Iltimos, bizga fatvo bering. Alloh sizni mukofotlasin.
  • Ramazonda astronomik hisob-kitoblarga tayanilmaydi

    Ramazon ro‘zasini boshlash va Ramazon hayitini belgilashda musulmon ulamolar orasida katta ixtilof bor. Ba’zi ulamolar:«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ، وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ»«Uni (hilolni) ko‘rib, ro‘za tutinglar, uni ko‘rib ro‘zani to‘xtatinglar» degan hadisga asoslanib, ramazon hilolini kuzatish asosida amal qilishadi. Boshqalar esa astronomlarning fikriga suyanib, ular ilm-fanning cho‘qqisiga erishganlari va qamariy oylarning boshlanishini aniqlay olishlari mumkinligini ta’kidlaydilar. Bu masaladagi to‘g‘ri fikr qaysi?