O'qildi: 18
10.12.2025
/ 19 Jumadal-oxira 1447
Fatvo mavzusi: Masjid ahkomlari
Savol
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Jorjiya shtatidagi bir shaharda musulmonlar jamoasi bor. Ular besh vaqt namoz va juma namozlari uchun masjid qurmoqchi. U yerda sotuvdagi cherkov bor. Ular bu cherkovni sotib olib, undagi xochlar, osilgan va o‘yma tasvirlarni olib tashlagach, masjidga aylantirishi joizmi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
«Ha, uni sotib olib, masjidga aylantirish joiz. Xochlarni, osilgan va o‘yma tasvirlarni, shuningdek, cherkov bo‘lganligini ko‘rsatadigan barcha narsalarni olib tashlash shart. Bunga hech qanday to‘siq borligini bilmaymiz» (Doimiy qo‘mita fatvolari, 6/267).
Quyidagi hadis shirk va kufr bilan bog‘liq ibodat joylarini masjidga aylantirishning joizligiga dalil bo‘ladi:
Qays ibn Tolqdan, u otasi Tolq ibn Alidan rivoyat qilib, aytadi: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ir delegatsiya bo‘lib bordik. U zotga bay’at qildik, u zot bilan birga namoz o‘qidik va yurtimizda bizga tegishli bir biy’a (nasroniy yoki yahudiylarning ibodatxonasi) borligini aytdik va u zotdan tahoratlaridan ortgan suvdan berishlarini so‘radik. Bas, u zot suv chaqirdilar, tahorat qildilar va og‘izlarini chaydilar, so‘ngra uni biz uchun bir meshga quydilar va bizga buyurib, dedilar: «Yo‘lga chiqinglar, yurtingizga qaytgach, biy’angizni buzib, o‘rniga shu suvni sepinglar va u joyni masjidga aylantiring». Biz u zotga: «Shahar uzoq, issiq qattiq va suv qurib qoladi», dedik. U zot aytdilar: «Unga suv qo‘shib ko‘paytiringlar, zero bu uning xushbo‘yligini faqat ziyoda qiladi». Bas, biz yo‘lga chiqdik, hatto shahrimizga yetib keldik, cherkovimizni buzib tashladik, so‘ngra uning o‘rniga suv sepib, uni masjid qilib oldik va unda azon aytdik». (Tolq) aytdi: «Rohib Tay qabilasidan bir kishi edi. U azonni eshitgach: «Haq da’vat», dedi, so‘ngra bizning tepaliklarimizdan biriga yuzlanib ketdi va shundan keyin uni ko‘rmadik» Nasoiy, 694; Hadis hukmi: «sahih». Manba: Sahihi Nasoiy, 701).
Agar binoning shiftlari, devorlari va shunga o‘xshash qismlaridan foydalanish mumkin bo‘lsa, poydevorini buzish shart emas. Shirkning barcha ko‘rinishlari va harom narsalar olib tashlangandan so‘ng, bino saflarini Ka’ba tomon yo‘naltirish uchun zarur me’moriy o‘zgartirishlarni amalga oshirish mumkin. Alloh taolo muvaffaqiyat beruvchi, bilguvchi va hikmatli Zotdir.
Bu javob foydali bo’ldimi?