Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ayollarni xatna qilish vojib emas
Fatvo: 427

O'qildi: 760

22.06.2025

/ 26 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: »

Ayollarni xatna qilish vojib emas

Savol

Bir ayol xotin-qizlarni xatna qilish hukmi borasida soʻramoqda, chunki u Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning ayol kishini qanday xatna qilinishini o‘rgatganlari haqidagi hadisni oʻqigan ekan. Ayollarni xatna qilish vojibmi yoki sunnatmi? Agar vojib bo‘lsa, bu qanday bajariladi va qaysi qismini kesish kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ibn Qudoma rahimahulloh «Mug‘niy» kitobida aytadi: «Xatnaga kelsak, u erkaklar uchun vojib, ayollar uchun makruma, ya’ni hurmat yuzasidan qilinadigan ish va ular uchun vojib emas. Aksar ulamolarning fikri shunday. Imom Ahmad aytadi: «Erkak uchun qattiqroq… ayol uchun yengilroq» (Al-Mug‘niy, 1/70).

«Ayolni xatna qilish siydik chiqadigan yerdan yuqoridagi klitor (xo‘roz tojiga o’xshash teri)ning bir qismini kesish orqali amalga oshiriladi. Sunnatga ko‘ra, uning hammasini emas, faqat bir qismini olib tashlash kerak» (Mavsu’atul fiqhiyya, 19/28).

Bu masalada ayolning manfaatlarini hisobga olish maqsadga muvofiq: agar klitor katta bo‘lsa, uning bir qismini olib tashlash, aks holda uni asl holatida qoldirish kerak. Klitorning o‘lchami ayoldan ayolga farq qiladi va issiq iqlimda yashovchilar bilan sovuq iqlimda yashovchilar o‘rtasida tafovutlar bo‘lishi mumkin.

Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan ayollarni xatna qilish haqida hadis rivoyat qilingan bo‘lib, unda:

«الخِتانُ سُنَّةٌ لِلرِّجالِ، مَكْرُمَةٌ لِلنِّساءِ»

«Xatna erkaklar uchun sunnat, ayollar uchun makruma, ya’ni hurmat yuzasidan qilinadigan ishdir», deyilgan.
Biroq, bu hadisning sahihligi borasida ixtilof bor. Qarang: «Zaif hadislar silsilasi», 1935-raqam.

Xatna qilish usuli haqida Ummu Atiyya roziyallohu anhodan hadis kelgan:

عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ الْأَنْصَارِيَّةِ، أَنَّ امْرَأَةً، كَانَتْ تَخْتِنُ بِالْمَدِينَةِ فَقَالَ لَهَا النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: « لَا تَنْهِكِي فَإِنَّ ذَلِكَ أَحْظَى لِلْمَرْأَةِ، وَأَحَبُّ إِلَى الْبَعْلِ ». قَالَ أَبُو دَاوُدَ: مُحَمَّدُ بْنُ حَسَّانَ مَجْهُولٌ، وَهَذَا الْحَدِيثُ ضَعِيفٌ

Ummu Atiyya Ansoriya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Madinada bir ayol xatna qilar edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga: «Uncha tagidan olma. Shunday bo‘lishi ayol uchun lazzatbaxsh, eri uchun mahbubdir», dedilar». Bu hadisni Abu Dovud «Sunan»ining «Odob kitobi»da rivoyat qilgan va «Bu hadis zaif», degan.

Yuqorida keltirilgan ulamolarning fikrlari yetarli bo‘lsa kerak.

Alloh taolo yaxshiroq bilguvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

6

O’xshash fatvolar

  • Zakotni qanday taqsimlagan afzal?

    Men molimdan zakot bermoqchiman-u, ikkilanyapman: uni ko‘pchilikka tarqataymi yoki ozroq odamga, lekin kattaroq miqdorda beraymi? Agar iloji boricha ko‘proq odamga bersam, savobim ziyoda bo‘larmikin, chunki bunda ozchilik emas, ko‘pchilik xursand bo‘ladi va men ularning xursandchiligi evaziga savob olamanmi? Yoki savobi bir xil bo‘ladimi? Unday boʻlsa muammo yo‘q. Rahmat.
  • E’tikofning eng kam muddati

    E’tikofning eng kam muddati qancha? Qisqa vaqt e’tikof o‘tirsam bo‘ladimi yoki belgilangan kunlarda e’tikof o‘tirish shartmi?
  • E’tikofning savobi

    E’tikofning savobi qanday?
  • E’tikof oʻtirish hukmi

    E’tikofning hukmi nima?
  • E’tikof qanday masjidda durust bo‘ladi?

    E’tikof har qanday masjidda durust bo‘ladimi?
  • E’tikof uchun erning ruxsati shartmi?

    Er ayolini e’tikofdan man qilishga haqlimi?