Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Tirik tovuqni vazniga koʻra sotish hukmi
Fatvo: 901

O'qildi: 985

15.07.2025

/ 28 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Tirik tovuqni vazniga koʻra sotish hukmi

Savol

Tirik tovuqlarni vazniga koʻra sotish va tarkibida 6% spirt bo‘lgan sirka tijoratining hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

 

«Birinchidan: Tovuqlarni vazniga qarab sotib olish joizdir. Bu asosiy qoida bo‘lib, buning aksini ko‘rsatuvchi biror-bir dalilni bilmaymiz.

Ikkinchidan: Tarkibida spirt boʻlgan sirka sotish hukmiga kelsak,

عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا أَسْكَرَ كَثِيرُهُ، فَقَلِيلُهُ حَرَامٌ»

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ko‘pi mast qiladigan narsaning ozi ham harom», dedilar» (Abu Dovud, 3681; Hadis hukmi: «hasan sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 3681)

Agar sirkaning ko‘p miqdori mast qilsa, uning oz miqdori ham harom bo‘ladi va uning hukmi xamrning (mast qiluvchi ichimlik) hukmi kabidir. Agar ko‘p miqdori ham mast qilmaydigan bo‘lsa, uni sotish, sotib olish yoki iste’mol qilishda hech qanday monelik yo‘qdir» (Doimiy fatvolar qo‘mitasi», 13/47).

Batafsil ma’lumot uchun quyidagi savolning javobini ko‘ring: Hayvonlarni vazniga qarab sotish (39507-fatvo).

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Bankda ishlash joizmi?

    Menga bir bankning kompyuter bo‘limida tizim muhandisi bo‘lib ishlaydigan kishidan sovchi keldi. Bu kasbning hukmini bilmoqchi edim. Yigitning daromadi halolmi yoki yoʻqmi degan xavotirdaman. Ushbu kasbdan keladigan daromad halolmi yoki harommi?
  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
  • Musulmon va kofir bir-biridan meros oladimi?

    Musulmon kishi kofir qarindoshi o‘lsa, undan meros oladimi? Buning aksi boʻlsa-chi? Islom dinida turli din vakillarining bir-birlaridan meros olishlarining hukmi qanday?
  • Hojilar duch keladigan qiyinchiliklar

    Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi duch keladigan qiyinchiliklar nimalardan iborat?
  • Musulmonning ruhiyati va hayotiga hajning ta’siri

    Haj ibodati musulmon kishining nafsi va hayotiga qanday ta’sir etadi?
  • Qarzdor qarz bergan kishini topa olmasa, nima qiladi?

    Bir necha yil oldin bir do‘stimdan qarz olgan edim, lekin uning qayerdaligini bilmayman, uni uzoq vaqt izladim, lekin topa olmadim. Bu menga katta tashvish tug‘dirmoqda. Qarz olgan pulimni nima qilishim kerak? Shuningdek, men qarz olgan valyutaning qiymati so‘nggi yillarda pasayib ketdi. Men pulni olganimdek qaytarishim shartmi yoki valyutaning qadrsizlanishi ahamiyatsizmi?