O'qildi: 87
Iyun 28, 2025
/ 20 Safar 1447
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Haj va umra ahkomlari » Haj va umra masalalari
Savol
Ka’bai Muazzamani tavof qilishning mohiyati va maqsadini bilmoqchi edim. Nima uchun Ka’ba tavof qiluvchining chap tomonida tutiladi? Tavof faqat Makkada bo‘ladimi yoki u kundalik ibodat hammi? Siz taqdim etadigan har bir ma’lumot uchun benihoya minnatdorman.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Tavof qilishda Ka’bani chap tomonda tutish va atrofida aylanishning asosiy sababi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashishdir. Alloh taolo aytganidek:
«Va payg‘ambarga boʻysuninglar. Shoyad rahmatga erishsangizlar» (Nur: 56).
Yana aytadi:
«(Ey Muhammad alayhis-salot-u vas-salom), ayting: «Agar Allohni sevsangiz, menga ergashinglar. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh (gunohlarni) mag‘firat qilguvchi, mehribondir» (Oli Imron: 31).
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Haj va Umra amallari haqida:
«Haj amallaringizni mendan o‘rganinglar», deganlar (Sahihi Muslim, 1297).
Bu musulmon kishi uchun belgilangan yo‘nalishda tavof qilishiga yetarli sababdir va bizga boshqa sabablar kerak emas, masalan buni falaklar harakati, yulduzlar yoki sayyoralarning aylanishi va boshqalar bilan bog‘lashga hojat yo‘q. Chunki musulmon kishi tabiatan Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan sobit bo‘lgan har bir narsaga iymon keltiradi, bo‘ysunadi va amal qiladi. Agar uning sababi yoki hikmatini bilsa, buning uchun Allohga hamdlar bo‘lsin, aksi taqdirda u Alloh va Rasulining amriga bo’ysungani, unga ergashgani hamda amrini bajargani uchun ajr-u savob oladi.
Bu aylanish Ka’baga xos bo‘lib, undan boshqa joylarda ibodat sifatida bajarilmaydi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?