O'qildi: 197
01.07.2025
/ 6 Muharram 1447
Fatvo mavzusi: Allohga iymon keltirish » Iymon
Savol
Musulmon bo‘lmagan bir tanishim vafot etdi. Bilishimcha, u Islomni qabul qilgan va bu dinga ishongan, lekin rasman musulmon bo‘lishga ulgurmay vafot etgan. Bu kishining gunohlari kechiriladimi yoki hamon kofirlardan sanaladimi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Agar kishi ikki shahodatni aytmagan va Islomga kirmagan bo‘lsa, unga musulmon deb hukm qilinmaydi. Garchi u Islomga qiziqsa, uni dinlarning eng afzali yoki buyuk din deb e’tirof etsa ham. Mana Abu Tolib — Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning amakisi kofir holida vafot etdi va Alloh taolo Oʻz Payg‘ambarini unga istig‘for aytishdan qaytardi. Abu Tolib Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)ni himoya qilgan va she’rlarida shunday degan bo‘lsa-da:
وَإِنِّي لَأَعْلَمُ أَنَّ دِينَ مُحَمَّدٍۢ
مِنْ خَيْرِ أَدْيَانِ ٱلْبَرِيَّةِ دِينَا
لَوْلَا ٱلْمَلَامَةُ أَوْ حَذَارُ مَسَبَّةٍۢ
لَوَجَدْتَنِى
Men yaxshi bilaman, dini Muhammad —
Eng afzal dinligin dunyoda albat.
Gar boʻlmasa haqorat yoki malomat,
Buni ochiq aytardim, topganda fursat.
Agar inson ikki shahodatni aytmasdan vafot etsa, unga kofirlarga boʻlgan muomalada boʻlamiz: uning haqiga duo qilmaymiz, unga janoza oʻqimaymiz, musulmonlar qabristoniga dafn etmaymiz va hokazo. Uning ishini Allohga havola qilamiz.
Ammo inson chin eʻtiqod va qattiq ishonch bilan Islomga kirib, ikki shahodatni aytsa, u musulmon hisoblanadi. Garchi u o‘z Islomini rasman ro‘yxatdan o‘tkazmagan, sud yoki Islom markazidan hujjat olmagan va hatto buni boshqalarga e’lon qilmagan bo‘lsa ham. Agar bunday kishi vafot etsa, uning jannatga kirishiga umid qilib, unga Allohdan rahmat tilaymiz.
Alloh bandalarini ko‘rib turguvchidir.
Bu javob foydali bo’ldimi?