Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Oxiratga iymon keltirish » Jannatda ayollarga nima beriladi?
Fatvo: 608

O'qildi: 783

29.06.2025

/ 4 Muharram 1447

Fatvo mavzusi:

Jannatda ayollarga nima beriladi?

Savol

Bir ayol soʻramoqda: Men Allohga va Uning kitobiga to‘liq iymon keltiraman. Rabbimga hamdlar bo‘lsinki, U Zotga bo‘lgan iymonim kundan-kunga ortib bormoqda…
Savolim shuki: Qur’oni Karimda erkaklarga Jannatning in’omi va go‘zal, pokiza hurlar takror-takror tilga olinadi. Ko‘pchilik Islom dinini erkaklar ustunligi dini deb ataydi. Nima sababdan ayollar uchun Jannat in’omi zikr etilmagan?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Muqaddima

Javobning qisqacha mazmuni:

Oxiratdagi mukofotlar, shu jumladan ayollar uchun jannat ne’matlari haqida ko‘plab oyatlar va hadislar mavjud bo‘lib, ular Allohning izni bilan har qanday ayolning ko’nglidagi vasvasalarni butkul yo‘q qiladi. Bu haqda batafsil javobda toʻliq soʻz yuritamiz.

 

Javob:

Alloh zarra miqdoricha zulm qilmaydi

Savol beruvchi aziz singlim, modomiki siz Allohga va Uning kitobiga iymon keltirar ekansiz, shuni bilishingiz lozimki, Alloh O‘zining kitobida shunday degan:

﴿وَلَا یَظۡلِمُ رَبُّكَ أَحَدࣰا﴾

«Parvardigoringiz hech kimga zulm qilmas» (Kahf: 49),

﴿إِنَّ ٱللَّهَ لَا یَظۡلِمُ مِثۡقَالَ ذَرَّةࣲۖ وَإِن تَكُ حَسَنَةࣰ یُضَـٰعِفۡهَا وَیُؤۡتِ مِن لَّدُنۡهُ أَجۡرًا عَظِیمࣰا ۝٤٠﴾

«Shubhasiz, Alloh taolo hech kimga zarracha ham zulm qilmas. Agar zarracha yaxshilik bo‘lsa, uni (egasiga) bir necha barobar ko‘paytirur va O‘z huzuridan ulug‘ ajru savoblar ato etur» (Niso: 40).

 

Shariat erkag-u ayolga barobardir

Shariat erkaklar uchun ham, ayollar uchun ham barobar joriy qilingan. Qur’onda erkaklarga qaratilgan har bir xitob ayollarga ham qaratilgan, shuningdek, erkaklarga qaratilgan har bir hukm ayollarga ham taalluqlidir. Faqat erkak yoki ayolga xosligiga dalil bo’lgan masalalar bundan mustasno, masalan, jihod, hayz, mahramlik, valiylik va boshqa shunga o‘xshash hukmlar.

Shariatdagi xitob erkak jinsda (muzakkar formada) kelgan bo‘lsa-da, ayollar unga kiritilganining dalili Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisdir:

عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ سُئِلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الرَّجُلِ يَجِدُ الْبَلَلَ وَلا يَذْكُرُ احْتِلامًا قَالَ «يَغْتَسِلُ» وَعَنِ الرَّجُلِ يَرَى أَنَّهُ قَدِ احْتَلَمَ وَلا يَجِدُ الْبَلَلَ قَالَ «لا غُسْلَ عَلَيْهِ» فَقَالَتْ أُمُّ سُلَيْمٍ الْمَرْأَةُ تَرَى ذَلِكَ أَعَلَيْهَا غُسْلٌ قَالَ «نَعَمْ إِنَّمَا النِّسَاءُ شَقَائِقُ الرِّجَالِ»

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan namlikni ko‘rgan, lekin ehtilomni eslay olmagan erkak haqida so‘rashdi. U zot: «Gʻusl qiladi», dedilar. Ehtilom bo‘ldim deb o‘ylagan, lekin namlikni ko‘rmagan erkak haqida esa «Unga g‘usl vojib emas», dedilar. Ummu Sulaym: «Ayol kishida ham shunday holat bo‘ladi. Unga ham g‘usl vojibmi?» degan edi, u zot: «Ha. Ayollar erkaklarning tugʻishganlaridir (ya’ni, Ayollar ham erkaklar kabidir)», dedilar» (Abu Dovud, 236; Termiziy, 113; «Jome’ as-Sahih», 2333).

 

Jannatda ayollar uchun nimalar bor?

Oxiratdagi mukofot va ayollar uchun jannatda nimalar borligi haqida esa, quyidagi oyat va hadislarni taqdim etamiz:

عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ قَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ لا أَسْمَعُ اللَّهَ ذَكَرَ النِّسَاءَ فِي الْهِجْرَةِ فَأَنْزَلَ اللَّهُ تَعَالَى: ﴿فَٱسۡتَجَابَ لَهُمۡ رَبُّهُمۡ أَنِّی لَاۤ أُضِیعُ عَمَلَ عَـٰمِلࣲ مِّنكُم مِّن ذَكَرٍ أَوۡ أُنثَىٰۖ بَعۡضُكُم مِّنۢ بَعۡضࣲۖ فَٱلَّذِینَ هَاجَرُوا۟ وَأُخۡرِجُوا۟ مِن دِیَـٰرِهِمۡ وَأُوذُوا۟ فِی سَبِیلِی وَقَـٰتَلُوا۟ وَقُتِلُوا۟ لَأُكَفِّرَنَّ عَنۡهُمۡ سَیِّـَٔاتِهِمۡ وَلَأُدۡخِلَنَّهُمۡ جَنَّـٰتࣲ تَجۡرِی مِن تَحۡتِهَا ٱلۡأَنۡهَـٰرُ ثَوَابࣰا مِّنۡ عِندِ ٱللَّهِۚ وَٱللَّهُ عِندَهُۥ حُسۡنُ ٱلثَّوَابِ ۝١٩٥﴾

Ummu Salamadan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli, Alloh hijrat haqida ayollarni zikr qilganini eshitmayapman», dedi. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «Bas, Parvardigorlari ularning duolarini mustajob aylab (dedi): «Albatta, Men sizlardan biron amal qilguvchi erkak yo ayolning amalini zoye qilmagayman. Zero, birovingiz birovingizdandirsiz. (Ya’ni, erkak ayoldan, ayol erkakdan dunyoga kelgan). Bas, vatanlaridan hijrat qilgan, diyorlaridan quvilgan, mening yo‘limda aziyatlar chekkan va (mening yo‘limda) jang qilib, qatl etilgan zotlarning qilgan gunohlarini o‘chirgayman va ularni taglaridan daryolar oqib turadigan bog‘larga kiriturman. Bu Alloh huzuridan bo‘lgan savob-mukofot bo‘ladi. Zero, eng go‘zal savob-mukofot Allohning huzuridadir» (Oli Imron: 195). Bu Termiziy (3023) rivoyat qilgan hasan hadisdir.

Ibn Kasir rahimahulloh aytadi: «Alloh taoloning «Mustajob ayladi» degani, ya’ni «Parvardigori ularning iltijolariga javob berdi» deganidir… Alloh taoloning «Albatta, Men sizlardan biron amal qilguvchi erkak yo ayolning amalini zoye qilmagayman» degan so‘zi bu javobning tafsiri bo‘lib, har bir amal qiluvchining amalini, erkak yoki ayol bo‘lishidan qat’i nazar, hech bir amal qiluvchining amalini zoye qilmasligini aytadi. Allohning «birovingiz birovingizdandirsiz» degan so‘zi esa «Barchangiz mukofotda tengdirsiz» deganidir».

Alloh taolo aytadi:

﴿وَمَن یَعۡمَلۡ مِنَ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ مِن ذَكَرٍ أَوۡ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤۡمِنࣱ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ یَدۡخُلُونَ ٱلۡجَنَّةَ وَلَا یُظۡلَمُونَ نَقِیرࣰا ۝١٢٤﴾

«Erkakmi, ayolmi — kim mo‘min bo‘lgan holda yaxshiliklar qilsa, ana o‘shalar jannatga kirurlar va ularga qilcha ham zulm qilinmas» (Niso: 124).

Ibn Kasir rohimahulloh bu oyatning tafsirida aytadi: «Bu Allohning ehsoni, karami va rahmati bo‘lib, O‘z bandalari – erkaklar va ayollardan iborat bo‘lgan solih amal qiluvchilarning amallarini iymon sharti bilan qabul qilishidir. Alloh ularni jannatga kiritadi va ularning yaxshi amallari uchun beriladigan mukofotni, hatto «naqir» miqdoricha ham zulm qilib kamaytirmaydi. «Naqir» – xurmo urug‘ining orqa tomonidagi kichik oʻymachadir».

Alloh azza va jalla aytadi:

﴿مَنۡ عَمِلَ صَـٰلِحࣰا مِّن ذَكَرٍ أَوۡ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤۡمِنࣱ فَلَنُحۡیِیَنَّهُۥ حَیَوٰةࣰ طَیِّبَةࣰۖ وَلَنَجۡزِیَنَّهُمۡ أَجۡرَهُم بِأَحۡسَنِ مَا كَانُوا۟ یَعۡمَلُونَ ۝٩٧﴾

«Erkakmi yo ayolmi — kimda-kim mo‘min bo‘lgan holida biron yaxshi amal qilsa, bas, Biz unga pokiza hayot ato eturmiz va ularni o‘zlari qilib o‘tgan amallaridan chiroyliroq ajr-savoblar bilan mukofotlaymiz» (Nahl: 97).

Ibn Kasir rohimahulloh bu oyatning tafsirida: «Bu solih amal qilgan kishiga Allohning va’dasidir. Solih amal esa Allohning kitobi va Payg‘ambari sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga muvofiq amaldir. Allohga va Rasuliga iymon keltirgan Odam bolasi bor-ki, u xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, modomiki bu amal Alloh tomonidan buyurilgan, shariatga muvofiq ekan, Alloh unga dunyoda pokiza hayot baxsh etadi va oxiratda eng go‘zal amallariga yarasha mukofotlaydi. Pokiza hayot esa barcha turdagi qulayliklarni o‘z ichiga oladi», deydi.

Alloh taolo aytadi:

﴿مَنۡ عَمِلَ سَیِّئَةࣰ فَلَا یُجۡزَىٰۤ إِلَّا مِثۡلَهَاۖ وَمَنۡ عَمِلَ صَـٰلِحࣰا مِّن ذَكَرٍ أَوۡ أُنثَىٰ وَهُوَ مُؤۡمِنࣱ فَأُو۟لَـٰۤىِٕكَ یَدۡخُلُونَ ٱلۡجَنَّةَ یُرۡزَقُونَ فِیهَا بِغَیۡرِ حِسَابࣲ ۝٤٠﴾

«Kim biron yomonlik qilsa, unga (Oxiratda qilgan gunohiga) yarasha jazo berilishi aniqdir. Xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin, kim Allohga iymon keltirgan holida biron yaxshilik qilsa, ana o‘shalar jannatga kiradi (va) u joyda ularga behisob rizq beriladi» (G‘ofir: 40)

Va nihoyat, hurmatli singlim, ko‘nglingizdagi ayollar haqida paydo bo‘lgan har qanday vasvasani Allohning izni bilan butunlay yo‘q qiladigan quyidagi hadisni taqdim etamiz:

عَنْ أُمِّ عُمَارَةَ الأَنْصَارِيَّةِ أَنَّهَا أَتَتِ النَّبِيَّ صلى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَتْ: «مَا أَرَى كُلَّ شَيْءٍ إِلاّ لِلرِّجَالِ وَمَا أَرَى النِّسَاءَ يُذْكَرْنَ بِشَيْءٍ فَنَزَلَتْ هَذِهِ الآيَةَ ﴿إِنَّ ٱلۡمُسۡلِمِینَ وَٱلۡمُسۡلِمَـٰتِ وَٱلۡمُؤۡمِنِینَ وَٱلۡمُؤۡمِنَـٰتِ﴾ [الآيَةَ

Ummu Umora al-Ansoriya Nabiy sollallohu alayhi va sallamning huzurlariga borib, u zotga: «Menga hamma narsa erkaklar uchun bo‘lib tuyulmoqda. Ayollarni biror ishda tilga olinganliklarini koʻrmayapman», dedi. Shunda «Albatta, musulmon erkaklar va muslima ayollar, iymon keltiruvchi erkak va iymon keltiruvchi ayollar…» oyati nozil bo’ldi. (Termiziy; 3211; Sahihut Termiziy, 2565-da sahih deyilgan).

Imom Ahmadning Musnadida Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:

قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ مَا لَنَا لا نُذْكَرُ فِي الْقُرْآنِ كَمَا يُذْكَرُ الرِّجَالُ؟ قَالَتْ: فَلَمْ يَرُعْنِي مِنْهُ يَوْمًا إِلاّ وَنِدَاؤُهُ عَلَى الْمِنْبَرِ «يَا أَيُّهَا النَّاسُ» قَالَتْ: وَأَنَا أُسَرِّحُ رَأْسِي  فَلَفَفْتُ شَعْرِي ثُمَّ دَنَوْتُ مِنَ الْبَابِ فَجَعَلْتُ سَمْعِي عِنْدَ الْجَرِيدِ فَسَمِعْتُهُ يَقُولُ إِنَّ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ يَقُولُ:
﴿إِنَّ ٱلۡمُسۡلِمِینَ وَٱلۡمُسۡلِمَـٰتِ وَٱلۡمُؤۡمِنِینَ وَٱلۡمُؤۡمِنَـٰتِ وَٱلۡقَـٰنِتِینَ وَٱلۡقَـٰنِتَـٰتِ وَٱلصَّـٰدِقِینَ وَٱلصَّـٰدِقَـٰتِ وَٱلصَّـٰبِرِینَ وَٱلصَّـٰبِرَٰتِ وَٱلۡخَـٰشِعِینَ وَٱلۡخَـٰشِعَـٰتِ وَٱلۡمُتَصَدِّقِینَ وَٱلۡمُتَصَدِّقَـٰتِ وَٱلصَّـٰۤىِٕمِینَ وَٱلصَّـٰۤىِٕمَـٰتِ وَٱلۡحَـٰفِظِینَ فُرُوجَهُمۡ وَٱلۡحَـٰفِظَـٰتِ وَٱلذَّٰكِرِینَ ٱللَّهَ كَثِیرا وَٱلذَّٰكِرَٰتِ أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُم مَّغۡفِرَة وَأَجۡرًا عَظِیما﴾»

Men: «Yo Rasululloh, nima uchun biz Qur’onda erkaklar bilan teng darajada tilga olinmaymiz?» dedim. Keyin bir kuni u zotning minbardan: «Ey odamlar!» deb chaqirganini eshitib hayron qoldim. O‘sha paytda sochimni tarab o‘tirgan edim, uni o‘rab, eshik yoniga kelib, u zotning quyidagilarni aytayotganini eshitib turdim: «Alloh azza va jalla aytadi: «Albatta, musulmon erkaklar va muslima ayollar, iymon keltiruvchi erkak va iymon keltiruvchi ayollar, itoatgoʻy erkak va itoatgoʻy ayollar, rostgoʻy erkak va rostgoʻy ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, Allohdan qo‘rquvchi erkak va Allohdan qo‘rquvchi ayollar, xayr-sadaqa qiluvchi erkaklar va xayru-sadaqa qiluvchi ayollar, ro‘za tutuvchi erkaklar va ro‘za tutuvchi ayollar, jinsiy a’zolarini (haromdan) saqlovchi erkaklar va (avratlarini haromdan) saqlovchi ayollar, Allohni ko‘p zikr qiluvchi erkaklar va Allohni ko‘p zikr qiluvchi ayollar – ana o‘shalar uchun Alloh taolo mag‘firat va ulkan mukofot hozirlab qo‘ygan» (Ahzob: 35).

Allohdan barchamizga so‘z va amallarda ixlosli bo’lishni va Oʻz dinida sobit qilishini so‘raymiz. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga Allohning salavoti va salomi bo‘lsin.

Ko‘proq ma’lumot olish uchun quyidagi javoblarga murojaat qiling: 114050, 96598 va 96619.

Alloh bilguvchroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Islom yetib bormagan kishilar hukmi

    Islom haqida hech qanday ma’lumot yetib bormagan odamlarning ahvoli nima bo‘ladi? Ularning hukmi qanday?
  • Qiyomatdagi hisob kitob muddati

    Qiyomat kuni mo‘minning hisob-kitobi muddati kofirnikidan farq qiladimi?
  • Qiyomat kuni Alloh bilan uchrashuv

    Alloh qayerda? Biz qiyomat kuni Alloh bilan uchrasha olamizmi?
  • Mahdiy haqiqatmi?

    Mahdiyning kelishi haqidagi hadis sahihmi yoki yo‘qmi? Do‘stlarimdan biri bu hadis sahih emas, zaif ekanligini aytgani uchun bu savolni beryapman.
  • Islom yetib bormagan kofirlarning qismati

    Islom haqida eshitmagan kofirlarning holi nima kechadi?
  • Jannat ahli dunyodagi hayotlarini eslaydilarmi?

    Jannat ahli dunyoda qanday yashaganlarini eslaydilarmi? Ular yer yuzida orzu qilgan narsalarini jannatda ham istaydilarmi?