Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Namoz bobi » Safardagi namoz » Safarda vitr namozini oʻqish
Fatvo: 208

O'qildi: 414

30.05.2025

/ 3 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Safarda vitr namozini oʻqish

Savol

Agar siz safarda boʻlsangiz va namozlarni qasr qilib oʻqisangiz, bu holatda vitr namozi siz uchun vojibligicha qoladimi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Koʻpchilik olimlar aʼrobiy haqida kelgan hadisga asoslanib, vitr namozining vojib emas, balki sunnati muakkada ekanligini aytishgan

عَنْ طَلْحَةَ بْن عُبَيْدِ اللهِ يَقُولُ: «جَاءَ رَجُلٌ إِلَى رَسُولِ اللهِ ﷺ، فَإِذَا هُوَ يَسْأَلُهُ عَنِ الْإِسْلَامِ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ : خَمْسُ صَلَوَاتٍ فِي الْيَوْمِ وَاللَّيْلَةِ، فَقَالَ: هَلْ عَلَيَّ غَيْرُهَا؟ قَالَ: لَا، إِلَّا أَنْ تَطَّوَّعَ

Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi keldi. Qarasak, u Islom haqida soʻrayotgan ekan. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kecha-kunduzda besh mahal namoz», dedilar. «Zimmamda bundan boshqasi ham bormi?» dedi. «Yoʻq, lekin oʻz ixtiyoring bilan qilishing (mumkin)», dedilar.

Baʼzi olimlar tungi namoz (tahajjud) va vitr namozi nafl namozlarning eng afzali ekanligini va bu namozlarni qoldirmaslik kerakligini taʼkidlaydilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safar va muqim holatda ham tungi namoz va bomdod sunnatini tark qilmaganliklari sahih sunnatda sobit boʻlgan.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

4

O’xshash fatvolar

  • Namozni qasr qilish

    Bir kishi uyidan safarga chiqdi va asr namozi vaqti kirishida hali o‘z shahri yoki tumanidan chiqmagan edi. U namozni qasr qiladimi yoki to‘liq o‘qiydimi?