O'qildi: 29
11.12.2025
/ 20 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Namoz ahkomlari
Savol
Britaniyaning Nyukasl viloyatida xufton va bomdod namozlarining kirish vaqti bilan bogʻliq muammo kuzatiladi. Bu yerda musulmonlar bomdod va xufton namozi vaqti, shuningdek Ramazonda saharlik vaqti boshlanishini aniqlashda katta qiyinchilikka duch kelmoqdalar. Chunki, quyosh chiqishidan oldin atrof yorishib ketadi va quyosh botganidan keyin ham, ba’zan tun bo‘yi bu hol davom etadi. Bu yerdagi falakshunoslar (astronomlar) yorug‘lik paydo bo‘lishidan quyosh chiqishigacha bo‘lgan vaqtni hamda quyosh botishidan yorug‘lik yo‘qolishigacha bo‘lgan vaqtni uch qismga ajratishgan:
Birinchi qism: kishi bemalol ishlashi mumkin bo’lgan yorug‘lik;
Ikkinchi qism: yorug‘lik shu qadar past boʻlib, biron ish bajararishning imkoni yoʻq;
Uchinchi qism: to‘liq qorong‘ilik.
Savolim shuki, ushbu astronomik taqsimot asosida bomdod va xufton namozi hamda saharlik vaqtining boshlanishini qanday aniqlash mumkin?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Namoz vaqtlarini aniqlashda astronomik taqsimot e’tiborga olinmaydi, balki bomdod vaqti kirishida sharqda ufq bo‘ylab tarqalgan, aniq va ravshan yorug‘lik paydo bo‘lishi e’tiborga olinadi.
Bomdod vaqti quyosh chiqishi bilan tugaydi. Shom vaqti quyoshning botishi bilan boshlanadi va quyosh botgandan keyingi yorug‘lik e’tiborga olinmaydi. Xufton vaqti quyosh botgach, paydo bo‘ladigan qizil shafaq yo‘qolishi bilan boshlanadi, agar u shafaq aniq va ravshan bo‘lsa. Ro‘zadorlar uchun saharlik vaqti yuqorida aytilgan bomdod vaqtining kirishi bilan tugaydi.
Alloh bilguvchiroqdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?