Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Odob-axloq va maʼnaviyat » Maʼnaviy koʻrsatmalar » Duo — Iltijolar » Namozdan keyingi va uyqudan oldingi zikrlar
Fatvo: 2355

O'qildi: 195

20.12.2025

/ 29 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Namozdan keyingi va uyqudan oldingi zikrlar

Savol

Savolim farz namozlaridan keyingi zikrlar haqida. Men «Allohu akbar», «Alhamdulillah» va «Subhanalloh» zikrlarining har birini 33 martadan aytish haqidagi hadisni o‘qidim. Biroq, menga har bir farz namozidan so‘ng har bir zikrni 10 martadan, jami 30 marta o‘qilishi aytildi. Bu ikki so‘zning qaysi biri to‘g‘riroq? Shuningdek, inson uyqudan oldin bu zikrni aytishi, lekin «Allohu akbar»ni 34 martaga yetkazib, jami yuzta bo‘lishi kerakligi aytildi. Bu amal uchun qanday savob beriladi?

So‘nggi savolim, zikrni o‘ng qo‘l barmoqlari bilan sanashning to‘g‘ri usuli qanday? U bosh barmoqdan boshlanib, yuqoridan pastga va chapdan o‘ngga qarab boradimi? Qaysi bo‘g‘inlar sanaladi? Katta rahmat, Alloh sizga yaxshilik ato etsin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Savolda zikr qilingan namozdan keyingi zikr Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda keltirilgan.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ عَنْ رَسُولِ اللهِ «مَنْ سَبَّحَ اللهَ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلَاةٍ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَحَمِدَ اللهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَكَبَّرَ اللهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ فَتِلْكَ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ. وَقَالَ تَمَامَ الْمِائَةِ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، غُفِرَتْ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim har bir namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga takbir aytsa, bu to‘qson to‘qqizta bo‘lib, yuzinchisida «Laa ilaaha illallohu vahdahu laa shariika lah, lahul mulku va lahul hamd, va huva ’alaa kulli shay’in qodiir» desa, gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi» (Sahihi Muslim, 597).

Namozdan keyingi zikrning turli shakllari, jumladan savolda aytilgan ko‘rinishdagilari ham rivoyat qilingan. Bunga Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis dalil bo‘ladi.

عَنْعَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «خَلَّتَانِ لَا يُحْصِيهِمَا رَجُلٌ مُسْلِمٌ إِلَّا دَخَلَ الْجَنَّةَ»، أَلَا وَهُمَا يَسِيرٌ، وَمَنْ يَعْمَلُ بِهِمَا قَلِيلٌ: يُسَبِّحُ اللهَ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلَاةٍ عَشْرًا، وَيَحْمَدُهُ عَشْرًا، وَيُكَبِّرُهُ عَشْرًا. قَالَ: فَأَنَا رَأَيْتُ رَسُولَ اللهِصَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَيَعْقِدُهَا بِيَدِهِ قَالَ: فَتِلْكَ خَمْسُونَ وَمِائَةٌ بِاللِّسَانِ، وَأَلْفٌ وَخَمْسُ مِائَةٍ فِي الْمِيزَانِ، وَإِذَا أَخَذْتَ مَضْجَعَكَ تُسَبِّحُهُ وَتُكَبِّرُهُ وَتَحْمَدُهُ مِائَةً، فَتِلْكَ مِائَةٌ بِاللِّسَانِ وَأَلْفٌ فِي الْمِيزَانِ، فَأَيُّكُمْ يَعْمَلُ فِي الْيَوْمِ وَاللَّيْلَةِ أَلْفَيْ وَخَمْسَ مِائَةِ سَيِّئَةٍ؟ قَالُوا: فَكَيْفَ لَا نُحْصِيهَا؟ قَالَ: يَأْتِي أَحَدَكُمُ الشَّيْطَانُ وَهُوَ فِي صَلَاتِهِ، فَيَقُولُ: اذْكُرْ كَذَا اذْكُرْ كَذَا حَتَّى يَنْفَتِلَ، فَلَعَلَّهُ أَنْ لَا يَفْعَلَ، وَيَأْتِيهِ وَهُوَ فِي مَضْجَعِهِ فَلَا يَزَالُ يُنَوِّمُهُ حَتَّى يَنَامَ.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Ikki xislat bor. Qaysi bir musulmon banda uni doim bajarib yursa, jannatga kiradi, – dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam! – «Ular yengil, ammo amal qiladiganlar oz. Har bir namozdan keyin o‘n marta tasbeh aytadi, o‘n marta Allohga hamd aytadi va o‘n marta takbir aytadi» (ya’ni, «subhanalloh, alhamdulillah, Allohu akbar», deb 10 martadan aytadi – tarj.). Abdulloh ibn Amr deydi: «Men, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ularni qo‘llari bilan sanab, shunday deyayotganlarini ko‘rdim: «O‘sha hammasi tilda bir yuz ellikta. Tarozuda bir ming besh yuzta. Qachon-ki yotog‘ingga yotganingda U Zotga yuz marta tasbeh, takbir va hamd aytasan, bular tilda yuzta, tarozuda esa mingtadir . Qaysi biringiz bir kecha-kunduzda ikki ming besh yuz gunoh qilasiz?!», dedilar. Sahobalar: «Ey Rasululloh, nima uchun uni doim bajarib yura olmaymiz?», deb so‘radilar. U zot: «Shayton sizlardan biringizning oldiga namozida kelib: «Uni esla, buni esla», deb aytadi, hatto u namozini tugatadi va buni qilmaydi. Va u yotog‘ida yotganida (shayton) uning oldiga keladi va uxlab qolgunicha uni uxlatishda davom etadi», dedilar» (Termiziy, 3410; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Termiziy», 3410).

Savolda ham aytilgan, uyqudan oldin aytiladigan zikrlar Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuning hadisida keladi.

عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ «أَنَّ فَاطِمَةَ أَتَتِ النَّبِيَّ تَسْأَلُهُ خَادِمًا، فَقَالَ: أَلَا أُخْبِرُكِ مَا هُوَ خَيْرٌ لَكِ مِنْهُ؟ تُسَبِّحِينَ اللهَ عِنْدَ مَنَامِكِ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَتَحْمَدِينَ اللهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَتُكَبِّرِينَ اللهَ أَرْبَعًا وَثَلَاثِينَ، ثُمَّ قَالَ سُفْيَانُ: إِحْدَاهُنَّ أَرْبَعٌ وَثَلَاثُونَ، فَمَا تَرَكْتُهَا بَعْدُ قِيلَ وَلَا لَيْلَةَ صِفِّينَ قَالَ: وَلَا لَيْلَةَ صِفِّينَ».

Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Fotima – alayhassalom – Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga xizmatkor so‘rab keldi. Shunda u zot: «Senga undan ko‘ra yaxshirog‘ining xabarini beraymi? Uxlash oldidan Allohga o‘ttiz uch marta tasbeh (subhanalloh) aytasan, Allohga o‘ttiz uch marta tahmid (alhamdulillah) aytasan, Allohga o‘ttiz to‘rt marta takbir (Allohu akbar) aytasan», dedilar». So‘ngra (roviylardan biri) Sufyon: «Ulardan bittasi o‘ttiz to‘rtta. Shundan keyin ularni (bu zikrlarni) tark qilmaganman», dedi. «Siffin kechasida hammi?» deyishgan edi, «Siffin kechasida ham», dedi» (Sahihi Buxoriy, 5362).

 

ZIKRLARNI HISOBLASH USULI

Zikrlarni hisoblash usuliga kelsak, sunnat bo‘yicha bu o‘ng qo‘l barmoqlari bilan qilinadi – chap qo‘l bilan ham joizdir – o‘ng qo‘lning afzalligi dalili Abu Dovud rahimahulloh o‘z «Sunan»ida rivoyat qilgan hadisda keladi.

عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَمْرٍو، قَالَ: «رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَعْقِدُ التَّسْبِيحَ»، قَالَ ابْنُ قُدَامَةَ: بِيَمِينِهِ

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tasbeh sanayotganlarini ko‘rganman». (Roviy) Ibn Qudoma: «o‘ng qo‘llari bilan», deb aytgan. (Abu Dovud, 1502; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 1502).

Tahtoviy hoshiyasida aytiladi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tasbehlarni o‘ng qo‘llari bilan hisoblaganlari sahihdir va u zot: «Ularni barmoqlaringiz bilan hisoblanglar, chunki ular mas’ul va so‘roqqa tutiluvchidir», deganlari rivoyat qilingan… Ibn Hajar aytadi: «Zikrlarni barmoqlar bilan hisoblash tasbeh bilan hisoblashdan afzaldir».

Arab tilida «anómil», deb barmoq uchlariga aytiladi. Sunnatga ko‘ra zikrlarni sanash uchun kaft bilan barmoqlar tugun qilinadi. Qaysi barmoqdan boshlash kerakligiga kelsak, bu haqda aniq ma’lumotga ega emasman.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • G‘am-g‘ussani ketkazish uchun duolar

    G‘am-qayg‘uni ketkazish uchun biron duo bormi?
  • Istixora namozi haqida

    Istixora namozi qanday o‘qiladi va unda qanday duo aytiladi?
  • Boshqalardan duo so‘rashning hukmi

    Musulmon kishi yaxshilik alomatlarini ko‘rgan musulmon birodaridan duo so‘rashining hukmi qanday? Ayniqsa, u hajga yoki boshqa safarga ketayotgan bo‘lsa va undan g‘oyibona duo qilishini so‘rasa. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Uvaysni maqtagan va sahobalarni (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) undan duo so‘rashga undagan. Uvays al-Qaraniy haqidagi hadisni Imom Muslim oʻz sahihlarida, 2542-hadisda keltirgan. Shayxul Islom Ibn Taymiyya bunga qarshi chiqqanmi va bu hadisni faqat Uvaysga xos deb aytganmi? Bizni foydalantiring, Alloh sizlarga tavfiq bersin.
  • «Ey Rasululloh» deb nido qilish joizmi?

    «Yo Rasululloh» deyishimiz joizmi?
  • Duoda birovning haqqi-hurmatini vasila qilish hukmi

    Kishi duosida «Allohim, Sendan falonchining hurmati bilan yoki falonchining haqqi bilan so‘rayman» deyishining hukmi qanday? Bu bilan qabrdagi odamga «Ey falonchi, menga yordam ber» deyish o‘rtasida farq bormi?
  • Tahorat duolari

    Tahorat olish asnosida aytiladigan, shariatda sobit bo‘lgan duo bormi yoki yo‘qmi?