Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Urf-odatlar » Taomlar » Hayvonlarni soʻyish » Gʻarb mamlakatlarida keng tarqalgan jelatin kabi mahsulotlar hukmi
Fatvo: 210

O'qildi: 285

30.05.2025

/ 3 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi: »

Gʻarb mamlakatlarida keng tarqalgan jelatin kabi mahsulotlar hukmi

Savol

Uzoq vaqtlar davomida men va atrofimdagilar jelatin, monogliserid, digliserid, pepsin va rennet kabi mahsulotlar haqida tashvishlanib kelmoqdamiz. Bugungi kunda bu narsalar koʻplab oziq-ovqatlarda mavjud, lekin biz hali ham qaysi bir mahsulotni isteʼmol qilishimiz joizligini va ularning har birini sharʼiy hukmini bilmaymiz. Ushbu masalaga yakuniy yechim topish uchun batafsil javob berishingizni soʻraymiz. Alloh sizdan rozi boʻlsin.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Alloh taoloz bandalariga yer yuzidagi barcha neʼmatlarni rizq qilib yaratdi va bandalariga halolu pok narsalarni yeyishni buyurdi. Bu neʼmatlar kp va cheksizdir. Alloh taolo shunday dedi:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ كُلُواْ مِمَّا فِي ٱلۡأَرۡضِ حَلَٰلٗا طَيِّبٗا وَلَا تَتَّبِعُواْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيۡطَٰنِۚ إِنَّهُۥ لَكُمۡ عَدُوّٞ مُّبِينٌ

«Ey odamlar! Yerdagi halol va pok narsalardan yenglar va shaytonning yllariga ergashmang. Albatta, u sizning ochiq dushmaningizdir» (Baqara, 168).

Alloh taolo bandalariga sanoqli, maʼlum narsalarni harom qildi. Alloh taolo aytadi:

﴿قُل لَّآ أَجِدُ فِي مَآ أُوحِيَ إِلَيَّ مُحَرَّمًا عَلَىٰ طَاعِمٖ يَطۡعَمُهُۥٓ إِلَّآ أَن يَكُونَ مَيۡتَةً أَوۡ دَمٗا مَّسۡفُوحًا أَوۡ لَحۡمَ خِنزِيرٖ فَإِنَّهُۥ رِجۡسٌ أَوۡ فِسۡقًا أُهِلَّ لِغَيۡرِ ٱللَّهِ بِهِۦۚ فَمَنِ ٱضۡطُرَّ غَيۡرَ بَاغٖ وَلَا عَادٖ فَإِنَّ رَبَّكَ غَفُورٞ رَّحِيمٞ

 «Ayting: «Menga vahiy qilingan narsada taomlanuvchi uchun harom qilingan narsani topmayapman. Magar oʻlimtik yoki oqizilgan qon yoki toʻngʻiz goʻshti boʻlsa, albatta, u iflos, haromdir. Yoxud fosiqlik ila Allohdan oʻzganing nomiga soʻyilgan boʻlsa (haromdir). Bas, kim zolim va tajovuzkor boʻlmagan holda muztar boʻlib qolsa (masalan, ochlikdan oʻlmaslik uchun, u narsalardan yeyish bilan gunohkor boʻlmas, zero) Parvardigoringiz magʻfiratli, mehribondir» (Anʼom, 145).

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: « نَهَى رَسُولُ اللهِ عَنْ كُلِّ ذِي نَابٍ مِنَ السِّبَاعِ، وَعَنْ كُلِّ ذِي مِخْلَبٍ مِنَ الطَّيْرِ ».

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barcha qoziq tishli yirtqichlardan va barcha changalli yirtqich qushlardan qaytardilar» (Muslim, 1934).

Shuningdek:

عَنِ ابْنِ عُمَرَ : أَنَّ رَسُولَ اللهِ «نَهَى يَوْمَ خَيْبَرَ عَنْ أَكْلِ الثَّوْمِ، وَعَنْ لُحُومِ الْحُمُرِ الْأَهْلِيَّةِ»

«Ibn Umar roziyallohu anhumo: «Xaybar kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sarimsoq yeyishdan va xonaki eshak goʻshtidan qaytardilar», dedi». (Buxoriy, 4215).

Hozirgi kunda baʼzi ovqatlar ochiqdanochiq harom hisoblanadi, masalan, oʻlaksaning gshti va chchqa gshti. Baʼzi yeguliklar esa tarkibida harom moddalar mavjud blishi mumkin, ularning sharʼiy hukmini bilish uchun tarkibini aniqlash zarur.

Savolda keltirilgan jelatin baʼzan chchqa va boshqa harom hayvonlarning terisi, payi va suyaklaridan olinadi. Agar jelatin chchqa mahsulotidan tayyorlangan blsa, bu haromdir.

Ovqatlarda ishlatiladigan yogʻlar esa ikki turga blinadi: oʻsimlikdan olinadigan yogʻlar va hayvondan olinadigan yogʻlar. Agarsimlikdan olingan blsa, najosat aralashmagan blsa haloldir. Agar hayvondan olingan blsa, u hayvonning gshtigaxshash hukmga ega.

Agar bu yogʻ chchqa kabi harom hayvonlardan olinib, ovqatlarga qoʻshilsa, bu haromdir. Lekin, masalan, chchqa yogʻidan olingan sovun va boshqa nooziq mahsulotlar haqida olimlarrtasida ixtilof bor, lekin eng ehtiyotkorlik yli bu narsalarni ishlatmaslikdir.

Pishloqlarga kelsak, agar ular yeyish joiz boʻlmagan hayvon sutidan tayyorlangan boʻlsa, ularni yeyish ijmoʻ bilan joiz emas. Agar ular yeyish joiz boʻlgan hayvon sutidan tayyorlangan boʻlsa va sharʼiy soʻyilgan hayvon oshqozonidan olingan shirdon fermenti bilan ishlangan boʻlsa va ularga najosat aralashmagan boʻlsa, ularni yeyish joiz.  (Oshqozondan olingan shirdon (oshqozonning 4-boʻlimi) fermenti (rennet, rennin, ximozin)bu sutni ivituvchi fermentlar tplami blib, odatda kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonidan olinadi. U asosan pishloq ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bu mahsulot sutdagi kazein oqsilini parchalaydi, natijada sut ivib, qattiq qism (pishloq) va suyuqlik (zardob) ajralib chiqadi – tarjimon).

Agar musulmon bunday narsalarga shubha qilsa, u holda shubhali narsalardan tiyilish afzalroqdir

عن النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ : سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ وَأَهْوَى النُّعْمَانُ بِإِصْبَعَيْهِ إِلَى أُذُنَيْهِ إِنَّ الْحَلَالَ بَيِّنٌ وَإِنَّ الْحَرَامَ بَيِّنٌ وَبَيْنَهُمَا مُشْتَبِهَاتٌ لَا يَعْلَمُهُنَّ كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ فَمَنِ اتَّقَى الشُّبُهَاتِ اسْتَبْرَأَ لِدِينِهِ وَعِرْضِهِ وَمَنْ وَقَعَ فِي الشُّبُهَاتِ وَقَعَ فِي الْحَرَامِ كَالرَّاعِي يَرْعَى حَوْلَ الْحِمَى يُوشِكُ أَنْ يَرْتَعَ فِيهِ أَلَا وَإِنَّ لِكُلِّ مَلِكٍ حِمًى أَلَا وَإِنَّ حِمَى اللَّهِ مَحَارِمُهُ أَلَا وَإِنَّ فِي الْجَسَدِ مُضْغَةً إِذَا صَلَحَتْ صَلَحَ الْجَسَدُ كُلُّهُ وَإِذَا فَسَدَتْ فَسَدَ الْجَسَدُ كُلُّهُ أَلَا وَهِيَ الْقَلْبُ

«Nuʼmon ibn Bashir roziyallohu anhu barmoqlari bilan quloqlariga ishora qilib aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Halol ochiq-oydindir, harom ham ochiq-oydindir. Ular orasida koʻp odamlar bilmaydigan shubhali narsalar bor. Kim shubhali narsalardan saqlansa, dini va shaʼni uchun oʻzini pok tutibdi. Kim shubhali narsalarga tushsa, xuddi qoʻriqxona atrofida choʻponlik qilib, unga oʻtib ketay degan choʻponga oʻxshaydi. Ogoh boʻling! Albatta, har bir podshohning qoʻriqxonasi bordir. Ogoh boʻling! Allohning yerdagi qoʻriqxonasi harom qilgan narsalaridir. Ogoh boʻling! Tanada bir parcha goʻsht bor, u sogʻlom boʻlsa, butun tana sogʻlom boʻladi. U buzilsa, butun tana buziladi. Ogoh boʻling! Oʻsha narsa qalbdir» (Muslim, 1599).

Demak, oʻlaksa, qon, Allohdan boshqaga atab syilgan yoki Allohdan boshqaning nomi bilan syilgan hayvonlar kabi haromligi aniq mahsulotlardan tashqari oziq-ovqatlar haloldir. Savolda aytilgan yeguliklar tarkibiga harom aralashgan blsa chetlanish kerak. Agar ishonchingiz komil blmasa, ortiqcha vasvasaga berilmagan holda, shubhali narsalardan tiyilish taqvo bladi.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

2

O’xshash fatvolar

  • Vegeterian boʻlish joizmi?

    Men vegetarianman, ya’ni men go‘sht yoki hayvon mahsulotlarini yemayman. Islom dini menga yoqdi. Hayvon mahsulotlarini yemasdan turib, bu dinga kirish mumkinmi?
  • Baliq ko‘zidan yeyishning hukmi

    Biz musulmonlar baliqning ko‘zini yeyishimiz joizmi? Men bir do‘stim bilan restoranda ovqatlanayotganimda baliqning boshini yeyishdan rohatlanayotgan edim. Ko‘zini yeganimda u menga: «Islomda baliq ko‘zini yeyish harom», dedi. Bu to‘g‘rimi?
  • Yer ostida o‘sadigan sabzavotlarning hukmi

    Men huzurida dars olayotgan ayol aytgan gaplarning qanchalik to‘g‘riligini tushuntirib berishingizni so‘rayman. U yer ostida o‘sadigan sabzavotlar makruh ekanligini va bir idishda bir necha narsalarni pishirish harom ekanligini aytdi. Biz odatda yer ostida o‘sadigan 5 yoki 6 turdagi sabzavotlardan iborat taomlar tayyorlashga o‘rganganmiz va bularning barchasi bitta idishda pishiriladi. Uning aytganlari to‘g‘rimi yoki u yanglishyaptimi?
  • Xom go‘sht yeyish hukmi

    Mening savolim shuki, ba’zi jamiyatlarda xom go‘sht yeyishga ishqiboz odamlar bor. Islomning bu masaladagi hukmi qanday? Ya’ni, bu joizmi yoki yo‘qmi?
  • Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi

    Yeyilishi mumkin bo‘lmagan dengiz hayvonlari bormi?
  • Hayvon terisidan tayyorlangan mahsulotlar hukmi

    Hayvon terisidan foydalanish mezonlari qanday? Go‘shti iste’molga yaroqli yoki yaroqsiz, terisi oshlangan yoki oshlanmagan bo‘lishining ahamiyati bormi?