Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Ibodatlar » Poklanish bobi » Tahoratni buzadigan narsalar » Doimiy ravishda shahvatsiz maziy chiqishi
Fatvo: 2075

O'qildi: 57

Noyabr 20, 2025

/ 29 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi:

Doimiy ravishda shahvatsiz maziy chiqishi

Savol

Bir kishi namoz o‘qidi va namozdan keyin avratida maziy koʻrdi. Bu holat unda ko‘p takrorlanadi. U namozni qayta o‘qiydimi? Uning tahorati va namozi qanday bo‘ladi, unga nisbatan jamoat namozining hukmi nima, chunko undan doimiy ravishda shahvatsiz maziy chiqadi va bu holat unda siydikdan keyin ham sodir bo‘ladi. Kiyimlari masalasida qanday yoʻl tutadi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Bu siydik tuta olmaslik kabi doimiy hadas hisoblanadi, shuning uchun unga har bir namoz uchun tahorat qilish lozim bo‘ladi, chunki u ikki yo‘ldan chiqqanligi sababli tahoratni buzuvchilardandir.

Agar namoz o‘qiyotganida chiqib qolsa, namozni qayta o‘qishi shart emas va namozni buzmaydi, chunki u ixtiyorsiz sodir bo‘ladi. Namoz vaqtida kiyimlarni najas qilmasligi uchun himoya qiladigan maxsus kiyim kiyishi yoki paxta, mato kabi narsalar bilan tutib turishi kerak.

Namozdan keyin agar undan yana biror narsa chiqsa, keyingi namoz vaqti uchun tahoratni yangilashi, kiyimlarini tozalashi va shunday holda ibodatini ado etishi zarur.

U jamoat namozida iqtido qiluvchi sifatida namoz o‘qishi mumkin, ammo bunday holatda imom bo‘lishi joiz emas, chunki uning tahorati to‘liq emas. Shuningdek, imkon qadar o‘zini davolash chorasini ko‘rishi lozim.

(Shayx Abdulloh ibn Jibriynning «Al-Lu’lu’ al-Makin min fatava ash-shayx Ibn Jibrin» kitobidan, 79-bet.)

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Ayolga tegish tahoratni buzadimi

    Inson kun davomida xotiniga biror narsa berish va olishdan xoli bo‘la olmaydi. Agar tahoratli kishi xotinining qo‘liga tegsa, tahorati buziladimi?
  • Me’dadan chiqqan narsa tahoratni buzmaydi

    Biror narsani ichganda yoki yeganda achchiq modda chiqsa-yu, lekin u oz miqdorda bo‘lib, og‘izni to‘ldirmasa yoki faqat tomoqning yuqori qismiga yetib, yana pastga tushsa, bu tahoratni buzadimi?
  • Qon chiqishi tahoratni buzadimi?

    Qon namozni buzadi deb hisoblanadimi? Bu haqda ma’lumot berishingizni iltimos qilaman.
  • Ayolning old avratidan yel chiqishi

    Ayolning old avratidan chiqadigan havo tahoratni buzadimi?
  • Qorindagi gazlar harakati

    Agar kishi tahoratli bo‘lsa-yu, qornida gaz ovozini eshitsa, ammo bu gaz orqa avrat orqali chiqmasa, bunday holat haqidagi hukm qanday? U tahoratli holatda qoladimi yoki tahorati buzilgan sanaladimi?
  • Hojatdan keyin siydik tomib qolishi

    Peshob qilish asnosida jinsiy a’zosini siqib, siygandan so‘ng undan tomchi chiqayotgan kishiga nima vojib bo‘ladi? Bu tomchilar u hojatini tugatgandan bir daqiqa yoki undan ko‘proq vaqt o‘tgach, ba’zi hollarda esa tahoratni tugatgandan keyin beixtiyor paydo bo‘ladi. U nima qilishi kerak va agar bir necha marta yuvgandan so‘ng bu holat to‘xtasa, unga nima vojib bo‘ladi?