O'qildi: 34
Iyun 26, 2025
/ 1 Muharram 1447
Fatvo mavzusi: Bezaklar
Javob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Abu Quhofa fath fath kuni olib kelindi. Uning soch-soqoli xuddi sag‘omadek* oppoq edi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Buni biror narsa bilan o’zgartiringlar, ammo qoradan saqlaninglar», dedilar» (Muslim, 2102).
* Sag‘oma – guli va mevasi sochning oqiga o‘xshash o‘simlik.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo rivoyat qiladilar: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Oxir zamonda kaptarlarning jig‘ildonlari kabi (sochlarini) qora rangga bo‘yaydigan qavm paydo bo‘ladi. Ular jannat hidini ham hidlamaydilar» (Imom Ahmad rivoyati. «Sahihul-jome’» 8153-hadis).
Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamdan oq sochlarni qora rangdan boshqa rangga o‘zgartirish haqida ham rivoyat kelgan:
عَنْ أَبِي ذَرٍّ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ:
إِنَّ أَحْسَنَ مَا غُيِّرَ بِهِ الشَّيْبُ الْحِنَّاءُ وَالْكَتَمُ.
Abu Zarr roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qildilar: «Oq sochni o‘zgartirish uchun eng yaxshi narsa xina va katam (xinaga o‘xshash, sochni bo‘yash uchun ishlatiladigan o‘simlik)dir» Termiziy, 1675. U bu hadisni hasan-sahih degan).
Demak, sochni sof qora rangga bo‘yash haromdir. Chunki Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam: «Qoradan saqlaninglar», deganlar. Shuningdek, bu masalada qattiq ogohlantirish (va’iyd) ham kelgan. Bu hukm erkak va ayol uchun bab-barobardir. Ammo agar qora bo‘yoq boshqa rang bilan aralashtirilsa va natijada uning sof qoraligi yo‘qolsa, buning zarari yo’q
Batafsil ma’lumot uchun: «Islomiy fatvolar», 4/424 va «Muslima ayol fatvolari» 2/520-sahifaga qarang.
Vallohu a’lam.
Bu javob foydali bo’ldimi?