O'qildi: 26
Iyul 27, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Harom kasblar » Muomalalar » Ribo — sudxoʻrlik » Savdo-sotiqqa oid savollar » Taqiqlangan savdolar
Savol
Men dasturiy ta’minot tuzuvchisiman. Savolim: Riboga asoslangan bank uchun dastur tuzishim joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Bu joiz emas, chunki Alloh buni O‘zining quyidagi oyatda bu kabi ishlardan qaytargan:
«Gunoh va Allohning chegaralaridan chiqish yo‘lida hamkorlik qilmanglar!» (Moida: 2).
Shubhasiz, sizning bu dasturlar ustidagi ishingiz bankning ribo (sudxoʻrlik) bilan shug‘ullanishiga imkon yaratadi, ularning ishlarini osonlashtirib, siz tayyorlagan dasturlardan ushbu harom ishda qo‘llashga yordam beradi.
Alloh bizni va sizni O‘zi rozi bo‘ladigan amallarga yo‘llasin hamda O‘zining g‘azabiga sabab bo‘ladigan ishlardan asrasin.
Allohning salavoti va salomi Payg‘ambarimiz Muhammadga, u zotning oilasi va barcha sahobalariga bo‘lsin.
Bu javob foydali bo’ldimi?