Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Erkaklar va ayollar namozidagi farqlar
Fatvo: 1106

O'qildi: 690

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » »

Erkaklar va ayollar namozidagi farqlar

Savol

Ayollar bilan erkaklarning namoz o‘qishida farq bormi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Asosiy qoida shuki, ayollar dinning barcha masalalarida erkaklar bilan tengdirlar.

عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: سُئِلَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الرَّجُلِ يَجِدُ الْبَلَلَ وَلَا يَذْكُرُ احْتِلَامًا. قَالَ: «يَغْتَسِلُ»، وَعَنِ الرَّجُلِ يَرَى أَنَّهُ قَدْ احْتَلَمَ وَلَا يَجِدُ الْبَلَلَ. قَالَ: «لَا غُسْلَ عَلَيْهِ» فَقَالَتْ: أُمُّ سُلَيْمٍ الْمَرْأَةُ تَرَى ذَلِكَ أَعَلَيْهَا غُسْلٌ؟ قَالَ: «نَعَمْ. إِنَّمَا النِّسَاءُ شَقَائِقُ الرِّجَالِ»

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan namlikni ko‘rgan, lekin ehtilomni eslay olmagan erkak haqida so‘rashdi. U zot: «Gʻusl qiladi», dedilar. Ehtilom bo‘ldim deb o‘ylagan, lekin namlikni ko‘rmagan erkak haqida esa «Unga g‘usl vojib emas», dedilar. Ummu Sulaym: «Ayol kishida shunday holat bo‘ladi. Unga ham g‘usl vojibmi?» degan edi, u zot: «Ha. Ayollar ham erkaklar kabidir», dedilar» (Abu Dovud, 236; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 1983).

Ayollarga xosligini ko‘rsatuvchi dalillar mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno. Ulamolar erkaklar va ayollarning namozlari haqida quyidagi farqlarni sanab oʻtganlar:

  1. Ayollardan azon yoki iqomat aytish talab qilinmaydi, chunki azon ovozni ko‘tarishni talab qiladi, ayollarga esa ovozlarini ko‘tarishga ruxsat berilmagan. Ibn Qudoma rahimahulloh: «Biz bu masalada ixtilof borligini bilmaymiz», deganlar (Mug‘niy, 1/438). Ya’ni Hanafiy, Hanbaliy, Molikiy va Shofe’iy mazhablari hamda boshqa fuqaholar bu masalada yakdil qarashga egadirlar.
  2. Ayolning namozda yuzidan boshqa barcha a’zolari avrat hisoblanadi. Buning dalili quyidagi hadisdir:
عَنْ عَائِشَةَ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ، قَالَ: «لَا يَقْبَلُ اللَّهُ صَلَاةَ حَائِضٍ إِلَّا بِخِمَارٍ»

«Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Alloh hayz ko‘radigan ayolning namozini faqat ximor bilan qabul qiladi», deganlar (Abu Dovud, 641; Hadis hukmi: «sahih». Manba: Sahihi Abu Dovud, 641).

Ayollarning to‘piq va oyoqlari borasida xilof bor. Ibn Qudoma aytadi: «Hur ayolning qolgan badani namozda yopilishi vojib, agar badanining biror qismi ochilib qolsa, namozi durust bo‘lmaydi, magar ozgina ochilsa zarari yoʻq. Molik, Avzoiy va Shofe’iylarning fikri shunday» («Mug‘niy», 2/328).

  1. Ayol ruku’ va sajdada o‘zini keng ochmasdan, juftlab turadi, chunki bu uning uchun satrliroqdir («Mug‘niy», 2/258). Imom Navaviy aytadi: «Shofe’iy «Muxtasar» kitobida aytadi: «Namoz o‘qishda erkak va ayol o‘rtasida farq yo‘q, faqatgina ayollar sajda qilganlarida oyoqlarini bir-biriga yaqinlashtirib, qorinlarini sonlariga tirab, iloji boricha yopinib olishlari mustahabdir, chunki bu eng satrli Men ularning ruku’da va butun namoz davomida shunday qilishlarini afzal ko‘raman» («Majmu’», 3/429).
  2. Ayollarning jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari va ulardan birining imom bo‘lishi mustahab. Bunga Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Ummu Varaqaga o‘z ahliga imom bo‘lishni buyurganlari dalil boʻladi. Bu masala bo‘yicha olimlar o‘rtasida turli fikrlar mavjud (Batafsil ma’lumot uchun: «Mug‘niy», 2/202; «Majmu’», 4/84-85 manbalariga murojaat qiling).
  3. Ayollar, agar nomahram erkaklar eshitmasa, ovoz chiqarib qiroat qilishlari mumkin.
  4. Ayollarning uylaridan chiqib, erkaklar bilan masjidlarda namoz o‘qishlari muboh, ammo ularning uylarida namoz o‘qishlari afzaldir. Buning dalili:
عَنِ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا تَمْنَعُوا نِسَاءَكُمُ الْمَسَاجِدَ، وَبُيُوتُهُنَّ خَيْرٌ لَهُنَّ»

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ayollaringizni masjidlardan man qilmanglar. Lekin ular uchun uylari yaxshiroq», dedilar» (Abu Dovud, 567; Hadis hukmi: «Sahih». Manba: «Taxriji Musnad: Ahmad Shokir», 7/234). Ushbu masala bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun 124964-sonli savolga murojaat qiling.

Imom Navaviy rahimahulloh aytadi: «Ayollar jamoat namozida erkaklardan bir qator jihatlari bilan farq qiladi:

  • Ularga jamoat namozi erkaklardagi kabi vojib emas.
  • Ayol kishi imom boʻlsa, boshqa ayollarning o‘rtasida turadi.
  • Ayol kishi erkak bilan namoz o‘qisa, erkakning yonida emas, orqasida turadi, erkaklar esa aksincha, yonma-yon turishadi.
  • Agar ayollar erkaklar bilan birga saf tortib namoz o‘qisalar, ayollarga oxirgi saf birinchi safdan afzaldir» («Majmu’», 3/455).

Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qilib, aralashib namoz o‘qishning harom ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun 38162 va 9276-raqamli javoblarga murojaat qiling.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

-1

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?