Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Davolovchi erkak Ruqiya qilinayotgan ayolga tegishi joizmi?
Fatvo: 1029

O'qildi: 563

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Davolovchi erkak Ruqiya qilinayotgan ayolga tegishi joizmi?

Savol

Ma’lumki, ko‘pchilik odamlar tibbiy davolash imkonsiz bo‘lgan kasalliklardan azob chekadilar. Shu sababli ular Allohning Kitobiga, ilm ahliga va Allohning Kitobini pok tutuvchi solih va taqvodor kishilarga murojaat qilib, Ruqiya qildirishadi. Ayollarning kasallari boshlarida, ko‘kraklarida, qo‘llarida yoki oyoqlarida bo‘lishi mumkin. Zarurat bo‘lganda, bu joylarni ochib, bu a’zolarga dam solish joizmi? Ayol uchun Ruqiya vaqtida ochilish chegaralari qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Musulmonlarga foyda keltirishi va bu davosiz kasalliklarga shifo bo‘lishi umidida shar’iy Ruqiyani o‘rganish sunnatdir, chunki Allohning Kitobi foydali va ta’sirli shifodir. Biroq, nomahram erkakning Ruqiya paytida ayol kishining biror a’zosiga tegishi yoki ayolning ko‘krak, bo‘yin kabi terisini ochib qo‘yishi joiz emas. Aksincha, ayol yopiq holda bo‘lsa ham unga Ruqiya o‘qiyverish kerak va bu qayerda bo‘lsa ham foyda beradi. Ayollar o‘rtasida Ruqiya qilish uchun ayollarning o‘zi buni o‘rganishi maqsadga muvofiqdir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?