Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Oilaviy masalalar » Idda » Idda paytida xotin bilan jinsiy aloqa qilish joizmi?
Fatvo: 311

O'qildi: 618

18.06.2025

/ 22 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: »

Idda paytida xotin bilan jinsiy aloqa qilish joizmi?

Savol

Erkak idda paytida xotini bilan jinsiy aloqani davom ettirishi joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar erkak xotinini birinchi yoki ikkinchi bor taloq qilsa, soʻng uning idda davri boshlansa, u oʻz uyida, erining huzurida idda oʻtiradi va u bilan birga boʻladi, chunki u hali ham uning xotini, uning nikohidadir. Agar er iddadagi xotini bilan jinsiy aloqa qilishni xohlasa, baʼzi ulamolar «bu holatda jinsiy aloqa qilish uni qaytarib olish va iddasini tugatish hisoblanadi», deydilar. Boshqa ulamolar esa, u bilan jinsiy aloqa qilishdan oldin uni qaytarib olganini bildiruvchi (masalan, «Seni qaytarib oldim» yoki «Falonchini qaytarib oldim» kabi) soʻzlarni aytishi va bu soʻzlarga ikki musulmon guvoh boʻlishi kerakligini taʼkidlaydilar. Bu soʻz iddaga chek qoʻyadi va shundan soʻng u xohlagan vaqtda xotini bilan yaqinlik qila oladi. 

Agar u xotini bilan jinsiy aloqa qilishni istasa, eng toʻgʻri yoʻl shudir, yaʼni uni qaytarib olganini bildiruvchi soʻzlarni aytishi lozim.

Ammo uchinchi taloq holatida ayol idda paytida er bilan qolmaydi. U erning uyini tark etadi va boshqa erga tegmaguncha unga halol boʻlmaydi (yaʼni er u bilan jinsiy aloqa qila olmaydi); agar ikkinchi er uni taloq qilsa, ayolga birinchi eriga yangi nikoh bilan qaytishga ruxsat beriladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Grinkart olish uchun soxta nikoh qurish hukmi

    Amerikalik nasroniy ayol orqali «Yashil karta» (Greencard) olish uchun u bilan yashamasdan yoki xilvatda qolmasdan (faqat qog‘ozda) turmush qurishga ruxsat beriladimi? Men zikr qilingan tarzda turmush qurib, xotinning mamlakatiga borish, o‘z vatanimda yashaydigan ota-onamga yordam berish va o‘zim egallagan mutaxassislik (kompyuter dasturlash) bo‘yicha ishlash imkoniyatiga ega bo‘lish niyatidaman. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Xotinning sutini emish hukmi

    Emizikli xotinim bilan jinsiy aloqa qilayotganimda uning sutini ichib yubordim. Uning suti menga halolmi?
  • Musulmon kishining dinsiz ayolga uylanish hukmi

    Musulmon kishiga dinsiz kofira ayolga uylanish halolmi?
  • Ota-onaning ruxsatisiz uylanish

    Amakimning qizi bilan unashtiruv marosimimiz oʻtkazildi. Marosimda bizga nikoh oʻqildi, lekin to‘yimizni keyinroq o‘tkazishga kelishdik. Soʻng men Amerika Qo‘shma Shtatlariga kelib, ota-onamga aytmasdan boshqa bir muslima qizga uylandim. Turmush qurganimizga to‘rt oy bo‘lganda bu haqda ota-onamga aytdim. Lekin ular xafa bo‘lishdi va xotinimni taloq qilib, amakimning qiziga uylanishimni talab qilishdi. Birozdan keyin esa ular xotinimni taloq qilish-qilmasligimdan qat’i nazar, amakimning qiziga uylanishim shartligini aytishdi. Biroq, men ularning o‘rtasida adolat qila olmasligimni bilaman. Men amakimning qiziga hech teginmaganman, lekin ikkinchi xotinim bilan to‘rt oydan beri yashayapman. Qanday yo‘l tutay? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Eri vafot etgan ayolning ko‘chaga chiqishi

    Bir ayolning eri vafot etdi. U shifokor ko‘rigi yoki davlat ishlari kabi zaruratlar yuzasidan uydan chiqsa bo‘ladimi?
  • Unashtiruv buzilgan taqdirda, kuyov hadyalarini qaytarib oladimi?

    Men dindor va yaxshi xulqli deb hisoblagan bir yigitga unashtirilgan edim. Oilalar o‘rtasidagi muammolar sababli unashtiruv buzildi. Biz yashaydigan mamlakatning odatlaridan biri shuki, kuyov unashtirilgan qizini har ziyorat qilganida unga xarajat uchun 50-100 funt atrofida pul beradi. Unashtiruv davrida u menga bergan xarajat pullarini hisoblab, unga qaytarishimiz kerakmi yoki yo‘qmi?