O'qildi: 43
Iyul 27, 2025
/ 22 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Poklanish bobi » Qasamlar va nazrlar
Savol
Ko‘p odamlarning biror narsani tasdiqlash uchun «Payg‘ambar haqqi» deb aytishlarini eshitaman. Bu joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam nomi bilan qasam ichish hisoblanadi va u harom hamda shirkning bir turi sanaladi. Chunki biror narsa bilan qasam ichish – o‘sha narsani ulug‘lash demakdir.
Maxluq esa boshqa maxluqni (ibodat darajasida) ulug‘lamaydi. Shuning uchun sahih hadisda:
Hadisda qaytarilgan qasam payg‘ambarlar, farishtalar, solih kishilar va boshqa, Allohning barcha maxluqotlari bilan qasam ichishni o‘z ichiga oladi. Sahih hadisda kelishicha:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim ont ichsa-yu, ontida «Lotga qasam», «Uzzoga qasam» desa, darhol «Laa ilaaha illallooh», deb olsin», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 4860; Sahihi Muslim, 1647).
Qur’oni Karimdagi Alloh qasam ichgan maxluqotlarga kelsak:
«Paydar-pay yuboriladigan (shamol)larga qasam» (Mursalot: 1),
«Chang to‘zituvchi(shamol)larga qasam» (Zoriyot: 1),
«Shiddat bilan (jonni) sug‘urib oluvchi(farishta)lar bilan qasam» (Nozi’ot: 1),
«Tongga qasam» (Fajr: 1),
«Asrga qasam» (Asr: 1),
«Choshgoh vaqtiga qasam» (Zuho: 1) va
«Men yulduzlarning botar joylariga qasam ichurmanki, Holbuki, bu (qasam) agar bilsangizlar, shak-shubhasiz, ulug‘-katta qasamdir — albatta u Ulug‘ Qur’ondir!» (Voqea: 75-76).
Yuqoridagi oyatlarda zikr qilingan maxluqotlar bilan qasam ichishga kelsak, bular Allohning O‘zi ichgan qasamlardir va bu Alloh taoloning Oʻzigagina xosdir.
Alloh O‘zi yaratgan narsalardan xohlagani bilan qasam ichishi mumkin. Ammo maxluq esa faqat o‘z Rabbisi nomi bilangina qasam ichishi lozim.
Bu javob foydali bo’ldimi?