O'qildi: 2,249
22.06.2025
/ 26 Zulhijja 1446
Fatvo mavzusi: Bezaklar
Savol
Havo harorati qattiq qiziganda yoki baʼzi jismoniy mashqlar qilganda terlagan kishi tanasidagi tuklarni olishi joizmi? Masalan, ko‘krak, bel va oyoqlardagi tuklarni olish kabi.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Islom shariatida tuklar 3 turga bo‘linadi:
Birinchisi: Qoldirilishi buyurilgan tuklar, masalan, erkaklarning soqoli.
Ikkinchisi: Olib tashlanishi buyurilgan tuklar, masalan, qo‘ltiq osti, avrat va mo‘ylovning labdan oshgan qismi kabi.
Uchinchisi: Shariat sukut qilgan tuklar, masalan, qo‘l, oyoq, ko‘krak va beldagi tuklar. Bu tuklarni olib tashlash joiz.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?