O'qildi: 26
Iyun 29, 2025
/ 7 Muharram 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Zino va bachchabozlik
Savol
Bir ayolning boshqa ayolga ayriliqqa chiday olmaydigan darajada muhabbat qoʻyishining hukmi nima?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Fahsh ishlar erkaklar o‘rtasida bo‘lgani kabi ayollar o‘rtasida ham bo‘ladi. Musulmon faqihlar buni «sihoq», yaʻni, lesbiyanlik deb ataydilar va uni bir ayolning boshqa ayol bilan jinsiy aloqasi deb ta’riflaydilar («Al-mufassal fiy ahkomil mar’a», 5/450).
Ular buni jazolash vojib boʻlgan amal deb hisoblaydilar (ya’ni, had belgilanmagan gunoh uchun jazolash, bu jazoni qozi jinoyat va jinoyatchining sharoitlariga qarab belgilaydi).
Bunday ayolning guvohligi qabul qilinmaydi, chunki u fosiqdir («Al-mavsua al-fiqhiya» 24/253).
Ibn Qudoma shunday degan: «Agar ikki ayol bir-birlariga ishqalansa, ular zinokor va la’natlangan ayollardir» («Al-Mugʻniy» 10/162).
Ba’zi olimlar, masalan Izz ibn Abdussalom, muslima ayolga lesbiyan ayolning qarashi joiz emasligini va muslima ayol lesbiyanlik qiluvchining oldida hijobini yechishi joiz emasligini aytganlar, chunki u fosiq sanaladi va bu muslimani boshqalarga ta’riflab berishi xavfi bor.
Agar yuqorida ta’riflangan holat savolda aytilgan ikki ayol o‘rtasidagi munosabatga to‘g‘ri kelsa, ular Allohga chin dildan tavba qilib, bu yomon amallarini to‘xtatishlari vojibdir. Agar ularning birga bo‘lishi bu gunohni sodir etishlariga sabab bo‘lsa, bunday gunohdan saqlanish uchun ular umuman uchrashmasliklari lozim.
Ehtimol, erlarining ularni tark etishi ularning bunday buzuqlikka yo‘l qo‘yishlarining sabablaridan biri bo‘lishi mumkin, chunki ular o‘z ehtiyojlarini qondirishning shar’iy yo‘lini topa olmaganlar va shu bois bu harom yo‘lga kirishgan. Shuning uchun bu ikki ayol Islom ko‘rsatmalariga muvofiq yashay oladigan musulmon erlar topish haqida jiddiy o‘ylashlari lozim.
Ishq esa boshqa turdagi gunohdir, u shahvat bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin, lekin u juda xavflidir, chunki u oshiqning ma’shuqaga qullik qilishiga olib boradi va uning butun fikri va gʻamiga aylanadi. Kunduzi uning firogʻiga sabr qila olmaydi, tushida ham faqat uni ko‘radi, u uchun yashaydi va u uchun o‘ladi. Uni ko‘rganda o‘zgarib ketadi va yo‘qligida xastalanadi. Bu inson ruhiyatini va uning Rabbisi bilan munosabatini vayron qiluvchi aloqadir, chunki u oshiqni ma’shuqaga qullik qilishga undaydi. Allohdan o‘zgaga qullik qilish esa haromdir.
Bu halokatli vaziyatning yechimi – ular bir-biridan hech qanday xabar topmaydigan, bir-birining ovozini eshitmaydigan va izini ham ko’rmaydigan darajada to‘liq ajralishdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?