Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Kuy va qoʻshiqlar bilan Islomga da’vat qilinmaydi
Fatvo: 1036

O'qildi: 972

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Kuy va qoʻshiqlar bilan Islomga da’vat qilinmaydi

Savol

Nasroniylarni Islomga jalb qilishda musiqa jo‘rligidagi diniy qo‘shiqlardan foydalanish joizmi? Musiqa asboblari jo‘rligida diniy qo‘shiqlar ijro etadigan guruh tuzish joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ularni bunday usul bilan jalb qilishning hojati yo‘q, deb o‘ylayman. Balki ularga tajvid va tartil bilan Qur’onni eshittirish, tinglovchiga ta’sir qiladigan fasohatli hadislarni aytib berish, foydali va ularga ta’sir qiladigan she’rlar va nashidalar aytish kabi muboh narsalarni qo‘llash kerak. Shuningdek, Islomning afzalliklari haqida aniq dalillar keltirish, uning ta’limotlari va oliy maqsadlarini tushuntirish orqali Islomning insonning tabiiy moyilliklari, fitratga mos keladigan va insoniyatning barcha manfaatlarini qamrab oluvchi din ekanligini ko‘rsatishingiz mumkin. Kimki faqat qo‘shiq aytish, cholg‘u asboblari va musiqa kabi nomaqbul narsalar orqali jalb etilsagina unga ijobat qilsa, bu yaxshi emas va men bunday kishini Islomga umuman jalb qilish mumkin deb o‘ylamayman.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?