Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Erkaklar oltin qoplangan buyumlar taqishi hukmi
Fatvo: 652

O'qildi: 282

01.07.2025

/ 6 Muharram 1447

Fatvo mavzusi: » » »

Erkaklar oltin qoplangan buyumlar taqishi hukmi

Savol

Erkaklar oltin qoplangan buyumlar — soat, uzuk, kamar va hokazolarni taqishining hukmi nima?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Erkaklarga oltin qoplangan buyumlarni taqish haromdir.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبَّاسٍ: «أَنَّ رَسُولَ اللهِ رَأَى خَاتَمًا مِنْ ذَهَبٍ فِي يَدِ رَجُلٍ فَنَزَعَهُ فَطَرَحَهُ وَقَالَ: يَعْمِدُ أَحَدُكُمْ إِلَى جَمْرَةٍ مِنْ نَارٍ فَيَجْعَلُهَا فِي يَدِهِ!. فَقِيلَ لِلرَّجُلِ بَعْدَمَا ذَهَبَ رَسُولُ اللهِ : خُذْ خَاتَِمَكَ انْتَفِعْ بِهِ. قَالَ: لَا وَاللهِ، لَا آخُذُهُ أَبَدًا وَقَدْ طَرَحَهُ رَسُولُ اللهِ »

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining qo‘lida tilla uzukni ko‘rib qolib, uni yechib olib, tashlab yubordilar va: «Ba’zilaringiz do‘zaxning cho‘g‘ini olib, qo‘liga taqib oladi-ya!» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ketganlaridan so‘ng haligi kishiga: «Uzugingni olib, undan (boshqa yo‘l bilan) foydalan», deyishgan edi, «Allohga qasamki, uni aslo olmayman. Axir Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni tashlab yubordilar-ku!» dedi» (Sahihi Muslim, 2090).

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرِو بْنِ الْعَاصِي، عَنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ: «مَنْ لَبِسَ الذَّهَبَ مِنْ أُمَّتِي، فَمَاتَ وَهُوَ يَلْبَسُهُ، حَرَّمَ اللهُ عَلَيْهِ ذَهَبَ الْجَنَّةِ، وَمَنْ لَبِسَ الْحَرِيرَ مِنْ أُمَّتِي، فَمَاتَ وَهُوَ يَلْبَسُهُ، حَرَّمَ اللهُ عَلَيْهِ حَرِيرَ الْجَنَّةِ»

Abdulloh ibn Amr ibn Os roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ummatimdan kim oltin taqib, shu holda vafot etsa, Alloh unga jannat oltinini harom qiladi. Ummatimdan kim ipak kiyib, shu holda vafot etsa, Alloh unga jannat ipagini harom qiladi», dedilar» (Ahmad, 6556; Shuayb Arnaut tahqiqida sahih deyilgan).

Bu qaytariq ayollarga taalluqli emas, faqat erkaklarga xosdir. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda kelganidek:

إِنَّ نَبِيَّ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: أَخَذَ حَرِيرًا فَجَعَلَهُ فِي يَمِينِهِ، وَأَخَذَ ذَهَبًا فَجَعَلَهُ فِي شِمَالِهِ ثُمَّ قَالَ: «إِنَّ هَذَيْنِ حَرَامٌ عَلَى ذُكُورِ أُمَّتِي»

«Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam o‘ng qo‘llariga ipakni, chap qo‘llariga tillani olib, so‘ng: «Mana shu ikkisi ummatimning erkaklariga haromdir», dedilar» (Abu Dovud, 4057; «Sahihul Jome’», 2274).

Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:

عَنْ أَبِي مُوسَى، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أُحِلَّ لُبْسُ الْحَرِيرِ وَالذَّهَبِ لِنِسَاءِ أُمَّتِي، وَحُرِّمَ عَلَى ذُكُورِهَا»

Abu Muso Ash’ariy roziyallohu anhu rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ipak kiyish va oltin taqish ummatimning ayollariga halol, erkaklariga esa harom qilindi», dedilar (Musnadi Ahmad, 9644; Shuayb Arnaut tahqiqida sahih hukmi berilgan).

Ayollarga ularning nozikligi, nafosati va ziynatga bo‘lgan ehtiyoji tufayli oltin taqishga ruxsat berilgan. Alloh taolo aytadi:

﴿أَوَمَنْ يُنَشَّأُ فِي الْحِلْيَةِ وَهُوَ فِي الْخِصَامِ غَيْرُ مُبِينٍ ۝١٨﴾

«Hali zeb-ziynat ichida o‘stiriladigan, (hech qanday) janjal-munozarada (o‘z maqsadini) ochiq-ravshan bayon qilib bera olmaydigan (ojiz notavon qiz bolami)!?» (Zuhruf: 18).

Erkaklarga kelsak, tilla bezaklar erkak uchun subutsizlik va noshudlik belgisidir. Shariat ikki jins o‘rtasidagi farqni ko‘rsatishni va har birining o‘ziga xos xususiyatlarini ajratishni xohlaydi, chunki ular bir-biriga o‘xshashida fasod bor.

Erkaklarga oltin taqish taqiqlanishi sof oltin, aralashgan oltin, qirqilgan, tutash va ziynatlangan kabilarni o‘z ichiga oladi. Suvlangan va suvi yuritilganga kelsak, ba’zi ulamolar uni erkaklarga harom deyishgan, agar undan biror narsa ajratib olish mumkin bo‘lsa (masalan, qirib olish orqali) va agar undan biror narsa ajratib olish mumkin bo‘lmasa, ruxsat beriladi. Ba’zilari agar qoplama umumiy yoki ko‘p bo‘lsa, uni taqish mumkin emas, agar u oz bo‘lsa (soatning millarida yoki raqamlarida yoki undagi mayda donlarda bo‘lgani kabi), taqish mumkin deyishgan. Ular ahamiyatli bo‘lgan narsa ko‘rinadigan narsa ekanini, qiymat bilan emasligini aytishgan. Agar oltin qoplamasi ko‘zga tashlanadigan darajada ko‘p yoki umumiy bo‘lsa, joiz emas. Keyin bu shaxs uchun aybdir, chunki ko‘p odamlar qoplama yoki metall ekanligi o‘rtasidagi farqni ajrata olmaydilar va bu shaxsga ergashib, sof oltin taqishlari mumkin.

Alloh taolo bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Zakotni qanday taqsimlagan afzal?

    Men molimdan zakot bermoqchiman-u, ikkilanyapman: uni ko‘pchilikka tarqataymi yoki ozroq odamga, lekin kattaroq miqdorda beraymi? Agar iloji boricha ko‘proq odamga bersam, savobim ziyoda bo‘larmikin, chunki bunda ozchilik emas, ko‘pchilik xursand bo‘ladi va men ularning xursandchiligi evaziga savob olamanmi? Yoki savobi bir xil bo‘ladimi? Unday boʻlsa muammo yo‘q. Rahmat.
  • E’tikofning eng kam muddati

    E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
  • E’tikofning savobi

    E’tikofning savobi qanday?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • E’tikof uchun erning ruxsati shartmi?

    Er ayolini e’tikofdan man qilishga haqlimi?