Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Nafl namozlar » Makruh vaqtda tahiyyatul masjid namozini oʻqish
Fatvo: 306

O'qildi: 657

18.06.2025

/ 22 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Makruh vaqtda tahiyyatul masjid namozini oʻqish

Savol

Agar kishi namoz oʻqishdan qaytarilgan vaqtda masjidga kirsa, ikki rakaat tahiyyatul masjid namozini oʻqiydimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu masalada ulamolar oʻrtasida ixtilof bor, lekin toʻgʻrisi shuki, tahiyyatul masjid barcha vaqtlarda, hatto bomdod va asr namozidan keyin ham mashruʼdir. Chunki Paygʻambar sollallohu alayhi va sallamning umumiy buyuqlariga koʻra:

عَنْ أَبِي قَتَادَةَرضي الله عنهقَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِصلى الله عليه وسلم -: «إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمْ الْمَسْجِدَ فَلَا يَجْلِسْ حَتَّى يُصَلِّيَ رَكْعَتَيْنِ» مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ

Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Birortangiz masjidga kirsa, oʻtirmay turib ikki rakaat namoz oʻqisin», dedilar» (Muttafaqun alayh: Buxoriy, 444; Muslim, 714).

Chunki bu namoz – maʼlum sababga koʻra oʻqiladigan namozlardan biridir, xuddi Tavof namozi (Kaʼbani tavof qilgandan soʻng oʻqiladigan namoz) va Kusuf namozi (quyosh yoki oy tutilganda oʻqiladigan namoz) kabi. Bu kabi namozlar haqida sahih qavl shuki, bularni namoz oʻqish taqiqlangan vaqtlarda ham oʻqish joizdir. Chunki Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam tavof namozi haqida shunday deganlar:

عَنْ جُبَيْرِ بْنِ مُطْعِمٍ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «يَا بَنِي عَبْدِ مَنَافٍ، لَا تَمْنَعُوا أَحَدًا طَافَ بِهَذَا الْبَيْتِ، وَصَلَّى أَيَّ سَاعَةٍ شَاءَ مِنْ لَيْلٍ أَوْ نَهَارٍ»

Zubayr ibn Mutʼim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Ey Banu Abdumannof! Kecha-kunduzning istalgan paytida bu Baytni tavof qilib, namoz oʻqimoqchi boʻlgan kishini man qilmanglar», dedilar» (Imom Ahmad va Sunan sohiblari sahih sanad bilan rivoyat qilganlar).

Shuningdek, kusuf namozi haqida Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:

إِنَّ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ آيَتَانِ مِنْ آيَاتِ اللَّهِ، أَلَا وإنَّهُمَا لَا يَنْكَسِفَانِ لِمَوْتِ أَحَدٍ وَلَا لِحَيَاتِهِ

«Quyosh va oy — Allohning moʻjizalaridan ikki moʻjizadir. Ular hech kimning vafoti yoki tirikligi uchun tutilmaydi» (Musnad, 23629. Sahih hadis).

 

Alloh bilguvchiroq.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Avvobin namozi nima?

    Iltimos, avvobin namozi qanday ado etilishini va shariatda bunday ibodat borligini tasdiqlovchi dalillarni tushuntirib bersangiz. Men bu namoz haqidagi hadisni topolmayapman. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
  • Kunlik sunnat namozlari – Ravotib sunnatlar

    Doimiy, har kuni o‘qiladigan sunnat namozlarining rakaatlari soni va ularni o‘qish vaqtlari haqida ma’lumot bera olasizmi?