Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Qorin bilan uxlashdan qaytarish sababi
Fatvo: 827

O'qildi: 425

07.07.2025

/ 12 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Qorin bilan uxlashdan qaytarish sababi

Savol

Nima uchun qorin bilan uxlash man etilgan? Bu taqiq erkaklar va ayollar uchun birdek amal qiladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu taqiqning sababi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning hadislaridir, u zot bizga barcha yaxshilikni ko‘rsatib, barcha yomonlikdan ogohlantirgan.

عَنْ يَعِيشَ بْنِ طِخْفَةَ بْنِ قَيْسٍ الْغِفَارِيِّ، قَالَ: كَانَ أَبِي مِنْ أَصْحَابِ الصُّفَّةِ، قَالَ: فَبَيْنَمَا أَنَا مُضْطَجِعٌ فِي الْمَسْجِدِ مِنَ السَّحَرِ عَلَى بَطْنِي إِذَا رَجُلٌ يُحَرِّكُنِي بِرِجْلِهِ، فَقَالَ: «إِنَّ هَذِهِ ضِجْعَةٌ يُبْغِضُهَا اللَّهُ» قَالَ: فَنَظَرْتُ فَإِذَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ.

Ya’ish ibn Tixfa al-Gʻiforiydan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Otam menga quyidagilarni aytib berdilar. Bir kuni men masjidda qornimni yerga qaratib yotgan edim, nogahon bir kishi kelib, oyog‘i bilan meni turtdi-da: «Albatta, bu yotish Allohning g‘azabini keltiradi», dedi. O‘girilib qarasam, u gapirayotgan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ekanlar». Boshqa rivoyatda: «U zot uni oyog‘i bilan turtib uyg‘otdi va: «Bu do‘zax ahlining yotish tarzidir», dedilar» (Musnadi Ahmad, 23615; Termiziy, 2798 (Shokir nashri); Abu Dovud, 5040 (Daoʻs nashri). Hadis hukmi «hasan ligʻoyrihi»; Manba: «Sahihul Jome’», 2270-2271).

Bu taqiq umumiy bo‘lib, erkak va ayolni o‘z ichiga oladi. Chunki asl qoida shuki: agar ular orasida farq borligiga alohida dalil bo‘lmasa erkak va ayol shar’iy hukmlarda barobar hisoblanadi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Haj sifati

    Haj ibodati haqida batafsilroq ma’lumot bera olasizmi?
  • Azonni ohangga solish va notoʻgʻri cho‘zish

    Azonni qo‘shiq qilib aytish va cho‘ziladigan harflarni cho‘zishning shar’iy hukmi nima? Qo‘shiqning haromligi haqidagi hadis unga (azonga) pul olishni ham o‘z ichiga oladimi? Azonni qo‘shiq qilib aytish harommi yoki yo‘qmi?
  • Qabrlardan madad so‘rovchining janozasida qatnashish

    Hayotlik davrida qabrlardan madad so‘raydigan kishi vafot etsa uning janozasida qatnashishning hukmi nima?
  • Elektron o‘yinlarini oʻynash hukmi

    Sony Playstation, Nintendo va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan keng tarqalgan va turli-tuman elektron o‘yinlarni o‘ynash yoki bolalarga o‘ynashga ruxsat berishning shar’iy hukmi qanday?
  • Balog‘atga yetgan erkak kishi onasi bilan bir to‘shakda uxlashi joizmi?!

    Men 19 yoshdaman va balogʻat yoshidan oʻtdim. Kechasi onam bilan bir to‘shakda yotishim joizmi?
  • Ashuro kunini aniqlash

    Bu yil Ashuro roʻzasini qanday tutamiz? Yangi oy qachon kirishi va Zulhijja oyining yigirma toʻqqiz yoki oʻttiz kunligi hali nomaʼlum. Ashuroni qanday aniqlash va roʻza tutish kerak?