Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Maʼnaviy koʻrsatmalar » Duo — Iltijolar » G‘am-g‘ussani ketkazish uchun duolar
Fatvo: 2554

O'qildi: 105

18.01.2026

/ 29 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

G‘am-g‘ussani ketkazish uchun duolar

Savol

G‘am-qayg‘uni ketkazish uchun biron duo bormi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Quyida g‘am-g‘ussani ketkazish uchun qilinadigan duolarni zikr qilamiz:

«لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ الْعَظِيمُ الْحَلِيمُ، لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ، لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَرَبُّ الْأَرْضِ وَرَبُّ الْعَرْشِ الْكَرِيمِ»

«Buyuk, Halim Allohdan o‘zga haq iloh yo‘q. Buyuk Arshning Robbi Allohdan o‘zga haq iloh yo‘q. Osmonlarning Robbi, yerning Robbi va sharafli Arshning Robbi Allohdan o‘zga haq iloh yo‘q»

«يَا حَيُّ يَا قَيُّومُ بِرَحْمَتِكَ أَسْتَغِيثُ»

«Yaa Hayyu, Yaa Qayyuvm, birohmatika astagʻiysu». Ma’nosi: «Yo Hay (mangu tirik Zot), yo Qayyum (abadiy turguvchi Zot), rahmating ila yordam so‘rayman» (Termiziy, 3524; Hadis hukmi «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 4777).

«اللهُ اللهُ رَبِّي لَا أُشْرِكُ بِهِ شَيْئًا»

«Allohu, Allohu Robbiy, laa ushriku bihi shay’a». Ma’nosi: «Alloh, Alloh mening Rabbim, Unga hech narsani sherik qilmayman» («Sahihi Ibn Hibbon», 864).

«اللهُمَّ إِنِّي عَبْدُكَ، ابْنُ عَبْدِكَ، ابْنُ أَمَتِكَ، نَاصِيَتِي بِيَدِكَ، مَاضٍ فِيَّ حُكْمُكَ، عَدْلٌ فِيَّ قَضَاؤُكَ، أَسْأَلُكَ بِكُلِّ اسْمٍ هُوَ لَكَ سَمَّيْتَ بِهِ نَفْسَكَ، أَوْ عَلَّمْتَهُ أَحَدًا مِنْ خَلْقِكَ، أَوْ أَنْزَلْتَهُ فِي كِتَابِكَ، أَوِ اسْتَأْثَرْتَ بِهِ فِي عِلْمِ الْغَيْبِ عِنْدَكَ، أَنْ تَجْعَلَ الْقُرْآنَ رَبِيعَ قَلْبِي، وَنُورَ صَدْرِي، وَجِلَاءَ حُزْنِي، وَذَهَابَ هَمِّي»

«Allohumma inniy abduk, ibnu abdik, ibnu amatik, naasiyatiy biyadik, maazin fiyya hukmuk, ’adlun fiyya qozoouk. As’aluka bikulli ismin huva laka sammayta bihi nafsaka, av ’allamtahu ahadan min xolqika, av anzaltahu fiy kitaabika, avista’sarta bihi fiy ’ilmil g’oybi ’indaka, an taj’alal Qur’aana robiy’a qolbiy va nuvro sodriy va jilaa’a huzniy va zahaaba hammiy». Ma’nosi: «Allohim, men sening qulingdirman. Qulingni bolasiman. Cho‘ringni bolasiman. Peshonam sening qo‘lingdadir. Hukming mening ustimda joriydir. Mening ustimda qilgan qazoyi-qadaring adolatdir. Sen o‘zingni nomlagan yoki yaratgan maxluqlaringdan birontasiga bildirgan yoki kitobingda nozil qilgan yoki sening huzuringda berkitib qo‘ygan har bir ismlaring bilan sendan so‘raymanki: Qur’onni qalbimning bahori, ko‘nglimning nuri, xafaligimni ketkazuvchi va g‘amimni aritguvchi qilgin» (Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Taxrij al-avosim val qavosim, 6/272).

Buxoriy va Muslimning sahih toʻplamlarida:

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ أَنَّ رَسُولَ اللهِ «كَانَ يَقُولُ عِنْدَ الْكَرْبِ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ الْعَظِيمُ الْحَلِيمُ، لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ رَبُّ الْعَرْشِ الْعَظِيمِ، لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ رَبُّ السَّمَاوَاتِ وَرَبُّ الْأَرْضِ وَرَبُّ الْعَرْشِ الْكَرِيمِ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘am-tashvish paytida «Laa ilaaha illallohul-’aziimul-haliim. Laa ilaaha illallohu Robbul-’arshil-’aziim. Laa ilaaha illallohu Robbus-samaavaati va Robbul-ardi va Robbul-’arshil-kariim» (Buyuk, Halim Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Buyuk Arshning Robbi Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Osmonlarning Robbi, yerning Robbi va sharafli Arshning Robbi Allohdan o‘zga iloh yo‘q), deb duo qilar edilar» (Sahihi Buxoriy, 6152; Sahihi Muslim, 2730).

عَنْأَنَسِ بْنِ مَالِكٍ قَالَ: «كَانَ النَّبِيُّصَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَإِذَا كَرَبَهُ أَمْرٌ قَالَ: يَا حَيُّ يَا قَيُّومُ بِرَحْمَتِكَ أَسْتَغِيثُ».

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi, u kishi aytdilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamni biror ish tashvishga solsa, u zot: «Yaa Hayyu, Yaa Qayyuvm, birohmatika astagʻiysu» (Yo Hay (mangu tirik Zot), yo Qayyum (abadiy turguvchi Zot), rahmating ila yordam so‘rayman), der edilar» (Termiziy, 3524; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihul Jome’», 4777).

عَنْ أَسْمَاءَ بِنْتِ عُمَيْسٍ، قَالَتْ: قَالَ لِي رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَلَا أُعَلِّمُكِ كَلِمَاتٍ تَقُولِينَهُنَّ عِنْدَ الْكَرْبِأَوْ فِي الْكَرْبِ؟ أَللَّهُ أَللَّهُ رَبِّي لَا أُشْرِكُ بِهِ شَيْئًا».

Asmo bint Umays roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Senga musibat vaqtida [yoki musibatda] aytishing uchun kalimalar o‘rgatib qo‘yaymi? Allohu, Allohu Robbiy, laa ushriku bihi shay’a» (Alloh, Alloh mening Robbim, Unga hech narsani sherik qilmayman) dedilar» (Abu Dovud, 1525; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 1525).

عَنْ عَبْدِ اللهِ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَا أَصَابَ أَحَدًا قَطُّ هَمٌّ وَلَا حَزَنٌ، فَقَالَ: اللهُمَّ إِنِّي عَبْدُكَ، ابْنُ عَبْدِكَ، ابْنُ أَمَتِكَ، نَاصِيَتِي بِيَدِكَ، مَاضٍ فِيَّ حُكْمُكَ، عَدْلٌ فِيَّ قَضَاؤُكَ، أَسْأَلُكَ بِكُلِّ اسْمٍ هُوَ لَكَ سَمَّيْتَ بِهِ نَفْسَكَ، أَوْ عَلَّمْتَهُ أَحَدًا مِنْ خَلْقِكَ، أَوْ أَنْزَلْتَهُ فِي كِتَابِكَ، أَوِ اسْتَأْثَرْتَ بِهِ فِي عِلْمِ الْغَيْبِ عِنْدَكَ، أَنْ تَجْعَلَ الْقُرْآنَ رَبِيعَ قَلْبِي، وَنُورَ صَدْرِي، وَجِلَاءَ حُزْنِي، وَذَهَابَ هَمِّي، إِلَّا أَذْهَبَ اللهُ هَمَّهُ وَحُزْنَهُ، وَأَبْدَلَهُ مَكَانَهُ فَرَحًا».

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qaysi bir bandaga g‘am-g‘ussa yetsa-yu, u: «Allohumma inniy abduk, ibnu abdik, ibnu amatik, naasiyatiy biyadik, maazin fiyya hukmuk, ’adlun fiyya qozoouk. As’aluka bikulli ismin huva laka sammayta bihi nafsaka, av ’allamtahu ahadan min xolqika, av anzaltahu fiy kitaabika, avista’sarta bihi fiy ’ilmil g’oybi ’indaka, an taj’alal Qur’aana robiy’a qolbiy va nuvro sodriy va jilaa’a huzniy va zahaaba hammiy». (Ma’nosi: «Allohim, men sening qulingdirman. Qulingni bolasiman. Cho‘ringni bolasiman. Peshonam sening qo‘lingdadir. Hukming mening ustimda joriydir. Mening ustimda qilgan qazoyi-qadaring adolatdir. Sen o‘zingni nomlagan yoki yaratgan maxluqlaringdan birontasiga bildirgan yoki kitobingda nozil qilgan yoki sening huzuringda berkitib qo‘ygan har bir ismlaring bilan sendan so‘raymanki: Qur’onni qalbimning bahori, ko‘nglimning nuri, xafaligimni ketkazuvchi va g‘amimni aritguvchi qilgin» desa, Alloh u bandaning g‘amini va mahzunligini ketkazib, o‘rnini yengillikka, shodlikka almashtirib qo‘yadi»), dedilar» (Musnadi Ahmad, 3712; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Taxrij al-avosim val qavosim, 6/272).

 

Qur’on Karimda va sahih sunnatda kelgan boshqa duolarni o‘rganish uchun sahifamizdagi «Kitoblar» bo‘limiga tashrif buyurishingiz va u yerdan «100 duo» kitobini yuklab olib, undan foydalanishingiz mumkin (Bogʻich: https://fatvolar.com/kitob/quroni-karimdan-va-sahih-sunnatdan-100-duo/).

Qoʻshimcha foyda olish uchun: 149276, 383804, 98821, 270481, 218048, 109609-javoblarga murojaat qilib, mutolaani davom ettirishni tavsiya qilamiz.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Namozdan keyingi va uyqudan oldingi zikrlar

    Savolim farz namozlaridan keyingi zikrlar haqida. Men «Allohu akbar», «Alhamdulillah» va «Subhanalloh» zikrlarining har birini 33 martadan aytish haqidagi hadisni o‘qidim. Biroq, menga har bir farz namozidan so‘ng har bir zikrni 10 martadan, jami 30 marta o‘qilishi aytildi. Bu ikki so‘zning qaysi biri to‘g‘riroq? Shuningdek, inson uyqudan oldin bu zikrni aytishi, lekin «Allohu akbar»ni 34 martaga yetkazib, jami yuzta bo‘lishi kerakligi aytildi. Bu amal uchun qanday savob beriladi?So‘nggi savolim, zikrni o‘ng qo‘l barmoqlari bilan sanashning to‘g‘ri usuli qanday? U bosh barmoqdan boshlanib, yuqoridan pastga va chapdan o‘ngga qarab boradimi? Qaysi bo‘g‘inlar sanaladi? Katta rahmat, Alloh sizga yaxshilik ato etsin.
  • Istixora namozi haqida

    Istixora namozi qanday o‘qiladi va unda qanday duo aytiladi?
  • Boshqalardan duo so‘rashning hukmi

    Musulmon kishi yaxshilik alomatlarini ko‘rgan musulmon birodaridan duo so‘rashining hukmi qanday? Ayniqsa, u hajga yoki boshqa safarga ketayotgan bo‘lsa va undan g‘oyibona duo qilishini so‘rasa. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Uvaysni maqtagan va sahobalarni (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) undan duo so‘rashga undagan. Uvays al-Qaraniy haqidagi hadisni Imom Muslim oʻz sahihlarida, 2542-hadisda keltirgan. Shayxul Islom Ibn Taymiyya bunga qarshi chiqqanmi va bu hadisni faqat Uvaysga xos deb aytganmi? Bizni foydalantiring, Alloh sizlarga tavfiq bersin.
  • «Ey Rasululloh» deb nido qilish joizmi?

    «Yo Rasululloh» deyishimiz joizmi?
  • Duoda birovning haqqi-hurmatini vasila qilish hukmi

    Kishi duosida «Allohim, Sendan falonchining hurmati bilan yoki falonchining haqqi bilan so‘rayman» deyishining hukmi qanday? Bu bilan qabrdagi odamga «Ey falonchi, menga yordam ber» deyish o‘rtasida farq bormi?
  • Tahorat duolari

    Tahorat olish asnosida aytiladigan, shariatda sobit bo‘lgan duo bormi yoki yo‘qmi?