Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Namozni tark qiluvchi » Namoz oʻqimaydigan kishilarga nasihat
Fatvo: 266

O'qildi: 731

18.06.2025

/ 22 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Namoz oʻqimaydigan kishilarga nasihat

Savol

Mening bir doʻstim bor. Uning aytishicha, namozni yaxshi koʻradi, lekin doimiy ravishda namoz oʻqimaydi. Baʼzida uzoq vaqt namoz oʻqimaydi, nasihatimga ham quloq solmaydi. Bu holda men nima qilishim kerak?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Agar doʻstingiz sogʻlom va aqli raso boʻlsa, siz u haqida aytgan maʼlumotlar uning namozni behurmat qilayotgani va yengil sanashidandir. Agar u sodiq boʻlganida, namoz oʻqigan boʻlardi. Uning namozni yaxshi koʻrishi haqidagi daʼvosi yolgʻon, agar rost boʻlganida, namozini qoim qilardi. Alloh taoloning ushbu oyatidagi tahdid bu dangasa va beparvo kishiga tegishlidir:

﴿ فَخَلَفَ مِنۢ بَعۡدِهِمۡ خَلۡفٌ أَضَاعُواْ ٱلصَّلَوٰةَ وَٱتَّبَعُواْ ٱلشَّهَوَٰتِۖ فَسَوۡفَ يَلۡقَوۡنَ غَيًّا

«Soʻng ularning ortidan namozni zoye qiladigan va shahvatlarga beriladigan kimsalar oʻrinbosar boʻldilar. Endi u (oʻrinbosarlar) albatta yomonlikka (yaʼni, yomon jazoga) yoʻliqurlar» (Maryam: 59)

Shuningdek u namozni butunlay tark etgani uchun kofir boʻladi. Chunki Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:

عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ بُرَيْدَةَ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: »العَهْدُ الَّذِي بَيْنَنَا وَبَيْنَهُمُ الصَّلَاةُ، فَمَنْ تَرَكَهَا فَقَدْ كَفَرَ

Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallama: «Bizning va ularning orasidagi ahd — namozdir. Kim uni tark etsa, shubhasiz kofir boʻlibdi» (Termiziy, 2621. Sahih hadis).

Yana Paygʻambar sollallohu alayhi va sallam shunday deganlar:

عَنْ جَابِر، يَقُولُ: سَمِعْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: »إِنَّ بَيْنَ الرَّجُلِ وَبَيْنَ الشِّرْكِ وَالْكُفْرِ تَرْكَ الصَّلَاةِ»

Jobir roziyallohu anhu aytadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallamning «Namozni tark qilish kishi bilan shirku kufr oʻrtasidadir», deganlarini eshitganman» (Sahihi Muslim, 82).

Benamozning soʻygan goʻshtini yeyish halol emas, uning musulmon ayolga uylanishi, musulmon qarindoshidan meros olishi, Makka haramiga kirishi joiz emas. Agar vafot etsa, yuvilmaydi, kafanlanmaydi, janoza namozi oʻqilmaydi, meros qoldirmaydi va uning moli musulmonlarning fayʼ (urush va sariyalarda olingan oʻlja)ga aylanadi.

Siz unga nasihat qilishda va gunohining xatari hamda Alloh taoloning azobi haqida eslatishda davom eting. Agar unga hujjat keltirilgandan keyin ham yuz oʻgirsa, uni tark etishingizda sizga hech qanday gunoh yoʻq. Balki, dinga daʼvat uchun ajratilgan vaqtingizni boshqa biror qabul qiladigan kishiga bagʻishlaganingiz maʼquldir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Roʻza tutib namoz oʻqimaydigan kishilarga eslatma

    Agar inson Ramazon ro‘zasini tutishga va faqat Ramazonda namoz o‘qishga haris bo‘lsa-yu, lekin Ramazon tugashi bilanoq namozni tark etsa, uning ro‘zasi qabul bo‘ladimi?
  • Namoz oʻqimaydigan kishining hukmi

    Sahih hadislarda namozni tark etgan odam kofir bo‘lishi aniq aytilgan. Hadisning zohiriy ma’nosini oladigan bo‘lsak, namozni ataylab tark etganlarni merosdan mahrum qilish, ularga alohida qabriston ajratish, janoza namozlarini o‘qimaslik va ularga salom bermaslik kerak, chunki kofirga tinchlik-omonlik yo‘q. Shuni unutmasligimiz kerakki, agar namoz o‘qiydiganlarni mo‘min va kofir erkaklar qatoriga qo‘shadigan bo‘lsak, bu 6 foizdan oshmasligi mumkin, ayollarning foizi esa undan ham past. Yuqoridagilarga shariatning munosabati qanday va namozni tark etgan kishiga salom berish yoki salomiga alik olishning hukmi qanday?