O'qildi: 57
09.02.2026
/ 21 Shaban 1447
Fatvo mavzusi: Nafl namozlar
Savol
Iltimos, avvobin namozi qanday ado etilishini va shariatda bunday ibodat borligini tasdiqlovchi dalillarni tushuntirib bersangiz. Men bu namoz haqidagi hadisni topolmayapman. Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Javobning qisqacha mazmuni:
Avvobin namozi aslida Zuho (choshgoh) namozi bo‘lib, quyosh ko‘tarilgandan to peshin vaqtigacha ikki, to‘rt, olti yoki sakkiz rakaat qilib o‘qiladi. Uni kun qizigungacha kechiktirish afzal hisoblanadi.
Bu namoz haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan hadis sobit boʻlgan: «Avvoblarning namozi bo‘taloqlar (tuyog‘i) qizigandadir», ya’ni yer yuzi qattiq qizigan paytda.
Batafsil javob:
Avvobin namozi aslida Zuho (choshgoh) namozi bo‘lib, quyosh ko‘tarilgandan to peshin vaqtigacha ikki, to‘rt, olti yoki sakkiz rakaat qilib o‘qiladi. Uni kun qizigungacha kechiktirish afzal hisoblanadi. Bunga quyidagi hadislar dalolat qiladi:
Zayd ibn Arqam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qubo ahlining oldiga chiqdilar. Ular namoz o‘qishayotgan edi. Shunda u zot: «Avvoblarning namozi bo‘taloqlar (tuyog‘i) qizigandadir», dedilar» (Sahihi Muslim, 748).
Imom Ahmadning rivoyatida:
Zayd ibn Arqam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Allohning Nabiysi sollallohu alayhi vasallam Qubo masjidiga keldilar [yoki quyosh chiqqandan keyin Qubo masjidiga kirdilar]. U yerdagilarning namoz o‘qiyotganlarini ko‘rib: «Albatta, avvoblar namozini bo‘taloqlarning tuyoqlari qizigan paytda o‘qir edilar», dedilar» (Musnadi Ahmad, 19347; Hadis hukmi: «Muslimning shartiga koʻra sahihdir». Manba: «Shuayb Arnaut taxriji», 19347).
Muslimning boshqa rivoyatida:
Qosim Shayboniydan rivoyat qilinadi: «Zayd ibn Arqam bir qavmning choshgoh namozi o‘qiyotganini ko‘rib, shunday dedi: «Ular bu namozni bundan boshqa paytda (o‘qish) afzalligini bilishmaydimi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Avvoblar namozi bo‘taloqlarning oyog‘i kuygan paytdadir», deganlar» (Sahihi Muslim, 748).
Imom Navaviy rahimahulloh aytadi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning:
«Avvoblar namozi bo‘taloqlarning oyog‘i kuygan paytdadir», degan so‘zlarida «ta» va «mim» harflari fatha bilan o‘qiladi. Ramzo – quyoshda qattiq qizigan qum demakdir. Ya’ni boʻtaloqlarning tuyoqlari qumning qattiq issig‘idan kuyganda yerning issiqligidan tuyoqlarini ko‘tarib-tushirib turadi. Avvob –itoatkor degani bo‘lib, ba’zilar uni ibodatga qaytuvchi deb talqin qilishadi. Hadisda: ushbu vaqtdagi namozning fazilati bayon qilingan. Bu choshgoh namozining eng afzal vaqtidir, garchi uni quyosh chiqishidan to peshingacha o‘qish joiz bo‘lsa ham» («Sahihi Muslim sharhi»).
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi javoblarni koʻrib chiqishni tavsiya qilamiz: 302657, 131683, 72828, 142425, 402834, 425193.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?