Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Sudxoʻrlikka qarz olgan kishi nima qilishi kerak?
Fatvo: 824

O'qildi: 575

07.07.2025

/ 12 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » » »

Sudxoʻrlikka qarz olgan kishi nima qilishi kerak?

Savol

Savolim: Kishi haromligini bilmasdan qoʻl urgan o‘tmishdagi ishlaridan o‘zini yoki tijoratini qanday poklashi mumkin? Misol uchun, menda kiyim-kechak do‘koni bor, uni sudxo‘rlikka qarz olib moliyalashtirganman va haligacha o‘sha qarzni bankka to‘lab kelmoqdaman. Shuningdek, Bundan tashqari, o‘tmishda biznesda zarar ko‘rib, bankrotlik e’lon qilishga majbur bo‘lganman. Shu sababli ko‘p odamlarga qarzlarimni toʻlamaganman. Bu holda mening musulmonlik burchim nimadan iborat? Men imkon qadar hamma qarzlarni to‘lashga harakat qildim, ammo ishlar yomonlashgach, ularni to‘lay olmadim.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Siz har bir sudxo‘rlik qarzingiz uchun Alloh taologa tavba qilishingiz kerak. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ribo oluvchini ham, beruvchini ham, ribo yeyuvchini va yediruvchini ham la’natlaganlar. Sahih hadisda kelganidek:

عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «الذَّهَبُ بِالذَّهَبِ، وَالْفِضَّةُ بِالْفِضَّةِ، وَالْبُرُّ بِالْبُرِّ، وَالشَّعِيرُ بِالشَّعِيرِ، وَالتَّمْرُ بِالتَّمْرِ، وَالْمِلْحُ بِالْمِلْحِ، مِثْلًا بِمِثْلٍ، يَدًا بِيَدٍ، فَمَنْ زَادَ أَوِ اسْتَزَادَ فَقَدْ أَرْبَى، الْآخِذُ وَالْمُعْطِي فِيهِ سَوَاءٌ»

Abu Sa’id Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday dedilar: ««Tillaga tilla, kumushga kumush, bug‘doyga bug‘doy, arpaga arpa, xurmoga xurmo va tuzga tuz o‘xshashga o‘xshash, tengma-teng, qo‘lma-qo‘l bo‘ladi. Kim bundan oshirsa yoki oshirishni talab qilsa, riboga qoʻl uribdi. Bunda oluvchi ham, beruvchi ham barobardir» (Sahihi Muslim, 1584).

Yana bir sahih hadisda:

عَنْ جَابِرٍ قَالَ: «لَعَنَ رَسُولُ اللهِ آكِلَ الرِّبَا وَمُوكِلَهُ، وَكَاتِبَهُ وَشَاهِدَيْهِ، وَقَالَ: هُمْ سَوَاءٌ ».

Jobir roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam ribo yeguvchini, yediruvchini, kotibini va ikki guvohini la’natladilar va «Ular (gunohda) barobardir», dedilar» (Sahihi Muslim, 1598).

Agar musulmon kishi biror ishga kirishmoqchi bo‘lsa-yu, uning shar’iy hukmini bilmasa, unga qoʻl urishdan oldin ilm ahlidan so‘rashi lozim. Bilmaslik har doim ham uzr bo‘lavermaydi. Siz olgan qarzlarga kelsak, faqat dastlabki olingan mablag‘ni (foizlarsiz) qaytarishga harakat qilishingiz kerak. Agar sudxo‘rlikni, ya’ni qo‘shimcha foizlarni toʻlashga majbur bo‘lsangiz va uni to‘lashdan boshqa ilojingiz bo‘lmasa, Alloh taologa tavba qilib, sizni kechirishi uchun qo‘lingizdan kelgancha harakat qiling. Shuningdek, o‘z ishingizda sobitqadam bo‘lib, o‘zingizni va molingizni poklash uchun imkon qadar sadaqalarni koʻpaytirishni maslahat beramiz.

Allohdan bizni O‘zining halol rizqi orqali haromdan saqlashini hamda O‘zining fazli bilan o‘zgalardan behojat qilishini so‘raymiz.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Zakotni qanday taqsimlagan afzal?

    Men molimdan zakot bermoqchiman-u, ikkilanyapman: uni ko‘pchilikka tarqataymi yoki ozroq odamga, lekin kattaroq miqdorda beraymi? Agar iloji boricha ko‘proq odamga bersam, savobim ziyoda bo‘larmikin, chunki bunda ozchilik emas, ko‘pchilik xursand bo‘ladi va men ularning xursandchiligi evaziga savob olamanmi? Yoki savobi bir xil bo‘ladimi? Unday boʻlsa muammo yo‘q. Rahmat.
  • E’tikofning eng kam muddati

    E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
  • E’tikofning savobi

    E’tikofning savobi qanday?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • E’tikof uchun erning ruxsati shartmi?

    Er ayolini e’tikofdan man qilishga haqlimi?