Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Savdo-sotiqqa oid savollar » Kimoshdi savdosi (auksion) joizmi?
Fatvo: 2150

O'qildi: 115

29.11.2025

/ 8 Jumadal-oxira 1447

Fatvo mavzusi:

Kimoshdi savdosi (auksion) joizmi?

Savol

Ishtirokchilardan qatnashish uchun ma’lum miqdorda pul to‘lash talab qilinadigan kimoshdi savdolariga kirishning hukmi qanday? Bugungi kunda ommalashgan, tovarlar eng yuqori narx taklif qilgan xaridorga sotiladigan kimoshdi savdosining shariatdagi hukmi qanday?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Kimoshdi savdosi shartnomasi shar’iy shartlarga muvofiq o‘tkazilsa, u durust hisoblanadi. Bu ko‘pchilik ulamolarning fikridir. Ulamolar dalil sifatida quyidagi hadisni keltiradilar:

عَنْأَنَسِ بْنِ مَالِكٍ ، «أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بَاعَ حِلْسًا وَقَدَحًا، وَقَالَ: مَنْ يَشْتَرِي هَذَا الْحِلْسَ وَالْقَدَحَ»؟ فَقَالَ رَجُلٌ: أَخَذْتُهُمَا بِدِرْهَمٍ، فَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ يَزِيدُ عَلَى دِرْهَمٍ؟ مَنْ يَزِيدُ عَلَى دِرْهَمٍ؟ فَأَعْطَاهُ رَجُلٌ دِرْهَمَيْنِ، فَبَاعَهُمَا مِنْهُ.

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir gilam va bir qadahni sotdilar va: «Bu gilam va qadahni kim sotib oladi?» dedilar. Shunda bir kishi: «Ikkisini bir dirhamga oldim», dedi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Bir dirhamdan kim ziyoda qiladi? Bir dirhamdan kim ziyoda qiladi?» dedilar. Shunda bir kishi u zotga ikki dirham berdi. Bas, ikkisini unga sotdilar» (Termiziy, 1218; Hadis hukmi: «hasan». Manba: «Sunani Termiziy», 1218). Imom Termiziy o‘zining «Sunan» kitobida (1139) bu hadisni rivoyat qilgan: «Bu hasan hadis, biz uni faqat Axzor ibn Ajlonning hadisidan bilamiz…», degan.

Ba’zi ulamolarning amaliyoti shunga asoslangan bo‘lib, ular o‘lja va merosni birgalikda sotishda hech qanday zarar yoʻq deganlar. Bu hadisni Mu’tamir ibn Sulaymon va boshqa ko‘plab mashhur kishilar Axzor ibn Ajlondan rivoyat qilganlar» dedi.

Quyida hijriy 1414-yil 1-7 muharram (milodiy 1993-yil 21-27 iyun) kunlari Bruney Dorussalomning Bandar-Seri-Begavan shahrida bo‘lib o‘tgan Islom Fiqhi Akademiyasining sakkizinchi anjumanida qayd etilgan ushbu savdo turining ta’rifi, uning ayrim qoidalari va u bilan bog‘liq masalalar keltirilgan:

  1. Auksion, ya’ni kimoshdi savdosi – bu shartnomasi: bu sotuvchining roziligi bilan o‘tkaziladigan, ishtirokchilarni auksionda qatnashishga og‘zaki yoki yozma ravishda taklif qilishga asoslangan o‘zaro kelishuv bitimidir.
  2. Auksion shartnomasi predmetiga ko‘ra savdo, ijara va boshqa turlarga bo‘linadi; mohiyatiga ko‘ra esa ixtiyoriy (oddiy shaxslar o‘rtasidagi auksionlar) va majburiy (sud qarori bilan o‘tkaziladigan auksionlar, shuningdek davlat va xususiy tashkilotlar, davlat idoralari va jismoniy shaxslar tomonidan talab qilinadigan auksionlar) turlarga ajratiladi.
  3. Auksion shartnomalarida qo‘llaniladigan yozma hujjatlar, tartiblar, ma’muriy yoki huquqiy qoidalar va shartlar islom shariati hukmlariga zid bo‘lmasligi kerak.
  4. Shariat bo‘yicha auksionga kirmoqchi bo‘lgan shaxsdan kafolat talab qilish joizdir. Bu kafolat puli kimoshdi savdosi asnosida taklifi qabul qilinmagan har bir ishtirokchiga qaytarilishi shart, g‘olib bo‘lgan shaxs uchun esa moliyaviy kafolat narxga qo‘shib hisoblanadi.
  5. Kirish to‘lovini (shartlar daftari qiymati, uning haqiqiy narxidan oshmaydigan) yig‘ishga shariat nuqtai nazaridan e’tiroz yo‘q, chunki bu uning qiymatini aks ettiradi.
  6. Najsh (hiyla aldov yo‘li bilan narxni oshirish) haromdir. Uning ko‘rinishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:a) Sotib olish niyati bo‘lmagan kishi xaridorni o‘z taklifini ko‘tarishga undash uchun tovar narxini oshirishi;

    b) Sotib xohlamaydigan odam o‘zini mahsulotga qiziqadigan va u haqida bilimli qilib ko‘rsatishi, u xaridorni aldash maqsadida uni maqtashi va shu bilan mahsulot narxini oshirishI;

    c) Tovar egasining, vakilning yoki dallolning savdolashayotgan shaxsni aldash uchun unga ma’lum narx taklif qilinganini yolg‘on da’vo qilishi;

    g) Najshning shar’an harom bo‘lgan zamonaviy ko‘rinishlariga haqiqatni aks ettirmaydigan mubolag‘ali sifatlardan foydalanish yoki xaridorni aldash va uni shartnoma tuzishga undash uchun narxlarni sun’iy ravishda oshiradigan audio, vizual va o‘qish mumkin bo‘lgan vositalarni qo‘llash;

Bularning barchasi shariatga xilof, harom amallardir.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Bir valyutadan boshqa valyutaga pul o‘tkazish

    Bir valyutada pul yuborib, uni qabul qiluvchi boshqa valyutada olishining hukmi nima? Masalan, maoshimni Saudiya riyolida olaman va uni Sudan riyoliga oʻtkazaman, Saudiya riyoli uch Sudan riyoliga teng. Bu ribomi (sudxo‘rlikmi)? (Ya’ni, bu yerda gap bank orqali yoki boshqa tizimlar yordamida pul oʻtkazish haqida ketyapti: Masalan, shaxsning hisobidan Saudiya riyoli yoki Oʻzbek soʻmi yo dollarni boshqa davlatga yuborganda oʻsha yerning pul birligiga aylanib hisobga tushadi. Shar’iy qoidalarga koʻra ikki jinsdagi pulni almashtirganda qoʻlma-qoʻllik topilishi kerak, savol beruvchi bu holatda qoʻlma-qoʻl boʻlmagani uchun ribo boʻlib qoladimi, degan xavotirda savol yoʻllagan – tarj.).
  • Haromligini bilishdan oldin kasb qilingan ribo molidan qutulish kerakmi?

    Bir kishi bankka qo‘ygan mablag‘lari uchun foiz olishga odatlangan edi. Keyinchalik bu ishning harom ekanligini bildi va foiz olishni to‘xtatdi. Shundan so‘ng u tavbasining shartlarini to‘liq ado etish uchun bu pulni xayriya qilishi kerakligini his qildi, ammo u ikki muammoga duch keldi: Birinchidan, u oldin bankdan olgan foizning to‘g‘ri miqdorini hisoblay olmaydi. Ikkinchidan, bu shaxsning hozirgi paytda mavjud jamg‘armasi avvalgi yillarda bankdan olgan foiz miqdoridan kamroq. Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagilarga javob berishingizni so‘raymiz: 1. Bu shaxs tavbasining shartlaridan bankdan olgan barcha foiz miqdorlariga teng bo‘lgan to‘g‘ri summani xayriya qilish kerakmi? 2. Agar yuqoridagi savolga javobingiz ijobiy bo‘lsa, o‘zi va oila a’zolarining asosiy ehtiyojlarini ta’minlagandan so‘ng unda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday mablag‘larni darhol xayriya qilishi kerakmi? Masalan, bu shaxs zaruriy ehtiyojlardan hisoblanmaydigan, ammo ahamiyatdan xoli bo‘lmagan narsalarni sotib olishi joizmi? Misol uchun, uy-joy, taom, kiyim-kechak, dori va transport vositalaridan tashqari kompyuter ham sotib olishi joizmi? 3. Agar ikkinchi savolga ham javobingiz ijobiy bo‘lsa, ushbu shaxs bank foiziga teng miqdordagi mablag‘ni xayriya qilishdan oldin o‘z ixtiyoriga kelib qolishi mumkin bo‘lgan har qanday mablag‘ bilan haj ibodatini ado etishi joizmi?
  • Internet – Islom mezonida

    Yaqinda Alloh menga Oʻz jannatiga yoʻl ochdi va men musulmon boʻldim. Men Islomning internet haqidagi qarashini bilmoqchiman. Internet xizmatlarini taqdim etuvchi Microsoft kompaniyasiga sarmoya kiritmoq istagim bor. Maʼlumki, internetdan nimani koʻrish foydalanuvchining oʻz ixtiyorida: yalangʻoch ayollarning suratlarimi yoki foydali maʼlumotlarmi?! Biroq, men shuni bilamanki, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi internet foydalanuvchilarining 60 foizi tarmoqdan nooʻrin web-saytlarni koʻrish uchun foydalanadi.
  • Futbol va konsert chiptalari oldi sotdisi hukmi

    Men chiptalarni sotib olgandan soʻng ularni qayta sotish va bundan foyda olish joizmi, deb soʻramoqchi edim. Men chiptalarni sotuvdagi narxida sotib olib, keyin ularning qiymati oshganda bozor narxida sotib, foyda koʻraman. Bu, ayniqsa, sport sohasida, oʻyinlar va konsertlarni tashkil etish sohasida keng tarqalgan. Lekin yaqinda bu pullar sharʼan harom ekanligi haqida oʻylay boshladim. Bu haqda batafsil tushuntirish bera olasizmi?
  • Soliqlar zakotdan hisoblanadimi

    Insonga o‘ziga tegishli soliqlarni mol-mulk zakotidan to‘lashi joizmi?
  • Garov puli (zakalat)ga oid savol

    Ba’zi sotuvchilar tovarni sotib olmoqchi yoki ijaraga olmoqchi bo‘lgan shaxsdan ma’lum miqdordagi pulni oldindan to‘lashni talab qiladi. Agar xaridor yoki ijarachi fikrini o‘zgartirsa, bu to‘lov sotuvchining mulkiga aylanadi. Buning hukmi qanday?