Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Namoz ahkomlari » Qur’onda besh vaqt namoz zikr qilinganmi?
Fatvo: 1092

O'qildi: 45

Iyul 27, 2025

/ 20 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » »

Qur’onda besh vaqt namoz zikr qilinganmi?

Savol

Alloh taolo aytadi:
﴿فَسُبْحَانَ اللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ۝١٧وَلَهُ الْحَمْدُ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ۝١٨﴾
«Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohni poklangiz (ya’ni, U Zotga hamd-u sano aytingiz). Oqshomda ham, peshin paytiga kirishingizda ham (Allohni poklangiz). Zero, osmonlar va Yerdagi bor hamd-u sano Unikidir (ya’ni, koinotdagi barcha mavjudot Unga hamd-u sano aytur)» (Rum: 17-18). Ushbu oyatlarda faqat to‘rtta namoz eslatilgan, holbuki musulmonlar «sunnatga qo‘shimcha ravishda» besh vaqt namoz o‘qiydilar. Nega beshinchi namoz tilga olinmagan? Men haqiqiy musulmonman va Qur’onni ayblashdan mutlaqo yiroqman.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Besh vaqt namoz Qur’onda zikr qilingan», dedilar.

Undan: «Qayerda?» deb so‘rashganda, u kishi: «Alloh taolo:

﴿فَسُبْحانَ اللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ﴾

«Bas, tunga kirish paytlaringizda ham Allohni poklangiz (ya’ni, U zotga hamd-u sano aytingiz)» (Rum: 17) – bu shom va xufton namozlari,

﴿وَحِينَ تُصۡبِحُونَ﴾

«Tongga kirish paytlaringizda ham(Allohni poklangiz)» (Rum: 17) – bu bomdod namozi,

﴿وعَشِيًّا﴾

«Oqshomda ham (Allohni poklangiz)» (Rum: 18) – bu asr namozi,

﴿وَحِينَ تُظۡهِرُونَ﴾

«Peshin paytiga kirishingizda ham (Allohni poklangiz)» (Rum: 18) – bu peshin namozidir», dedilar.

Mufassirlardan Zahhok va Sa’id ibn Jubayr ham shu soʻzni aytishgan.

Ba’zi ulamolar esa, oyatda to‘rtta namoz zikr qilingan, ammo xufton namozi bu oyatda zikr qilinmagan, balki:

﴿وَزُلَفًا مِّنَ اللَّيْلِ﴾

«Kechaning bir qismida» (Hud: 114) degan oyatida zikr qilingan, deganlar.

Aksar mufassirlar birinchi fikrni ma’qullashgan. Nahhos rahimahulloh aytadilar: «Mufassirlar ushbu oyat:

﴿فَسُبْحَانَ اللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ۝١٧﴾

«Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohni poklangiz (ya’ni, U zotga hamd-u sano aytingiz)» (Rum: 17) besh vaqt namoz haqida ekanini aytishgan».

Abu Bakr Jassos al-Hanafiy rahimahulloh aytadilar: «Alloh taolo:

﴿إِنَّ الصَّلَاةَ كَانَتْ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ كِتَابًا مَوْقُوتًا﴾

«Albatta, namoz mo‘minlarga (vaqti) tayinlangan farz bo‘ldi» (Niso: 103) deb aytgan. Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinishicha, u: «Hajning muayyan vaqti boʻlgani kabi, namozning ham belgilangan vaqti bor», degan. Ibn Abbos, Mujohid va Atiyyadan: «farz qilingan» degan ma’noda rivoyat qilingan… «مَوْقُوتًا» («vaqti belgilangan») so‘zining ma’nosi – aniq, belgilangan ma’lum vaqtlarda farz qilingan, deganidir. Alloh taolo bu oyatda vaqtlarni umumiy zikr qilgan va boshqa oyatlarda ularni bayon qilgan, ammo ularning boshlanish va tugash vaqtlarini aniq belgilamagan. Ularning aniq chegaralari va miqdorlarini Allohning Rasuli sollallohu alayhi va sallam orqali bayon qilgan. Alloh taolo Kitobida namoz vaqtlari haqida quyidagilarni aytgan:

﴿أَقِمِ الصَّلَاةَ لِدُلُوكِ الشَّمْسِ إِلَىٰ غَسَقِ اللَّيْلِ وَقُرْآنَ الْفَجْرِ﴾

«Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘usigacha namozni to‘kis ado qiling va tonggi o‘qishni (bomdod namozini) ham (to‘kis ado qiling)» (Isro: 78).

Mujohid Ibn Abbosdan rivoyat qilishicha:
– «لِدُلُوكِ الشَّمْسِ» («Quyosh og‘ishi») – «Quyosh osmon o‘rtasidan og‘ishi peshin namozi uchundir»,
– «إلَى غَسَقِ اللَّيْلِ» («tun qorong‘usigacha») – «Kecha boshlanishi shom namozi uchundir».

Shuningdek, Ibn Umardan ham quyoshning og‘ishi haqida shu kabi rivoyat kelgan…

Alloh taolo:

﴿وَأَقِمِ الصَّلَاةَ طَرَفَيِ النَّهَارِ وَزُلَفًا مِنَ اللَّيْلِ﴾

«Kunduzning har ikki tarafida va kechadan bir bo‘lagida namozni to‘kis ado qiling!» (Hud: 114), deb aytgan.

«Kechaning ba’zi soatlari»

Amr Hasandan rivoyat qilinishicha:
– «طَرَفَيْ النَّهَارِ» («Kunning ikki tarafi») deganda birinchi tomonda bomdod, ikkinchi tomonda esa peshin va asr tushuniladi»,
– «وَزُلَفًا مِنْ اللَّيْلِ» («kechaning ba’zi soatlarida») – esa shom va xuftonni anglatadi», degan. Demak, bu fikrga ko‘ra, oyat besh vaqt namozning barchasini o‘z ichiga olgan…

Lays Hakamdan, u Abu Iyozdan rivoyat qilishicha, Ibn Abbos: «Bu oyatda besh vaqt namozning barchasi jamlangan:

﴿فَسُبْحانَ اللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ﴾

«Bas, tunga kirish paytlaringizda ham Allohni poklangiz (ya’ni, U zotga hamd-u sano aytingiz)» (Rum: 17) – shom va xufton namozlari,

﴿وَحِينَ تُصۡبِحُونَ﴾

«Tongga kirish paytlaringizda ham (Allohni poklangiz)» (Rum: 17) – bomdod namozi,

﴿وعَشِيًّا﴾

«Oqshomda ham (Allohni poklangiz)» (Rum: 18) – asr namozi,

﴿وَحِينَ تُظۡهِرُونَ﴾

«Peshin paytiga kirishingizda ham (Allohni poklangiz)» (Rum: 18) – peshin namozidir», degan.

Hasandan ham shu kabi rivoyat kelgan.

Abu Roziyn Ibn Abbosdan:

﴿وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ الْغُرُوبِ﴾

«Va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklang — namoz o‘qing!» (Qof: 39), oyati haqida: «Bu farz namozdir», degan.

Yana Alloh taolo:

﴿وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ الشَّمْسِ وَقَبْلَ غُرُوبِهَا ۖ وَمِنْ آنَاءِ اللَّيْلِ فَسَبِّحْ وَأَطْرَافَ النَّهَارِ لَعَلَّكَ تَرْضَىٰ﴾

«Va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni poklang — namoz o‘qing! Kecha(ning avvalgi va oxirgi) vaqtlarida hamda kunduz(ning avvalgi va oxirgi taraflarida ham tasbeh ayting — namoz o‘qing, shoyad xursand bo‘lursiz» (Toha: 130), deb aytgan. Bu oyat ham namoz vaqtlarini o‘z ichiga oladi. Bu oyatlarning barchasida namoz vaqtlari zikr qilingan». Abubakr Jassos al-Hanafiyning «Ahkomul Qur’on» kitobidagi «Namoz vaqtlari bobi»dan iqtibos tugadi.

Musulmon birodarim, yana shuni bilishingiz kerakki, Qur’on barcha masalalarning batafsil hukmini o‘z ichiga olmagan, balki ko‘p masalalar umumiy tarzda zikr qilingan. Bunga qo‘shimcha ravishda, u bizga sunnat Qur’onda zikr qilinmagan ko‘plab qoidalarni batafsil bayon qiluvchi dalillar manbai ekanligini uqtirgan. Alloh taolo aytadi:

﴿وَأَنْزَلْنَا إِلَيْكَ الذِّكْرَ لِتُبَيِّنَ لِلنَّاسِ مَا نُزِّلَ إِلَيْهِمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ﴾

«(Biz avvalgi payg‘ambarlarni) ochiq hujjatlar va kitoblar bilan (yuborganmiz). Sizga esa odamlarga nozil qilgan narsalarni (ya’ni, shariat ahkomlarini) bayon qilib berishingiz uchun va shoyad tafakkur qilsalar, deb bu eslatmani — Qur’onni nozil qildik» (Nahl: 44).

Yana Alloh taolo aytadi:

﴿وَمَا آتَاكُمُ الرَّسُولُ فَخُذُوهُ﴾

«Payg‘ambar sizga nimani bersa (yoki nima hukmni joriy qilsa), o‘shani olinglar» (Hashr: 7).

Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilingan uzun hadisda shunday deyiladi:

عَنِ الْمِقْدَامِ بْنِ مَعْدِي كَرِبَ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ: «أَلَا إِنِّي أُوتِيتُ الْكِتَابَ، وَمِثْلَهُ مَعَهُ أَلَا يُوشِكُ رَجُلٌ شَبْعَانُ عَلَى أَرِيكَتِهِ يَقُولُ عَلَيْكُمْ بِهَذَا الْقُرْآنِ فَمَا وَجَدْتُمْ فِيهِ مِنْ حَلَالٍ فَأَحِلُّوهُ، وَمَا وَجَدْتُمْ فِيهِ مِنْ حَرَامٍ فَحَرِّمُوهُ، أَلَا لَا يَحِلُّ لَكُمْ لَحْمُ الْحِمَارِ الْأَهْلِيِّ، وَلَا كُلُّ ذِي نَابٍ مِنَ السَّبُعِ، وَلَا لُقَطَةُ مُعَاهِدٍ»

Miqdom ibn Ma’diykarib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Ogoh bo‘linglar! Menga Kitob (ya’ni, Qur’on) va u bilan birga uning misli ham berilgan. Ogoh bo‘linglar! Hali qorni qappaygan odam so‘risida o‘tirib, «Sizlar mana shu Qur’onni lozim tutinglar, unda nima halol bo‘lsa, halol deb bilinglar, unda nima harom bo‘lsa, harom deb bilinglar» ham deydi. Ogoh bo‘linglar! Sizlar uchun xonaki eshaklar, barcha qoziq tishli yirtqichlar va muohad (omonlik berilgan g‘ayridin)ning yo‘qotib qo‘ygan narsasi halol emas!» (Abu Dovud, 4604; ; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Hidoyatur ruvot», 162).

Hukmlar xoh Qur’onda, xoh sunnatda rivoyat qilingan bo‘lsin, barchasi haq va to‘g‘ri bo‘lib, barchasining manbai bitta, u ham bo‘lsa, olamlar Parvardigorining vahiysidir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Avratdagi tuklarini olmagan kishining namozi

    Avrat qismidagi tuklarini bir oydan beri olmagan kishining namozi qabul bo‘ladimi?
  • Erkaklar va ayollar namozidagi farqlar

    Ayollar bilan erkaklarning namoz o‘qishida farq bormi?
  • «Biz oyni bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» oyatining mazmuni

    Men Islomga moyilman va 1994-yildan beri Qur’onni va shu yilning boshidan Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning hadislarini o‘qib kelmoqdaman. Islom dini menda katta ma’naviy qoniqish hosil qildi. Men bu dinni qabul qilish niyatida ta’lim olmoqdaman. Qur’onning «Yosin» surasidagi bir oyatning ma’nosini to‘liq tushunmayapman va sizdan bu masalada yordam berishingizni soʻrayman (39-oyat): ﴿وَالْقَمَرَ قَدَّرْنَاهُ مَنَازِلَ حَتَّىٰ عَادَ كَالْعُرْجُونِ الْقَدِيمِ۝٣٩﴾ «Biz oyni ham toki u eski (xurmo) butog‘i kabi bo‘lib (egilib hilol holiga kelib) qolgunicha bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘ygandirmiz» (Yosin: 39). Yordamingiz uchun minnatdorman. Butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarning savollariga javob berib, muammolariga yechim topib berayotganingiz uchun Alloh sizni hidoyat aylasin, himoya qilsin va barakali ato etsin.
  • Har bir guruh uchun xatolarni tuzatuvchi nazoratchi qo‘yish

    Ba’zi sayohatlarda Qur’on o‘qish dasturi bo‘ladi va ular alohida halqalarga (guruhlarga) bo‘linadi. Har bir halqa(guruh)ga Qur’onni yaxshi o‘qiydigan va xatolarni to‘g‘rilaydigan bir kishi boshchilik qiladi. Bunda biror noto‘g‘ri narsa bormi?
  • Kunlik sunnat namozlari – Ravotib sunnatlar

    Doimiy, har kuni o‘qiladigan sunnat namozlarining rakaatlari soni va ularni o‘qish vaqtlari haqida ma’lumot bera olasizmi?
  • Ayollarning namozda oyoqlarini berkitishlari hukmi

    Ayollar namoz o‘qiyotganda oyoqlarini yopishi kerakligiga biror dalil bormi?