Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Ilm va daʼvat » Daʼvat » U Islomni qabul qilmoqchi, ammo bu xabar onasining sog‘lig‘iga ta’sir qilishidan xavotirda
Fatvo: 758

O'qildi: 149

07.07.2025

/ 12 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » »

U Islomni qabul qilmoqchi, ammo bu xabar onasining sog‘lig‘iga ta’sir qilishidan xavotirda

Savol

Men musulmon emasman, lekin bu dinni hurmat qilaman va unga ishonaman. Garchi g‘ayridinlar kofir deb qaralsalar-da, men Allohga iymon keltiraman. Ammo oʻz dinimni o‘zgartira olmayman, chunki onamning sog‘lig‘i yaxshi emas va u yolg‘iz qizini yo‘qotishga chiday olmasligi mumkin. Men bir musulmon yigitni sevaman va biz turmush qurmoqchimiz. Men chin qalbimdan va’da berdimki, agar biz turmush qursak va farzandlarimiz bo‘lsa, ular Islom diniga ergashadilar. Men Islomga kirmay turib, oʻz dinimni o‘zgartirmasdan turmush qurishimiz joiz bo‘ladimi? Shuningdek, bu mavzu bo‘yicha ko‘proq ma’lumot olishim mumkin bo‘lgan manbalarni tavsiya qilsangiz, minnatdor bo‘lardim.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Hurmatli savolberuvchi, siz haqiqatni anglash va unga intilish yo‘lida muhim qadam tashladingiz. Savolingizdan anglashimcha, siz Islomni qabul qilmoqchisiz, ammo kasal onangizning bu xabarga qanday munosabat bildirishidan xavotirdasiz.

Savolingizdan tushunishimcha, siz Islomni qabul qilishni xohlaysiz, ammo bunga to‘sqinlik qilayotgan narsa bu xabarni eshitgan bemor onangizning salomatligidan xavotirlanishdir. Shuni bilishingizni istardimki, bu to‘siqni yengib o‘tish oson, chunki siz Islomni qabul qilganingizni yashirib, dinga kirganingizni oshkor qilmasligingiz mumkin. Siz Islom markazida yoki boshqa joyda Islomni qabul qilganingizni e’lon qilishingiz shart emas; shunchaki ikki shahodatni aytish (1402-savolga qarang) va diniy amallarni bajarishni boshlash kifoya. Masalan, xilvat joylarda namoz o‘qishingiz mumkin. Ro‘za tutish ham qiyinchilik tug‘dirmaydi, chunki Ramazon oyida kunduzi ovqat taklif qilinsa, osonlik bilan uzr ayta olasiz.

Shu oʻrinda uchta narsani eslatib o‘tmoqchiman:

Birinchidan: dinni qabul qilishning asosiy sababi — Alloh subhanahu va taoloning roziligini izlash bo‘lishi kerak. U Zot O‘zining muborak Kitobi Qur’oni Karimda aytganidek, Alloh Islomdan boshqa dinni qabul qilmaydi:

﴿وَمَنْ يَبْتَغِ غَيْرَ الْإِسْلَامِ دِينًا فَلَنْ يُقْبَلَ مِنْهُ وَهُوَ فِي الْآخِرَةِ مِنَ الْخَاسِرِينَ ۝٨٥﴾

«Kimda-kim Islomdan o‘zga din istasa, bas (uning «dini» Alloh huzurida) hargiz qabul qilinmaydi va u Oxiratda ziyon ko‘rguvchilardandir» (Oli Imron: 85).

Ikkinchidan, Islomga kirishingizdan maqsad — oxiratda jahannam olovida abadiy qolishdan qutulish va kengligi osmonlar va yer qadar bo‘lgan jannatga erishish bo‘lsin. Islomga kirishingiz uchun turtki musulmon erkak bilan munosabatingizdan kelib chiqadigan hissiyotlar bo‘lmasligi lozim. Shuni bilginki, Islomga kirishingiz u bilan turmush qurishingiz yoki qurmasligingizdan qat’i nazar zarurdir.

Uchinchidan, Allohga va Uning Rasuli Muhammad sollallohu alayhi vasallamga itoat qilish eng yaqin qarindoshga, hatto ona yoki erga bo‘lgan itoatdan ham ustun turadi. Hidoyat payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi va sallam, Parvardigori tomonidan vahiy bilan gapiruvchi zot, shunday deganlar:

عَنْ أَنَسٍ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «ثَلَاثٌ مَنْ كُنَّ فِيهِ وَجَدَ حَلَاوَةَ الْإِيمَانِ: أَنْ يَكُونَ اللهُ وَرَسُولُهُ أَحَبَّ إِلَيْهِ مِمَّا سِوَاهُمَا، وَأَنْ يُحِبَّ الْمَرْءَ لَا يُحِبُّهُ إِلَّا لِلهِ، وَأَنْ يَكْرَهَ أَنْ يَعُودَ فِي الْكُفْرِ كَمَا يَكْرَهُ أَنْ يُقْذَفَ فِي النَّارِ».

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uch narsa borki, ular kimda bo‘lsa, u iymon halovatini topibdi: Alloh va Uning Rasuli unga boshqa hamma narsadan sevimli bo‘lishi; bir kishini yaxshi ko‘rsa, uni faqat Alloh uchungina yaxshi ko‘rishi; kufrga qaytishni xuddi olovga tashlanishni yomon ko‘rgandek yomon ko‘rishi», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 16).

U zot yana aytganlar:

عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : « لَا يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى أَكُونَ أَحَبَّ إِلَيْهِ مِنْ وَلَدِهِ وَوَالِدِهِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ ».

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangiz men unga farzandidan, ota onasidan va barcha odamlardan sevimliroq bo‘lmagunimcha mo‘min bo‘lmaydi», dedilar» (Sahihi Muslim, 44).

Uchinchidan: Agar siz Islomga kirib, onangizdan ayrilib qolishdan qo‘rqsangiz, ya’ni u kofir, siz esa musulmon boʻlganingiz sababli Islom sizdan uni tark etishni talab qiladi, deb o‘ylasangiz, bu noto‘g’ri tushuncha. Chunki Islom ota-ona kofir bo‘lsa ham ularga yaxshilik qilishga buyuradi. Ehtimol, siz Islomga kirsangiz, onangizga yanada yaxshiroq munosabatda bo‘larsiz, bu esa uni ham Islomga kirishga undashi mumkin. Shunday ekan, Islomni qabul qilishga va onangizni hamda boshqalarni ham ushbu haq dinga da’vat etishga shoshiling. Bu din Alloh taoloning yagona O‘ziga ibodat qilishga asoslangan. Agar siz shunday qilsangiz, o‘zingizni va onangizni do‘zaxdan qutqarganingiz uchun toʻliq baxt-saodatga erishasiz.

Alloh sizning Islomni qabul qilishingizni tezlashtirsin, iymoningizni mustahkam qilsin, solih turmush o‘rtoq va yaxshi farzandlar ato etsin.

Alloh to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilguvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Islomni qabul qilgani uchun kofira onasi undan voz kechdi

    Onam musulmon emas. U men bilan 13 yil oldin aloqani uzgan. Unga xat yozsam, javob bermaydi, qo‘ng‘iroq qilsam, telefonni oʻchirib qoʻyishi mumkin. Manzilini oʻzgartirgan, men uning yangi manzilini bilaman, lekin borsam, yana o‘zgartiradi. Agar biror kishi men haqimda yaxshi gapirsa, u uni men tomonga yon bosyabdi deb haqorat qiladi. Bilaman, u ruhiy kasal va ilgari kasalxonada yotgan. Uyda bo‘lganida yolg‘iz qolishni ma’qul ko‘radi. U Islomga qarshi ekanligini aytgan, shundan uning siqilishi sababi mening Islomni qabul qilganim ekanini bildim. Men nima qilishim kerak? Maslahat beringlar, Alloh sizlarni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Faxsh joyni birovga bildirmay buzish

    Hozirda bizning hududimizda tungi klub qurilmoqda. Biz bu yerda uning ochilishiga qarshi chiqishga harakat qildik, chunki u musulmon va musulmon bo‘lmagan aholimiz uchun ham katta axloqiy buzilishlarga sabab bo‘ladi. Agar bizni hech kim ko‘rmasa, bu joyni buzib tashlash joizmi? Shuni ham inobatga oling-ki, bu joy egasi unga sarflagan barcha mablag‘ini yo‘qotadi. Bu munkardan qaytarish yo‘llaridan birimi?
  • Xitoy millatdoshining Islom diniga ishtiyoqi va qalbidagi xavotirlari

    Islomni qabul qilishni orzu qilaman, lekin oziq-ovqat, ayniqsa cho‘chqa go‘shti masalasida ba’zi tashvishlarim bor. Men hali ham ota-onam bilan birga yashayman, biz asli xitoylikmiz va choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan taom dasturxonimizdan aslo arimaydigan asosiy kundalik taomlardan hisoblanadi. Men Islomni qabul qilib, uyda ular bilan birga yashashda davom etsam, bilmagan holda yoki oldindan xabarim boʻlmay, choʻchqa goʻshtini tovuq goʻshti deb yeb qoʻyishdan xavotirdaman. Oilaviy yig‘inlar yoki tadbirlarda choʻchqa goʻshtidan tayyorlangan taomlardan o‘zimni tiyishga harakat qilaman, agar yeyishga majbur bo‘lsam, Allohga istigʻfor aytaman. Agar Islomni qabul qilsam va choʻchqa goʻshtini yeyishga majbur boʻlsam, Allohdan magʻfirat soʻrashim kerakmi? Men bu masaladan juda xavotirdaman va sizning maslahatingizga juda muhtojman.
  • Islomdan toʻsuvchi va loqaydlikka undovchilar

    Men so‘nggi bir necha oyni Islomni o‘rganish va tadqiq qilishga bag‘ishladim hamda yaqinda Qur’onni o‘qishni boshladim. Qalbimda shahodat kalimasini aytishga tayyorligimni his qilmoqdaman, ammo ba’zi musulmon do‘stlarim menga ishonishmayapti. Ular bu hayotni o‘zgartiruvchi qarorni shoshma-shosharlik bilan qabul qilmasligim haqida ogohlantirmoqdalar. Biroq, men chindan ham bu qadamni tashlashga tayyorman. Menga Islomga e’tiqod qilishim va Alloh barcha olamlarning Robbi, yagona Iloh ekanligiga guvohlik berishim uchun nima qilishim kerakligi haqida maslahat bera olasizmi? Shuni bilib qo‘yingki, men hayotimda hech qachon shoshilinch qaror qabul qilmaganman. Rahmat.
  • Islomda ayol kishi bilan muomala qilish

    Men musulmon bo‘lmoqchiman. Biroq avvalgi hayotim borasida xavotirlarim bor. O‘tmishdagi tajribalarim Allohning to‘g‘ri yo‘liga ergashishimga to‘sqinlik qilishidan qo‘rqaman. Ochiqchasiga gapirganim uchun meni ma’zur tutasiz.Islomda erkak va ayolning nikohsiz munosabatda bo‘lishi halol emas. Shu sababli Islomni qabul qilishdan oldin ichimda kurash avj olayotganini his qilyapman. Ammo men Islomni qabul qilishdan oldin bu narsalarga boshqacha qarardim. Endi esa o‘tmishimdagi ishlarimni Islom harom qilgani haqida ko‘p o‘qidim.Savolim, ayollar bilan munosabatda, istaklarim va shariat taqiqlagan narsalar o‘rtasida qanday muvozanat oʻrnatishim mumkin? Qanday yo‘l tutishim kerak-ki, bu istaklar meni yana gunohga boshlamasin va Islomdan uzoqlashtirmasin?
  • Vegeterian boʻlish joizmi?

    Men vegetarianman, ya’ni men go‘sht yoki hayvon mahsulotlarini yemayman. Islom dini menga yoqdi. Hayvon mahsulotlarini yemasdan turib, bu dinga kirish mumkinmi?