Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Namoz ahkomlari » Namozda rukudan qaytganda qo‘l bogʻlanadimi?
Fatvo: 2427

O'qildi: 1,184

26.12.2025

/ 6 Rajab 1447

Fatvo mavzusi:

Namozda rukudan qaytganda qo‘l bogʻlanadimi?

Savol

Rukudan turgandan keyin qo‘llarni bog’lash yoki bogʻlamaslik masalasida batafsil javob bersangiz. Bu masalada ikki xil fikr eshitdim, ularning qaysi biri to‘g‘riroq?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu masala ulamolar ixtilof qilgan masalalardan:

Ba’zi ulamolar rukudan turganda qoʻllarni bog’lab, o‘ng qo‘lini chap bilak ustiga qo‘yish sunnat – mustahab deb hisoblaganlar. Bunga Sahl ibn Sa’d as-So‘idiy roziyallohu anhuning «Odamlar namozda o‘ng qo‘llarini chap bilakka qo‘yishga buyurilardi» degan hadisining umumiy ma’nosini dalil qilganlar. Ular: «Namozda» degan so‘zning umumiy ma’nosi rukudan oldingi va keyingi qiyomni o‘z ichiga oladi, shuning uchun namozxon har ikkala qiyomda ham o‘ng qo‘lini chap qo‘li ustiga qo‘yishi kerak, deyishgan.

Ular aytishadi: Namozda qo‘llar rukuda tizzalarga, sajdada yerga, tashahhudda sonlarga va qiyomda ko‘krakka qo‘yiladi. Bu rukudan oldin ham, keyin ham qiyomdagi o‘rni. Alloh oldida tavoze va odob bilan turish har ikkala qiyomda bo‘lishi kerak va bu behuda harakatlardan saqlanish uchun yaxshiroq.

Ba’zi ulamolar esa rukudan qaytgandagi tik turishda o‘ng qo‘lni chap qo‘l ustiga qo‘yish, ya’ni qoʻllarni bog’lash shariatda joriy emas deb hisoblaganlar. Ular bu masalada maxsus dalil kelmagani va qiyomning umumiy ma’nosi buni o‘z ichiga olmasligini dalil qilganlar, chunki rukudan qaytgandaki tik turish qiyom emas, «e’tidol», deyiladi. Shuning uchun namozxon qo‘llarini yonga tushirib turishi kerak, deyishgan.

Ba’zi ulamolar, jumladan, Imom Ahmad rahimahulloh, namozxon qo‘llarini bog‘lash yoki yonga tushirib turish o‘rtasida ixtiyorli, chunki bu haqda sunnatda aniq ko‘rsatma kelmagan, deb aytganlar.

Inshaalloh, birinchi qavl kuchliroq. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, namoz har ikkala holda ham sahih bo‘ladi. Bu masaladagi ixtilof tortishish va shariatda man qilingan kelishmovchiliklarga olib bormasligi kerak. Shuningdek, bu amallardan birini qilganni bid’atchi yoki tark qilganni sunnatni tark qilgan deyish to‘g‘ri emas, chunki bunday hukm faqat sahih va aniq dalillar bo‘lgan masalalardagina bo‘lishi mumkin.

Bu masalada quyidagi kitoblarga qarang:

Ibn Muflihning «Al-Furu» (1/433)

Mardoviyning «Al-Insof» (2/63)

«Sharhul Muntahal Irodat» (1/185)

Ibn Usaymiyning «Ash-Sharhul Mumti» (3/146)

Muhaddis Shayx Badiuddin as-Sindiy bu masalada maxsus risola yozib, unda rukudan keyin o‘ng qo‘lni chap qo‘l ustiga qo‘yish sunnat ekanini qo‘llab-quvvatlagan va uni «Rukudan keyin o‘ng qo‘lni chap qo‘l ustiga qo‘yish bilan xushuning ziyoda bo‘lishi» deb nomlagan.

Alloma Shayx Abdulaziz ibn Abdulloh ibn Boz ham bu mavzuda risola yozib, unda rukudan keyin qo‘llarni ko‘krakka qo‘yish fikrini quvvatlagan.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Namozdagi qunut

    Sizdan namozdagi qunut (ruku’dan keyin qo‘l ko‘tarib duo qilish) haqida so‘ramoqchiman. Bu amal Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridanmi yoki bu ish ularning holati sababli istisno tariqasida bo‘lganmi? Iltimos, menga javob bering, chunki masjidimiz imomi, Rasulullohdan qaysi namoz afzal, deb so‘ralganda, u zot alayhissalotu vassalom: «Qunuti uzunroq bo‘lgan namoz», deb javob berganlar», deb aytdi.
  • Vitr duosi vojibmi va uni yod bilmasa nima deydi?

    Vitrdagi qunut duosi kabi duolarni yod olishga qiynalaman. Shuning uchun bu duoning oʻrniga biror sura oʻqirdim. Bu duoni oʻqishning farz ekanini bilgach, yod olishga harakat qildim va namoz paytida yonimdagi stol ustidan kitobni olib, qiblaga yuzlangan holda oʻqiydigan boʻldim. Shunday qilishim joizmi?
  • Joynamoz yig‘ishtirilmasa jinlar namoz oʻqib qoʻyadimi?

    Bizda namoz o‘qib bo‘lgach, joynamozni yig‘ishtirib qo‘yish odat tusiga kirgan. Aytishlaricha, agar joynamoz yig‘ishtirib olinmasa, jinlar kelib, uning ustida namoz o‘qir yoki uyga jinlar kirib olar emish! Bu gap menga juda g‘alati tuyuldi, axir ular chindan ham bunda ibodat qilishsa, bu katta baxt-ku, shunday emasmi? Shar’iy manbalarda bu gapning biror asosi bormi yoki bu bid’at tushunchami?
  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • A’uzu va basmala iftitoh duosining bir qismimi?

    Namozdagi a’uzu va basmala (A’uzu billahi minash shaytonir rojiym, so‘ngra «bismillah» deyish) iftitoh duosi boshlanishining bir qismimi? Agar bir kishi imom ortida namoz o‘qisa, u a’uzu va basmalani past ovozda aytishi kerakmi? Namozxon bularni har rakaatda aytishi kerakmi?
  • Bosh kiyimsiz namoz oʻqish

    Namoz paytida shapka yoki bosh kiyim kiyish sunnatdanmi?