Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Tahoratni buzadigan narsalar » Tahorat va namoz paytida yel chiqishiga shubha qilish
Fatvo: 2163

O'qildi: 61

Noyabr 30, 2025

/ 9 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Tahorat va namoz paytida yel chiqishiga shubha qilish

Savol

Bir kishining qornida ko‘p havo, ehtimol gazlar bo‘lishi mumkin, lekin u tahoratni faqat qiyinchilik bilan oladi. Masalan, yuzini yuvayotganda ozgina ovoz eshitiladi va tahorati buzilishidan qo‘rqib, tahoratni boshidan boshlaydi. Xuddi shunday, namoz o‘qiyotganda ham hech qanday hid sezmasa-da, shu holatni his qiladi. Bu muammoning yechimi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu musulmon kishining ibodatini buzishga urinayotgan shaytonning vasvasasidir. Bunday vasvasalarni tark etish vojibdir. Musulmon kishi aniq bir ovoz eshitmasa yoki biror narsaning hidini sezmasa, namozini tark etmasligi yoki tahoratini yangilamasligi kerak.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ ﷺ: «إِذَا وَجَدَ أَحَدُكُمْ فِي بَطْنِهِ شَيْئًا فَأَشْكَلَ عَلَيْهِ أَخَرَجَ مِنْهُ شَيْءٌ أَمْ لَا؟ فَلَا يَخْرُجَنَّ مِنَ الْمَسْجِدِ حَتَّى يَسْمَعَ صَوْتًا أَوْ يَجِدَ رِيحًا».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Birortangizning qorni bezovta qilsa-yu, lekin biror narsa chiqqan-chiqmaganiga ikkilansa, ovoz eshitmagunicha yoki hid sezmagunicha masjiddan chiqmasin» (Sahihi Muslim, 362).

Bundan maqsad hadas (tahoratni buzadigan holat) sodir bo‘lganligini aniqlashdir. Kishi ozgina shubhalansa ham tahorati buzilmaydi.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Ayolga tegish tahoratni buzadimi

    Inson kun davomida xotiniga biror narsa berish va olishdan xoli bo‘la olmaydi. Agar tahoratli kishi xotinining qo‘liga tegsa, tahorati buziladimi?
  • Me’dadan chiqqan narsa tahoratni buzmaydi

    Biror narsani ichganda yoki yeganda achchiq modda chiqsa-yu, lekin u oz miqdorda bo‘lib, og‘izni to‘ldirmasa yoki faqat tomoqning yuqori qismiga yetib, yana pastga tushsa, bu tahoratni buzadimi?
  • Qon chiqishi tahoratni buzadimi?

    Qon namozni buzadi deb hisoblanadimi? Bu haqda ma’lumot berishingizni iltimos qilaman.
  • Ayolning old avratidan yel chiqishi

    Ayolning old avratidan chiqadigan havo tahoratni buzadimi?
  • Qorindagi gazlar harakati

    Agar kishi tahoratli bo‘lsa-yu, qornida gaz ovozini eshitsa, ammo bu gaz orqa avrat orqali chiqmasa, bunday holat haqidagi hukm qanday? U tahoratli holatda qoladimi yoki tahorati buzilgan sanaladimi?
  • Hojatdan keyin siydik tomib qolishi

    Peshob qilish asnosida jinsiy a’zosini siqib, siygandan so‘ng undan tomchi chiqayotgan kishiga nima vojib bo‘ladi? Bu tomchilar u hojatini tugatgandan bir daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt o‘tgach, ba’zi hollarda esa tahoratni tugatgandan keyin beixtiyor paydo bo‘ladi. U nima qilishi kerak va agar bir necha marta yuvgandan so‘ng bu holat to‘xtasa, unga nima vojib bo‘ladi?