Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Bemorning hajga borishi
Fatvo: 965

O'qildi: 174

18.07.2025

/ 23 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » » » » » »

Bemorning hajga borishi

Savol

Men yaponiyalik erkakman, ammo musulmon emasman. Yaqinda Islomni qabul qilgan va hajga bormoqchi bo‘lgan do‘stim bor. Uning bir oyog‘ida jiddiy jarohat bor va faqat qo‘ltiqtayoq bilan yura oladi. U hajga borishi kerakmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taolo O‘zining muqaddas Kitobida shunday degan:

﴿وَلِلَّهِ عَلَى النَّاسِ حِجُّ الْبَيْتِ مَنِ اسْتَطَاعَ إِلَيْهِ سَبِيلًا ۚ وَمَنْ كَفَرَ فَإِنَّ اللَّهَ غَنِيٌّ عَنِ الْعَالَمِينَ﴾

«Va yo‘lga qodir bo‘lgan kishilar zimmasida Alloh uchun mana shu uyni haj-ziyorat qilish burchi bordir. Kimda-kim kofir bo‘lsa (ya’ni, Ka’bani ziyorat qilish farz ekanini inkor qilsa), bas, albatta Alloh butun olamlardan behojat bo‘lgan Zotdir» (Oli Imron: 97).

Ulamolarning «istito’a» (qodirlik) haqidagi so‘zlari asosan quyidagi masalalarga qaratilgan:

  • ulov va safar uchun yetarli mablag‘,
  • o‘zi yo‘qligida oilasining ehtiyojlarini qoplash uchun yetarli mablag‘,
  • qarzdan xoli bo‘lish, sog‘liq,
  • yo‘lda xavfsizlik va
  • ayollar uchun mahram (nikoh taqiqlangan darajadagi qon-qarindosh yoki er) mavjudligi.

Musulmon do‘stingizning holati sog‘lik bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, bu masalada biroz to‘xtalib o‘tamiz: Ikrima rahimahullohdan yuqoridagi oyatning tafsirida: «Yoʻl degani sihat-salomatlikdir», deganlar. (Ibn Kasir tafsiri, Oli Imron surasi, 97-oyat).

«Demak, tananing hajdan to‘sadigan kasalliklar va nuqsonlardan salomat bo‘lishi hajning vojib bo‘lishi uchun shartdir. Kishi surunkali kasallikka chalingan bo‘lsa, doimiy nogiron, shol yoki keksa bo‘lib, harakatlana olmasa, unga haj farzini ado etish vojib bo‘lmaydi. Biroq, agar u birovning yordami bilan haj qilishga qodir bo‘lsa va unga yordam beradigan kishi topilsa, hajni ado etish farz bo‘ladi» (Fiqh ensiklopediyasi, 17/34).

Ibn Kasir rahimahulloh aytadi: «Istito’a (qodirlik) bir necha qismlarga bo‘linadi. Ba’zida kishi o‘zi, ba’zida esa fiqh kitoblarida aytilganidek, boshqalar yordamida haj qilishi mumkin» (Yuqorida keltirilgan tafsir).

«Kimki doimiy nogironlik tufayli haj ibodatini ado eta olmasa, haj badal qildirishi, ya’ni o‘z o‘rniga haj qilish uchun boshqa kishini tayinlashi lozim. Agar nogironligi vaqtinchalik bo‘lsa, sog‘ayguncha kutib turishi, so‘ng o‘zi uchun haj qilishi kerak; bu holatda o‘rniga boshqa kishini hajga yuborishi joiz emas» (Fiqh ensiklopediyasi, 17/34).

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, savolingizga javob aniq, aziz savol beruvchi. Iltimos, musulmon do‘stingizga xabar bering va Islomning beshinchi ustuni bilan bog‘liq ushbu masalaning shar’iy hukmini bilishga qiziqqaningiz uchun sizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Fursatdan foydalanib, sizlarni ana shu buyuk karvonga – Islom karvoniga qo‘shilishga da’vat etmoqchiman.

Sizga salomatlik tilayman.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Musulmonning kofirdan olgan merosini sadaqa qilishi

    Mening musulmon bo‘lmagan amakim vafot etdi va uning mendan boshqa merosxo‘ri yo‘q. Uning merosini olib, turli xayriya ishlariga sarflashim joizmi?
  • Qur’onni o‘pish hamda qiroat paytida tebranish

    Ba’zi birodarlar shariatda asli bo‘lmagan amallarni qilishayotganini ko‘rdim. Men ularni bid’at amallar deb o‘ylasam-da, buni ishonchli manbalar bilan tasdiqlay olmayman. Agar bu amallar to‘g‘ri bo‘lmasa, ularni hikmat bilan to‘g‘rilashga harakat qilmoqchiman. 1. Duodan keyin barmoqlarga puflab, bosh barmoqlar bilan ko‘zlarni silash; 2. Duoni doimo Fotiha surasi bilan tugatish; 3. Qur’onni ko‘targanda va qo‘yishdan oldin o‘pish; 4. Namozda o‘tirganda yoki Qur’on o‘qiyotganda tebranish.
  • Ayollarnikidek ko‘kragi bor kishi haqida

    Ayollarnikiga o‘xshash ko‘kragi bor kishining uni kichraytirish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi joizmi?
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?
  • Qiroatdan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish

    Qur’on tilovatidan so‘ng «Sodaqallohul a’ziym» deyish bid’atmi?
  • Qazo namozlar haqida

    Namoz o‘qishda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ygan kishining namozlari hukmi qanday bo‘ladi? Oramizda namozlarini bir o‘qib, bir o‘qimaydiganlar ko‘p. Ba’zilar o‘ttiz yoki qirq yoshdan keyin namozlarni muntazam o‘qishni boshlaydilar. Ular o‘qishda e’tiborsizlik qilgan qazo namozlari va Ramazon ro‘zalarining hukmi qanday bo‘ladi?