Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Fitrat sunnatlari » Ayollarni xatna qilish vojib emas
Fatvo: 427

O'qildi: 1,247

22.06.2025

/ 26 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Ayollarni xatna qilish vojib emas

Savol

Bir ayol xotin-qizlarni xatna qilish hukmi borasida soʻramoqda, chunki u Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamning ayol kishini qanday xatna qilinishini o‘rgatganlari haqidagi hadisni oʻqigan ekan. Ayollarni xatna qilish vojibmi yoki sunnatmi? Agar vojib bo‘lsa, bu qanday bajariladi va qaysi qismini kesish kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ibn Qudoma rahimahulloh «Mug‘niy» kitobida aytadi: «Xatnaga kelsak, u erkaklar uchun vojib, ayollar uchun makruma, ya’ni hurmat yuzasidan qilinadigan ish va ular uchun vojib emas. Aksar ulamolarning fikri shunday. Imom Ahmad aytadi: «Erkak uchun qattiqroq… ayol uchun yengilroq» (Al-Mug‘niy, 1/70).

«Ayolni xatna qilish siydik chiqadigan yerdan yuqoridagi klitor (xo‘roz tojiga o’xshash teri)ning bir qismini kesish orqali amalga oshiriladi. Sunnatga ko‘ra, uning hammasini emas, faqat bir qismini olib tashlash kerak» (Mavsu’atul fiqhiyya, 19/28).

Bu masalada ayolning manfaatlarini hisobga olish maqsadga muvofiq: agar klitor katta bo‘lsa, uning bir qismini olib tashlash, aks holda uni asl holatida qoldirish kerak. Klitorning o‘lchami ayoldan ayolga farq qiladi va issiq iqlimda yashovchilar bilan sovuq iqlimda yashovchilar o‘rtasida tafovutlar bo‘lishi mumkin.

Nabiy sollallohu alayhi va sallamdan ayollarni xatna qilish haqida hadis rivoyat qilingan bo‘lib, unda:

«الخِتانُ سُنَّةٌ لِلرِّجالِ، مَكْرُمَةٌ لِلنِّساءِ»

«Xatna erkaklar uchun sunnat, ayollar uchun makruma, ya’ni hurmat yuzasidan qilinadigan ishdir», deyilgan.
Biroq, bu hadisning sahihligi borasida ixtilof bor. Qarang: «Zaif hadislar silsilasi», 1935-raqam.

Xatna qilish usuli haqida Ummu Atiyya roziyallohu anhodan hadis kelgan:

عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ الْأَنْصَارِيَّةِ، أَنَّ امْرَأَةً، كَانَتْ تَخْتِنُ بِالْمَدِينَةِ فَقَالَ لَهَا النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: « لَا تَنْهِكِي فَإِنَّ ذَلِكَ أَحْظَى لِلْمَرْأَةِ، وَأَحَبُّ إِلَى الْبَعْلِ ». قَالَ أَبُو دَاوُدَ: مُحَمَّدُ بْنُ حَسَّانَ مَجْهُولٌ، وَهَذَا الْحَدِيثُ ضَعِيفٌ

Ummu Atiyya Ansoriya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Madinada bir ayol xatna qilar edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga: «Uncha tagidan olma. Shunday bo‘lishi ayol uchun lazzatbaxsh, eri uchun mahbubdir», dedilar». Bu hadisni Abu Dovud «Sunan»ining «Odob kitobi»da rivoyat qilgan va «Bu hadis zaif», degan.

Yuqorida keltirilgan ulamolarning fikrlari yetarli bo‘lsa kerak.

Alloh taolo yaxshiroq bilguvchidir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

5

O’xshash fatvolar

  • Old va orqa avratdagi tuklarni olish

    Kindik ostidagi tukni olish haqida savolim bor, uning chegarasi qayergacha bo‘lishi kerakligini bilmayabman. Moyaklardagi tukni olib tashlash vojibmi? Iltimos, shunga oydinlik kiritib bersangiz. Ayollar-chi, ular ham tuklarini olib tashlashlari kerakmi?
  • Xatnaning foydalari uning og‘rig‘idan ustundir

    Xatna qildirishning qanday foydalari bor? Arzirli jihati bo’lsa, og‘riq bo‘lishiga qaramay, farzandimni xatna qildirmoqchiman.
  • Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotish hukmi

    Tanadagi tuklarni butunlay yo‘qotishning ba’zi usullari mavjud bo‘lib, ular tuk o‘sishini batamom to‘xtatadi. Bunday usullardan foydalanish ruxsat etilganmi?
  • Qoshni terish va tekislash joizmi?

    Ba’zi ayollar qoshlarini shakllantirish uchun sartaroshlarga boradi, sartarosh esa ularning qosh sochlarining bir qismini qirqadi yoki qiradi. Buning hukmi qanday?
  • Xatna qilinmagan erkakning imom boʻlishi

    Agar erkak yoki ayol o‘ttiz yoshda yoki undan katta yoki kichik yoshda Islomni qabul qilsa, ular xatna qilishlari shartmi va xatna qilinmagan erkak namozda imomlik qilishi joizmi?
  • Tirnoq oʻstirib yurish hukmi

    Erkaklar va ayollar tirnoqlarini o‘stirib yurishining hukmi nima? Agar bu ish harom bo‘lsa, haromligining sababi nima?