O'qildi: 1,519
01.07.2025
/ 6 Muharram 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Namoz ahkomlari » Namoz bobi
Savol
Men har doim bomdod namozini ertalab soat 7 da o‘qiyman. Bunday holatda bomdodning sunnatini ham o‘qishim kerakmi yoki faqat farzning o’zi bilan kifoyalansam bo‘ladimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar bomdod namozini quyosh chiqishidan oldin o‘qiyotgan bo‘lsangiz, siz uchun sunnat – bomdodning ikki rakaat sunnatini ado etishdir. Shuningdek, bomdodni o‘tkazib yuborsangiz va quyosh chiqquncha uyg‘onmasangiz, avval sunnatni, keyin farzni o‘qing.
Biroq, agar siz bomdod namozini doimo quyosh chiqqanidan keyin o‘qishni odat qilib olgan bo‘lsangiz, bu jiddiy muammo sanaladi. Bunday holatda, sunnat namozi haqida so‘rashdan oldin to‘xtab, o‘ylab ko‘rishingiz kerak: Qiyomat kuni Alloh huzurida turganingizda, U Zot sizdan bomdod namozini zoye qilganingiz haqida soʻrasa, nima deb javob berasiz?! Biz bu borada 266-savolning javobida muhim eslatmalarni keltirib o‘tganmiz va sizga ushbu eslatmalar bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
Alloh taolo bizni ham, zurriyotlarimizni ham namozni to‘kis va davomli ado etuvchilardan qilsin. U duolarni ijobat qiluvchi va ibodatlarni qabul aylaguvchi Zotdir!
Bu javob foydali bo’ldimi?