O'qildi: 139
29.10.2026
/ 18 Jumadal-ula 1448
Fatvo mavzusi: Er-xotin huquqlari
Savol
Savol beruvchi ayol shunday deydi: «Otamning ruxsatisiz ma’ruza tinglash yoki ilm olish maqsadida masjidga yoxud bir musulmonning uyidagi ilm majlisiga borishimning hukmi nima? Chunki u kishi bundan xabar topsa, albatta meni bundan to’sadi. Ammo kiyim eskirgani kabi iymon ham eskiradi, men esa munkar ishlar to‘lib-toshgan muhitda yashayotganim sababli iymonimni yangilab turishga muhtojman. Shunday ekan, u yerga bildirmay, yashirincha borishim joizmi yoki qanday yo‘l tutishim kerak?»
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Ayol kishi turmushga chiqishidan oldin otasining qaramog‘ida bo‘ladi. Shunday ekan, uning uydan otasining iznisiz chiqishi joiz emas, xoh masjidga bo‘lsin, xoh boshqa joyga. Chunki Allohga ma’siyat bo‘lmagan ishda otaga itoat qilish vojibdir. Sizga «Qur’oni Karim» kanallarini tinglashni (yoxud ijtimoiy tarmoqlar, jumladan YouTube va boshqa sahifalar orqali keng tarqalgan rabboniy ulamolarning ilmiy ma’ruzalari va da’vatlarini tinglashni – tarj.) tavsiya qilamiz, chunki unda ko‘p ilm va to‘g‘ri yo‘llanmalar bor. Alloh sizni har bir yaxshilikka muvaffaq qilsin va dinda faqihlikni ato etsin.
Alloh bilguvchiroqdir.
Manba: Doimiy qo‘mita fatvolari, 12/101 (Mulohaza: Fatvoda Shayx Favzonning arab tilidagi «Nurun ala-ddarb» darslariga yoʻllanma berilgan, ammo oʻzbek segmenti uchun ushbu darsning tarjimasi yoʻqligi sababli ushbu qism olib tashlandi. Shuningdek, fatvo eski boʻlgani hamda radiodagi kanal bilan cheklanilgani sabab, umumiy, zamonaviy ilmiy majlislarga yoʻllanmalar qoʻshib qoʻyildi).
Bu javob foydali bo’ldimi?