Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Sajdai sahvning qazosi bormi?
Fatvo: 257

O'qildi: 35

Iyun 18, 2025

/ 6 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Sajdai sahvning qazosi bormi?

Savol

Namozda sahv sajdasi qilish vojib boʻlib, salom berish asnosida unutib sajda qilinmasa namoz botil boʻladimi? Namozdan keyin bu holatni tuzatish yoʻli bormi yoki namozni toʻliq qayta oʻqish kerakmi? Agar kishi sunnat namozini oʻqiyotganda eslab qolsa, namozini toʻxtatishi kerakmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Imom Mardoviy rahimahulloh aytadi: Muallif [Ibn Qudoma] sajdai sahvni qazo qilish uchun ikkita shart qoʻygan:
– Birinchisi: masjidda boʻlish.
– Ikkinchisi: oradan uzoq vaqt oʻtmasligi.
Mazhabdagi soʻz shu. Bu haqda aniq aytilgan. Imom Ahmaddan boshqa rivoyatda: «orada qisqa vaqt oʻtgan boʻlsa, masjiddan chiqqan boʻlsa ham sajda qiladi», deyilsa, yana bir rivoyatda: «vaqt uzoq oʻtgan boʻlsa ham, gapirgan boʻlsa ham, masjiddan chiqqan boʻlsa ham sajda qiladi», deyilgan. «Ixtiyorot al-fiqhiya» kitobining 94-sahifasida keltirilgan, Shayxulislom ixtiyor qilgan qavl ham shudir» «Al-Insof» (2/154).

Buhutiy rahimahulloh aytadi: «Agar uni unutsa», yaʼni salomdan oldin qilinishi kerak boʻlgan sahv sajdasini unutsa, «va salom bersa», keyin eslasa, vojib ravishda «sajda qiladi». «Agar vaqt yaqin boʻlsa», yaʼni agar salom bergan boʻlsa – garchi odatda uzoq vaqt oʻtgan boʻlsa yoki tahorati ketgan boʻlsa yoki masjiddan chiqqan boʻlsa ham – sajda qilmaydi va namozi sahihdir» («Rovzul murbiʼ sharhi zodul mustaqniʼ, 2/461).

Shayx Muhammad ibn Solih ibn Usaymiyn rahimahulloh aytadi: «Agar uni unutsa va salom bersa, vaqt yaqin boʻlsa sajda qiladi» – yaʼni salomdan oldin qilinishi kerak boʻlgan sajdani unutib, salom bersa – agar vaqt yaqin boʻlsa sajda qiladi, agar vaqt uzoq boʻlsa, soqit boʻladi. Namozi ham sahihdir. Misol: bir kishi birinchi tashahhudni unutsa, unga sahv sajdasi vojib boʻladi. U salomdan oldin sajda qilishi kerak, lekin unutib salom berib yuborsa va yaqin vaqt ichida unutganini eslasa sajda qiladi, agar oradan uzoq vaqt oʻtsa, undan sajda soqit boʻladi. Shuning uchun muallif «vaqt yaqin boʻlsa sajda qiladi» degan. Agar masjiddan chiqib ketsa, masjidga qaytishi shart emas. Bu holda ham sajdai sahv soqit boʻladi. Namozni tugallashdan oldin salom bergan kishining hukmi boshqa» «Ash-sharh al-mumtiʼ, (3/537)».

Shayxulislom Ibn Taymiyya rahimahulloh aytadi: «Garchi uzoq vaqt oʻtgan boʻlsa ham sajda qiladi, chunki bu yuz bergan kamchilikni toʻldiruvchidir. Eslagan zahoti oʻrniga keltiradi (sajda qiladi)». 

Lekin toʻgʻriroq qavl muallif rahimahulloh zikr qilgan qavl boʻlib, agar oradan uzoq vaqt oʻtsa, sajdai sahv soqit boʻladi. Chunki u yo namoz uchun vojib boʻlgan amal, yoki namoz ichida vojib boʻlgan amal boʻlib, namozga birikkandir. U mustaqil namoz emaski, Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning: «Kimki biror namozni uxlab qolib oʻtkazib yuborsa yoki unutib qoʻysa, eslagan paytida oʻqisin», — degan soʻzlarini bu masalaga qoʻllash mumkin boʻlsa. Bu hadisni Buxoriy (597) va Muslim (684) Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilishgan. Aksincha, u amal boshqa amalga tobe (bogʻliq)dir. Agar uni yaqin vaqt ichida eslab qolsa, bajariladi, aks holda soqit boʻladi».

Tarjimon izohi: Bu fatvoda tarjih qilingan qavl Hanafiylar qavliga yaqinroqdir. Hoshiyati ibn Obidinda kelishicha: «Agar (namozni) tugatish niyati bilan salom berib, qibladan yuzini burib olsa yoki gapirsa yoki masjiddan chiqsa, sajdai sahv qilmaydi. Lekin agar sahvni unutib salom bersa, modomiki masjidda ekan, sajdai sahv qiladi. Chunki masjid bir joy hukmidadir. Agar sahroda (ochiq joyda) boʻlsa, u holda: 

  • orqasidagi, oʻng yo chap tomonidagi saflardan,
  • yoki oʻzining sutrasidan,
  • yoxud sajda qilgan joyidan oʻtib ketishidan oldin eslab qolsa, u holda sajdai sahv qiladi» (Raddul muhtor, 1/505).

 

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Bomdod namozini o‘z vaqtidan kechiktirish

    Men har doim bomdod namozini ertalab soat 7 da o‘qiyman. Shunday ekan, bomdodning sunnatini ham o‘qishim kerakmi yoki faqat farzning o‘zini o‘qisam bo‘ladimi?
  • Erkaklar oltin qoplangan buyumlar taqishi hukmi

    Erkaklar oltin qoplangan buyumlar — soat, uzuk, kamar va hokazolarni taqishining hukmi nima?
  • Jannatda ayollarga nima beriladi?

    Bir ayol soʻramoqda: Men Allohga va Uning kitobiga to‘liq iymon keltiraman. Rabbimga hamdlar bo‘lsinki, U Zotga bo‘lgan iymonim kundan-kunga ortib bormoqda… Savolim shuki: Qur’oni Karimda erkaklarga Jannatning in’omi va go‘zal, pokiza hurlar takror-takror tilga olinadi. Ko‘pchilik Islomni erkaklar ustunligi dini deb aytadilar. Nima uchun ayollar uchun Jannat in’omi zikr etilmagan?
  • Hadisning hujjat ekaniga shar’iy dalillar

    Bizlar sunnatga ergashishimiz kerakmi yoki faqat Qur’onga ergashish kifoyami? Shuningdek, musulmon kishi ma’lum bir mazhabga ergashishi shartmi?
  • Aroq va musiqali ziyofatlarga borish hukmi

    Musulmon kishi spirtli ichimliklari bor ziyofatga borishi joizmi? Men armiyadaman, bu yerda raqsli ziyofat boʻlib oʻtmoqda. Men komandirga musiqa va spirtli ichimliklar sababli bu bazmga bormasligimni aytdim. U menga: «Spirtli ichimlik ichmasdan, ziyofatning oʻziga qatnashaverasan», dedi. Buning hukmi va dalili nima boʻladi?
  • Ayollar o‘rtasidagi noodatiy munosabatlar

    Bir ayolning boshqa ayolga ayriliqqa chiday olmaydigan darajada muhabbat qoʻyishining hukmi nima?