Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ayollar o‘rtasidagi noodatiy munosabatlar
Fatvo: 591

O'qildi: 326

29.06.2025

/ 4 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

Ayollar o‘rtasidagi noodatiy munosabatlar

Savol

Bir ayolning boshqa ayolga ayriliqqa chiday olmaydigan darajada muhabbat qoʻyishining hukmi nima?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Fahsh ishlar erkaklar o‘rtasida bo‘lgani kabi ayollar o‘rtasida ham bo‘ladi. Musulmon faqihlar buni «sihoq», yaʻni, lesbiyanlik deb ataydilar va uni bir ayolning boshqa ayol bilan jinsiy aloqasi deb ta’riflaydilar («Al-mufassal fiy ahkomil mar’a», 5/450).

Ular buni jazolash vojib boʻlgan amal deb hisoblaydilar (ya’ni, had belgilanmagan gunoh uchun jazolash, bu jazoni qozi jinoyat va jinoyatchining sharoitlariga qarab belgilaydi).

Bunday ayolning guvohligi qabul qilinmaydi, chunki u fosiqdir («Al-mavsua al-fiqhiya» 24/253).

Ibn Qudoma shunday degan: «Agar ikki ayol bir-birlariga ishqalansa, ular zinokor va la’natlangan ayollardir» («Al-Mugʻniy» 10/162).

Ba’zi olimlar, masalan Izz ibn Abdussalom, muslima ayolga lesbiyan ayolning qarashi joiz emasligini va muslima ayol lesbiyanlik qiluvchining oldida hijobini yechishi joiz emasligini aytganlar, chunki u fosiq sanaladi va bu muslimani boshqalarga ta’riflab berishi xavfi bor.

Agar yuqorida ta’riflangan holat savolda aytilgan ikki ayol o‘rtasidagi munosabatga to‘g‘ri kelsa, ular Allohga chin dildan tavba qilib, bu yomon amallarini to‘xtatishlari vojibdir. Agar ularning birga bo‘lishi bu gunohni sodir etishlariga sabab bo‘lsa, bunday gunohdan saqlanish uchun ular umuman uchrashmasliklari lozim.

Ehtimol, erlarining ularni tark etishi ularning bunday buzuqlikka yo‘l qo‘yishlarining sabablaridan biri bo‘lishi mumkin, chunki ular o‘z ehtiyojlarini qondirishning shar’iy yo‘lini topa olmaganlar va shu bois bu harom yo‘lga kirishgan. Shuning uchun bu ikki ayol Islom ko‘rsatmalariga muvofiq yashay oladigan musulmon erlar topish haqida jiddiy o‘ylashlari lozim.

Ishq esa boshqa turdagi gunohdir, u shahvat bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin, lekin u juda xavflidir, chunki u oshiqning ma’shuqaga qullik qilishiga olib boradi va uning butun fikri va gʻamiga aylanadi. Kunduzi uning firogʻiga sabr qila olmaydi, tushida ham faqat uni ko‘radi, u uchun yashaydi va u uchun o‘ladi. Uni ko‘rganda o‘zgarib ketadi va yo‘qligida xastalanadi. Bu inson ruhiyatini va uning Rabbisi bilan munosabatini vayron qiluvchi aloqadir, chunki u oshiqni ma’shuqaga qullik qilishga undaydi. Allohdan o‘zgaga qullik qilish esa haromdir.

Bu halokatli vaziyatning yechimi – ular bir-biridan hech qanday xabar topmaydigan, bir-birining ovozini eshitmaydigan va izini ham ko’rmaydigan darajada to‘liq ajralishdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Bankda ishlash joizmi?

    Menga bir bankning kompyuter bo‘limida tizim muhandisi bo‘lib ishlaydigan kishidan sovchi keldi. Bu kasbning hukmini bilmoqchi edim. Yigitning daromadi halolmi yoki yoʻqmi degan xavotirdaman. Ushbu kasbdan keladigan daromad halolmi yoki harommi?
  • Xayriya mablagʻlaridan zakot berish vojibmi?

    Bir guruh odamlar ma’lum miqdorda pul yig‘ib, bu pulni ulardan birortasining boshiga tushadigan musibatlar, masalan, qasdsiz qotillik diyasi (xun puli) uchun ajratib qoʻyishdi. Soʻng bu pulni investitsiya qilish uchun tijoratga kiritdilar va undan keladigan foyda o‘zaro kelishilgan xayriya maqsadlariga sarflanadi. Bu puldan zakot berish vojib bo‘ladimi? Shuningdek, insonlar zakotini ushbu xayriya jamg‘armasiga berishlari joizmi?
  • Musulmon va kofir bir-biridan meros oladimi?

    Musulmon kishi kofir qarindoshi o‘lsa, undan meros oladimi? Buning aksi boʻlsa-chi? Islom dinida turli din vakillarining bir-birlaridan meros olishlarining hukmi qanday?
  • Hojilar duch keladigan qiyinchiliklar

    Haj qilmoqchi bo‘lgan kishi duch keladigan qiyinchiliklar nimalardan iborat?
  • Musulmonning ruhiyati va hayotiga hajning ta’siri

    Haj ibodati musulmon kishining nafsi va hayotiga qanday ta’sir etadi?
  • Qarzdor qarz bergan kishini topa olmasa, nima qiladi?

    Bir necha yil oldin bir do‘stimdan qarz olgan edim, lekin uning qayerdaligini bilmayman, uni uzoq vaqt izladim, lekin topa olmadim. Bu menga katta tashvish tug‘dirmoqda. Qarz olgan pulimni nima qilishim kerak? Shuningdek, men qarz olgan valyutaning qiymati so‘nggi yillarda pasayib ketdi. Men pulni olganimdek qaytarishim shartmi yoki valyutaning qadrsizlanishi ahamiyatsizmi?