Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Stipendiyadan zakot beriladimi?
Fatvo: 1119

O'qildi: 370

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Stipendiyadan zakot beriladimi?

Savol

Men Yaponiyada o‘qiyotgan va hukumatdan stipendiya olayotgan indoneziyalik talabaman. Menga zakot vojibmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

To‘rt turdagi mol-mulkdan zakot berish farz:

  1. Yerdan chiqadigan don, ekin-tikin va meva-chevalardan;
  2. Boqiladigan chorva mollaridan;
  3. Oltin-kumushdan (shuningdek, bugungi kunda ularning o‘rnini bosadigan qog‘oz pullar, bank hisobidagi pullar va kripto-pullardan);
  4. Savdo mollaridan.

Oltin-kumush va pullardan qirqdan biri (2,5%) miqdorida zakot beriladi.

Sizning pulingiz Yaponiya davlatining granti sifatida to‘lanadigan qog‘oz pul bo‘lgani uchun, bu holatda zakot to‘lashingizning eng oson yo‘li – hijriy bir yil o‘tgach, hisobingizdagi qoldiqqa qarab, har 1000 iyenadan 25 iyen zakot berishdir. Agar siz stipendiyani doimiy ravishda sarflab, nisob miqdoriga yetadigan hech narsa qoldirmasangiz yoki jamlangan pulga hijriy bir yil to‘lmasa, bunday holatda sizga zakot vojib boʻlmaydi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?