Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Tug‘ilgan kunni nishonlash hukmi
Fatvo: 1027

O'qildi: 745

27.07.2025

/ 2 Safar 1447

Fatvo mavzusi: » »

Tug‘ilgan kunni nishonlash hukmi

Savol

Insonning tug‘ilganiga bir yil yoki ikki yil, yoxud undan ko‘p yoki kam vaqt o‘tganligini nishonlashning hukmi qanday? Bu tug‘ilgan kun deb ataladi. Shuningdek, bu munosabat bilan shamlarni puflab o‘chirishning hukmi qanday? Bunday tadbirlarda qatnashishning hukmi qanday va agar kishi taklif qilinsa, taklifni qabul qilishi kerakmi yoki yo‘qmi? Iltimos, bizga maslahat bering, Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Kitob va Sunnatdagi shar’iy dalillar shuni ko‘rsatadiki, tug‘ilgan kunlarni nishonlash dindagi yangi bid’atlardan bo‘lib, pok shariatda asosi yo‘q va bunday tadbirlarga taklifni qabul qilish ham joiz emas, chunki bu bid’atlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni rag‘batlantirish sanaladi.

Alloh subhanahu va taolo aytgan:

﴿أَمْ لَهُمْ شُرَكَاءُ شَرَعُوا لَهُمْ مِنَ الدِّينِ مَا لَمْ يَأْذَنْ بِهِ اللَّهُ﴾

«Balki ular (Makka mushriklari) uchun (kufr va shirk kabi) Alloh buyurmagan narsalarni — «din»ni ularga shariat qilib bergan sheriklari — butlari bordir?!» (Sho‘ro: 21).

U Zot aytadi:

﴿ثُمَّ جَعَلْنَاكَ عَلَىٰ شَرِيعَةٍ مِنَ الْأَمْرِ فَاتَّبِعْهَا وَلَا تَتَّبِعْ أَهْوَاءَ الَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ۝١٨إِنَّهُمْ لَنْ يُغْنُوا عَنْكَ مِنَ اللَّهِ شَيْئًا ۚ وَإِنَّ الظَّالِمِينَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَاءُ بَعْضٍ ۖ وَاللَّهُ وَلِيُّ الْمُتَّقِينَ۝١٩﴾

«So‘ngra (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Biz sizni (din) ishidan bir shariat (aniq-ravshan yo‘l) ustida (barqaror) qildik. Bas, siz (faqat mana shu yo‘lga) ergashing va bilmaydigan kimsalarning havoyi nafslariga ergashmang! Chunki, (agar siz ularning havoyi nafslari ko‘rsatgan zalolat yo‘liga yursangiz,) ular sizdan Alloh tomonidan bo‘lgan biron narsani (azobni) qaytara olmaslar. Albatta, zolimlar bir-birlariga do‘stdirlar. Alloh esa taqvodor zotlarning do‘stidir» (Jasiya: 18-19).

U Zot yana aytadi:

﴿اتَّبِعُوا مَا أُنْزِلَ إِلَيْكُمْ مِنْ رَبِّكُمْ وَلَا تَتَّبِعُوا مِنْ دُونِهِ أَوْلِيَاءَ ۗ قَلِيلًا مَا تَذَكَّرُونَ﴾

«(Ey insonlar), sizlarga Parvardigoringizdan nozil qilingan narsaga (Kitobga) ergashingiz, undan o‘zga «do‘stlarga» ergashmangiz! Kamdan-kam pand-nasihat olursizlar» (A’rof: 3).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan sahih rivoyat qilingan:

عَنْ عَائِشَةَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ ﷺ قَالَ: «مَنْ عَمِلَ عَمَلًا لَيْسَ عَلَيْهِ أَمْرُنَا فَهُوَ رَدٌّ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim ushbu ishimizda (dinimizda, shariatimizda) undan bo‘lmagan narsani paydo qilsa, marduddir (rad qilingan, inkor etilgandir)», dedilar» (Sahihi Muslim, 1718).

Yana bir sahih hadisda:

عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللهِ ، قَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: «أَمَّا بَعْدُ. فَإِنَّ خَيْرَ الْحَدِيثِ كِتَابُ اللهِ. وَخَيْرُ الْهُدَى هُدَى مُحَمَّدٍ. وَشَرُّ الْأُمُورِ مُحْدَثَاتُهَا. وَكُلُّ بِدْعَةٍ ضَلَالَةٌ»

Va Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Ammo ba’d: eng yaxshi so‘z Allohning Kitobidir. Eng yaxshi hidoyat Muhammadning hidoyatidir. Ishlarning yomoni bid’atdir. Har bir bid’at zalolatdir» (Sahihi Muslim, 867). Bu ma’nodagi hadislar juda ko‘p.

Bundan tashqari, bu bayramlar shariatda asosi bo‘lmagan gunoh, bid’at bo‘lishi bilan birga, yahudiy va nasroniylarning tug‘ilgan kunlarini nishonlashiga taqlid qilishni ham o‘z ichiga oladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ularning yo‘llari va odatlariga ergashishdan ogohlantirib shunday deganlar:

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، عَنِ النَّبِيِّ ﷺ قَالَ: «لَتَتْبَعُنَّ سَنَنَ مَنْ كَانَ قَبْلَكُمْ شِبْرًا شِبْرًا وَذِرَاعًا بِذِرَاعٍ، حَتَّى لَوْ دَخَلُوا جُحْرَ ضَبٍّ تَبِعْتُمُوهُمْ. قُلْنَا: يَا رَسُولَ اللهِ، الْيَهُودُ وَالنَّصَارَى؟ قَالَ: فَمَنْ».

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: «Hali o‘zingizdan oldingilarning tutumlariga qarichma-qarich, ziro’ma-ziro’ ergashib ketasizlar. Agar ular zobbning* iniga kirsa, sizlar ham ularning ortidan kirasizlar». «Ey Allohning Rasuli, ular yahudiy va nasorolarmi?» dedik. U zot: «Bo‘lmasa kim?» (Sahihi Buxoriy, 7320).

U zotning «Bo‘lmasa kim?» degan so‘zlaridan, bu so‘z bilan yahud va nasorolar nazarda tutilgan.

Yana boshqa hadisda:

عَنِ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ تَشَبَّهَ بِقَوْمٍ فَهُوَ مِنْهُمْ»

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, u o‘shalardandir», deganlar (Sunani Abu Dovud, 4031; ; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 6149).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?
  • Terini oqartirish hukmi

    Terini oqartirishning shar’iy hukmi qanday, u harommi?