Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Namoz ahkomlari » Nog‘ora chalib namozga chaqirish joizmi?
Fatvo: 2184

O'qildi: 121

07.12.2025

/ 16 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Nog‘ora chalib namozga chaqirish joizmi?

Savol

Filippin va boshqa joylardagi ayrim masjidlarda odamlarni namozga chaqirish uchun avval nog‘ora chalinadi, so‘ngra azon aytiladi. Islom dinida bu ish joizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Nog‘ora va shunga o‘xshash narsalar lahv (o‘yin-kulgi) asboblaridan sanaladi. Shu bois, ulardan namoz vaqti kirgani yoki yaqinlashganini bildirish uchun foydalanish joiz emas. Bu man etilgan bid’atdir. Shariat belgilagan azon bilangina kifoyalanish vojibdir.

عَنْ عَائِشَةَ قَالَتْ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «مَنْ أَحْدَثَ فِي أَمْرِنَا هَذَا مَا لَيْسَ فِيهِ فَهُوَ رَدٌّ».

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ushbu ishimizda* unda yo‘q narsani paydo qilsa, u marduddir», dedilar» (*«Ushbu ishimiz» deganda din, shariat nazarda tutilgan) (Sahihi Buxoriy, 2697; Sahihi Muslim, 1718).

حَدَّثَنِي عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ عَمْرٍو السُّلَمِيُّ، وَحُجْرُ بْنُ حُجْرٍ، قَالَا: قَالَ الْعِرْبَاضُ: صَلَّى بِنَا رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ذَاتَ يَوْمٍ، ثُمَّ أَقْبَلَ عَلَيْنَا فَوَعَظَنَا مَوْعِظَةً بَلِيغَةً ذَرَفَتْ مِنْهَا الْعُيُونُ وَوَجِلَتْ مِنْهَا الْقُلُوبُ، فَقَالَ قَائِلٌ: يَا رَسُولَ اللَّهِ كَأَنَّ هَذِهِ مَوْعِظَةُ مُوَدِّعٍ، فَمَاذَا تَعْهَدُ إِلَيْنَا؟ فَقَالَ «أُوصِيكُمْ بِتَقْوَى اللَّهِ وَالسَّمْعِ وَالطَّاعَةِ، وَإِنْ عَبْدًا حَبَشِيًّا، فَإِنَّهُ مَنْ يَعِشْ مِنْكُمْ بَعْدِي فَسَيَرَى اخْتِلَافًا كَثِيرًا، فَعَلَيْكُمْ بِسُنَّتِي وَسُنَّةِ الْخُلَفَاءِ الْمَهْدِيِّينَ الرَّاشِدِينَ، تَمَسَّكُوا بِهَا وَعَضُّوا عَلَيْهَا بِالنَّوَاجِذِ، وَإِيَّاكُمْ وَمُحْدَثَاتِ الْأُمُورِ، فَإِنَّ كُلَّ مُحْدَثَةٍ بِدْعَةٌ، وَكُلَّ بِدْعَةٍ ضَلَالَةٌ».

Abdurrahmon ibn Amr Sulamiy va Hujr ibn Hujr aytadi: «Irboz ibn Soriya shunday dedi: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga namoz o‘qib berdilar. So‘ng bizga yuzlanib, nihoyatda balog‘atli va’z qildilar, bundan (ta’sirlanib) ko‘zlardan yosh to‘kildi, qalblar titroqqa tushdi. Shunda bir odam: «Bu vidolashayotgan odamning mav’izasi-ku! Ey Allohning Rasuli, bizga nimani vasiyat qilasiz?» dedi. U zot shunday dedilar: «Sizlarga Allohga taqvo qilishni, habash qulga bo‘lsa ham quloq solib, itoat qilishni vasiyat qilaman. Mendan keyin sizlardan kim uzoqroq yashasa, ko‘plab ixtiloflarni ko‘radi. O‘shanda mening Sunnatimni va hidoyatdagi, roshid xalifalarning sunnatini mahkam tutinglar, uni oziq tishlaringiz bilan tishlab olinglar. Yangi paydo qilingan ishlardan ehtiyot bo‘linglar, chunki har bir yangi paydo qilingan ish bid’atdir, har bir bid’at zalolatdir» (Abu Dovud, 4607; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 3608).

Abu Umayr ibn Anas ansoriy amakilaridan rivoyat qilgan hadisni eslaylik.

عَنْ أَبِي عُمَيْرِ بْنِ أَنَسٍ، عَنْ عُمُومَةٍ لَهُ مِنَ الْأَنْصَارِ، قَالَ: اهْتَمَّ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لِلصَّلَاةِ كَيْفَ يَجْمَعُ النَّاسَ لَهَا، فَقِيلَ لَهُ: انْصِبْ رَايَةً عِنْدَ حُضُورِ الصَّلَاةِ فَإِذَا رَأَوْهَا آذَنَ بَعْضُهُمْ بَعْضًا، فَلَمْ يُعْجِبْهُ ذَلِكَ، قَالَ: فَذُكِرَ لَهُ الْقُنْعُيَعْنِي الشَّبُّورَ وَقَالَ زِيَادٌ: شَبُّورُ الْيَهُودِفَلَمْ يُعْجِبْهُ ذَلِكَ، وَقَالَ: «هُوَ مِنْ أَمْرِ الْيَهُودِ» قَالَ: فَذُكِرَ لَهُ النَّاقُوسُ، فَقَالَ: «هُوَ مِنْ أَمْرِ النَّصَارَى» فَانْصَرَفَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ زَيْدِ بْنِ عَبْدِ رَبِّهِ وَهُوَ مُهْتَمٌّ لِهَمِّ رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَأُرِيَ الْأَذَانَ فِي مَنَامِهِ، قَالَ: فَغَدَا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَأَخْبَرَهُ، فَقَالَ لَهُ: يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي لَبَيْنَ نَائِمٍ وَيَقْظَانَ، إِذْ أَتَانِي آتٍ فَأَرَانِي الْأَذَانَ، قَالَ: وَكَانَ عُمَرُ بْنُ الْخَطَّابِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، قَدْ رَآهُ قَبْلَ ذَلِكَ فَكَتَمَهُ عِشْرِينَ يَوْمًا، قَالَ: ثُمَّ أَخْبَرَ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ لَهُ: «مَا مَنَعَكَ أَنْ تُخْبِرَنِي؟»، فَقَالَ: سَبَقَنِي عَبْدُ اللَّهِ بْنُ زَيْدٍ، فَاسْتَحْيَيْتُ، فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «يَا بِلَالُ، قُمْ فَانْظُرْ مَا يَأْمُرُكَ بِهِ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ زَيْدٍ، فَافْعَلْهُ» قَالَ: فَأَذَّنَ بِلَالٌ

Abu Umayr ibn Anas ansoriy amakilaridan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamni odamlarni namozga qanday qilib to‘plash tashvishlantirdi. U zotga «Namoz vaqti bo‘lganda bayroq tiking, uni ko‘rishsa, bir-birlarini chaqirishadi», deyishdi. Bu u zotga yoqmadi. So‘ng u zotga karnay, ya’ni burg‘u chalish aytildi. – (Roviy) Ziyod «yahudiylarning burg‘usini», degan – Bu ham u zotga yoqmay, «Bu yahudiylarning ishi», dedilar. U zotga qo‘ng‘iroq chalish aytilgan edi, «Bu nasorolarning ishi», dedilar. Abdulloh ibn Zayd Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tashvishlariga g‘am chekib, chiqib ketdi. Keyin tushida azonni ko‘rdi. Tong otgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, «Ey Allohning Rasuli, uyqu bilan uyg‘oqlik orasida edim, bir kishi kelib, menga azonni ko‘rsatib berdi», dedi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu ham buni avvalroq ko‘rgan, lekin yigirma kun aytmay yurgan ekan. So‘ngra Nabiy sollallohu alayhi vasallamga buni aytgan edi, u zot unga: «Nima uchun buni menga aytmagan eding?» dedilar. U: «Buni mendan oldin Abdulloh ibn Zayd aytgani uchun hayo qildim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Bilol, tur, Abdulloh ibn Zayd senga aytadigan narsani o‘rganib, o‘shani qilgin», dedilar. Bilol azon aytdi. (Roviy) Abu Bishr shunday dedi: «Abu Umayr menga shunday dedi: «Ansoriylar «O‘sha kuni Abdulloh ibn Zayd kasal bo‘lmaganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni muazzin qilib tayinlardilar», deyishar edi» (Abu Dovud, 498; Hadis hukmi: «sahih». Manba: «Sahihi Abu Dovud», 498).

Bu sahih hadisdir. Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam karnay va qo‘ng‘iroqni rad etdilar, qanday qilib musulmonlar nog‘oraga rozi bo‘lishsin, holbuki, Alloh ularni azon bilan behojat qilgan. Va Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Farz namozini bir kunda ikki marta o‘qish hukmi

    Farz namozini ikki marta o‘qishning hukmi nima? Ikkinchi namoz birinchisini botil qiladimi? Agar farz namozini o‘qiyotganingizda namozning vaqti chiqib ketsa, buning hukmi nima?
  • A’uzu va basmala iftitoh duosining bir qismimi?

    Namozdagi a’uzu va basmala (A’uzu billahi minash shaytonir rojiym, so‘ngra «bismillah» deyish) iftitoh duosi boshlanishining bir qismimi? Agar bir kishi imom ortida namoz o‘qisa, u a’uzu va basmalani past ovozda aytishi kerakmi? Namozxon bularni har rakaatda aytishi kerakmi?
  • Bosh kiyimsiz namoz oʻqish

    Namoz paytida shapka yoki bosh kiyim kiyish sunnatdanmi?
  • Namozda rukudan qaytganda qo‘l bogʻlanadimi?

    Rukudan turgandan keyin qo‘llarni bog’lash yoki bogʻlamaslik masalasida batafsil javob bersangiz. Bu masalada ikki xil fikr eshitdim, ularning qaysi biri to‘g‘riroq?
  • Bomdod namozining kirish vaqti

    Britaniyaning Nyukasl viloyatida xufton va bomdod namozlarining kirish vaqti bilan bogʻliq muammo kuzatiladi. Bu yerda musulmonlar bomdod va xufton namozi vaqti, shuningdek Ramazonda saharlik vaqti boshlanishini aniqlashda katta qiyinchilikka duch kelmoqdalar. Chunki, quyosh chiqishidan oldin atrof yorishib ketadi va quyosh botganidan keyin ham, ba’zan tun bo‘yi bu hol davom etadi. Bu yerdagi falakshunoslar (astronomlar) yorug‘lik paydo bo‘lishidan quyosh chiqishigacha bo‘lgan vaqtni hamda quyosh botishidan yorug‘lik yo‘qolishigacha bo‘lgan vaqtni uch qismga ajratishgan:Birinchi qism: kishi bemalol ishlashi mumkin bo’lgan yorug‘lik;Ikkinchi qism: yorug‘lik shu qadar past boʻlib, biron ish bajararishning imkoni yoʻq;Uchinchi qism: to‘liq qorong‘ilik.Savolim shuki, ushbu astronomik taqsimot asosida bomdod va xufton namozi hamda saharlik vaqtining boshlanishini qanday aniqlash mumkin?
  • Namoz vaqtlari

    Biz uchun asr namozining vaqti kollejdagi ma’ruza vaqtimizga to‘g‘ri keladi. Professor nasroniy bo‘lib, bizga ibodat qilishga imkon bermaydi. Shu bois, namozni ketganimizdan so‘ng, shom namozidan taxminan bir soat oldin o‘qiymiz. Bu ishimizning hukmi qaday boʻladi?