Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » «Inshaalloh mo‘minman» deyish hukmi
Fatvo: 2689

O'qildi: 85

15.02.2026

/ 27 Shaban 1447

Fatvo mavzusi:

«Inshaalloh mo‘minman» deyish hukmi

Savol

Musulmon kishi «Men inshaalloh mo‘minman» deyishi toʻgʻrimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Iymonda istisno qilish (ya’ni, «inshaalloh» deyish) masalasi ulamolar o‘rtasida uzoq va keng muhokamalarga sabab bo‘lib kelgan.

Bu iboraga to‘g‘ri yondashish uchun «mo‘min» so‘zining ma’nosini aniqlashtirish lozim. Agar bu so‘z iymonning asl mohiyatini anglatsa, ya’ni «Islom» ma’nosida boʻlib, usiz kishi kofirga aylanadigan holni bildirsa, bunday vaziyatda istisno qilish to‘g‘ri emas. Chunki bu din asoslariga shubha qilishni nazarda tutadi, bu esa haromdir. Aksincha, musulmon kishi bu borada o‘z iymonida qat’iy bo‘lishi va hech qanday istisnosiz «Men mo‘minman» deyishi vojibdir.

Biroq, agar gap iymonning mukammalligi va Islomning quyi darajasidan yuqori maqom – moʻminlik darajasi haqida ketayotgan bo‘lsa, u istisno qilishi va «Inshaalloh» deyishi lozim. Chunki bunday holda istisno qilmaslik o‘zini poklashni anglatadi, bu esa Islom shariatida taqiqlangan. Alloh taoloning:

﴿فَلَا تُزَكُّوا أَنْفُسَكُمْ﴾

«Bas, sizlar o‘zlaringizni poklamay qo‘ya qolinglar!» (Najm: 32), degan so‘ziga binoan.

Agar inson o‘zi e’tiqod qiladigan dinini ifodalash uchun muammosiz bir so‘z ishlatmoqchi bo‘lsa, «Men musulmonman» deyishi kerak va bu holatda istisnolarga hojat yo‘q.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

3

O’xshash fatvolar

  • Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramay, nega esnaymiz. Televideniye orqali tasvirlarni uzatish harommi?

    Ma’lumki, esnash shaytondandir. Ramazonda shaytonlar kishanlanishiga qaramasdan, nima uchun esnaymiz?Shuningdek, insonni suratga olish harom ekani ma’lum, unda televideniye orqali tasvirlarni uzatish harom hisoblanadimi?
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Islom yetib bormagan kishilar hukmi

    Islom haqida hech qanday ma’lumot yetib bormagan odamlarning ahvoli nima bo‘ladi? Ularning hukmi qanday?
  • Qalbimizda Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatni qanday oshiramiz?

    Musulmon kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga bo‘lgan muhabbatini dunyodagi hamma narsadan ko‘ra oshirish uchun nima qilishi mumkin?
  • Jinlar olami

    Qur’oni Karimda jinlar haqida o‘qidim, ammo ular haqiqatda nimaligini bilmayman. Iloji bo‘lsa, ular haqida qo‘shimcha ma’lumot berishingizni so‘rayman.
  • Qiyomatdagi hisob kitob muddati

    Qiyomat kuni mo‘minning hisob-kitobi muddati kofirnikidan farq qiladimi?