O'qildi: 59
May 30, 2025
/ 23 Zulhijja 1446
Fatvo mavzusi: Fiqh » Fiqh asoslari » Muomalalar » Ribo — sudxoʻrlik
Savol
Foizli banklar bilan muomala qilishning hukmi nima? Quyidagi holatlarning sharʼiy hukmi qanday? – Pulni bankka qoʻyib, yil oʻtgach foiz olish; – Foiz evaziga bankdan qarz olish; – Oʻz pulini bunday banklarga qoʻyib, foiz olmaslik; – Bu banklarda, xoh boshqaruvchi xoh oddiy xodim sifatida ishlash; – Bunday banklarga koʻchmas mulkni ijaraga berish.
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Foiz olish maqsadida banklarga pul qoʻyish yoki foiz evaziga qarz olish joiz emas, chunki bularning barchasi ochiq-oydin sudxoʻrlik (ribo) hisoblanadi. Foiz evaziga, bankdan boshqa joylarga pul qoʻyish ham joiz emas. Shuningdek, har qanday shaxsdan foiz evaziga qarz olish barcha ahli ilmlar nazdida harom hisoblanadi. Chunki Alloh taolo shunday deydi:
«Holbuki, Alloh tijoratni halol, sudxoʻrlikni esa harom qildi» (Baqara, 275).
Yana Alloh taolo aytadi:
«Alloh sudxoʻrlikning foydasini yoʻq qiladi va sadaqalarning foydasini orttiradi» (Baqara, 276). Yana boshqa oyatda aytadi:
﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَذَرُواْ مَا بَقِيَ مِنَ ٱلرِّبَوٰٓاْ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴾
﴿فَإِن لَّمۡ تَفۡعَلُواْ فَأۡذَنُواْ بِحَرۡبٖ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦۖ وَإِن تُبۡتُمۡ فَلَكُمۡ رُءُوسُ أَمۡوَٰلِكُمۡ لَا تَظۡلِمُونَ وَلَا تُظۡلَمُونَ﴾
«Ey Allohga iymon keltirganlar, Allohdan qoʻrqinglar va agar haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, sudxoʻrlik (ribo) harom boʻlishidan ilgari (yaʼni, sudxoʻrlikning haromligi eʼlon qilinmasidan avval, shuningdek, bu ishning haromligini bilishingizdan burun) dastmoyangiz ustiga qoʻyilgan foizlardan qolib ketganlarini (qarzdorlar hali toʻlamagan ustama haqlarni) tark qilinglar va ularni talab qilmanglar! Agar Alloh qaytargan narsadan tiyilmasangiz, Alloh va Rasuliga qarshi urushga (kirganingizga) aniq ishonaveringlar! Agar Rabbingiz tomonga qaytsangiz va sudxoʻrlikni tark qilsangiz, qarzga bergan sarmoyangizning oʻzini qoʻshimcha foizsiz qaytarib olishlaringiz mumkin. Shunda sarmoyaga qoʻshimcha foiz qoʻshib olish bilan birovga zulm qilmaysizlar, qarzdorlar ham sarmoyangizni kamaytirib berish bilan sizlarga zulm qilmaydi» (Baqara: 278, 279).
Keyin Alloh taolo shunday deydi:
«Agar qarzdor qarzni toʻlashga qodir boʻlmasa, toʻlashga imkoni boʻlgunicha kutinglar. Agar berilgan pulning hammasidan yoki bir qismidan voz kechib, qarzni kechib yuborsangiz, bu oʻzingiz uchun afzal va dunyoyu oxiratda yaxshidir, agar bilsangizlar! (Baqara, 280).
Bu bilan Alloh bandalariga, toʻlashga imkoni yoʻq qarzdordan qarzini talab qilish yoki muddatni uzaytirish evaziga qoʻshimcha mablagʻ yuklash joiz emasligini koʻrsatmoqda. Ularni, hech qanday qoʻshimcha mablagʻ talab qilmasdan kutib turish kerak. Bu Allohning bandalariga boʻlgan lutf-marhamati, adolati va ularni zulmdan va ochkoʻzlikdan himoya qilishidir.
Agar, insonga zarurat tugʻilib qolsa, bankka foizsiz shaklda (depozit yoki toʻlov kartasiga) pul qoʻyishining hech qanday zarari yoʻq. Lekin foizli banklarda, xoh direktor, xoh amaliyotchi, xoh hisobchi yoki boshqa biror xodim boʻlib ishlash joiz emas. Chunki Alloh taolo aytadi:
«Ey moʻminlar, yaxshi ishlarni qilishda va Allohdan taqvo qilishda oʻzaro hamkorlik qilinglar! Gunoh va maʼsiyat qilishda, Allohning chegaralaridan chiqishda hamkorlik qilmanglar! Allohning amriga qarshi chiqishdan hazir boʻlinglar! Zero, Alloh azobi qattiq Zotdir» (Moida, 2).
Shuningdek, hadisi sharifda keladi:
Jobir raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u kishi aytdi: «Paygʻambar sallallohu alayhi vasallam ribo yeyuvchini ham, uni yediruvchisini, kotibini ham, ikki guvohini ham laʼnatladilar va: «Ularning barchasi tengdir», dedilar» (Muslim rivoyati, 1598) .
Gunohga yordam berishning haromligini koʻrsatuvchi oyat va hadislar koʻpdir. Shuningdek, riboviy bank egalariga binolarni ijaraga berish ham yuqorida keltirilgan dalillarga asosan harom sanaladi. Chunki bu ularning sudxoʻrlik ishlariga yordam berish hisoblanAb-u. Allohdan barchaga hidoyat berishini, musulmonlarni, xoh hukmdorlar boʻlsin, xoh fuqarolar, sudxoʻrlikka qarshi kurashishga va undan saqlanishga hamda Alloh muboh qilgan narsalar bilan kifoyalanishga muvaffaq qilishini soʻraymiz. Albatta Alloh bunga qodirdir (Shayx Ibn Boz rahimahulloh).
Banklarga foiz evaziga investitsiya kiritish hukmi
Savol: Banklarga investitsiya kiritishning hukmi qanday? Maʼlumki, banklar investitsiya uchun kiritilgan pullarga foiz toʻlashadi?
Javob:
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar boʻlsin.
Maʼlumki, Islom shariati ulamolari nazdida, riboviy banklarga foiz evaziga investitsiya qilish sharʼan harom va gunohi kabiralar sarasidandir. Bu ish Alloh va Rasuliga qarshi urush olib borishga tengdir. Alloh taolo aytadi:
«Sudxoʻrlik qiladigan kishilar oxiratda qabrlaridan xuddi jin tekkan odamdek turadilar. Sababi, ular: «Savdo–sotiq ham xuddi sudxoʻrlik bilan bir xil, har ikkisi ham halol, ikkisi ham molning koʻpayishiga olib keladi», deyishdi. Alloh ularning soʻzlarini inkor qildi va savdoni halol, riboni esa harom qildi. Kimga Allohning riboni taqiqlovchi amri yetgach, undan tiyilsa, harom qilinishidan oldingi qilganiga gunoh yoʻq va bundan buyogʻidagi ishi Allohga havoladir. Agar tavbasiga sodiq qolsa, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrlarini zoye qilmaydi. Kim riboning haromligini bilganidan keyin ham u bilan shugʻullanishda davom etsa, unday kimsa jazoga haqli boʻladi va Alloh huzurida bahonasi qolmaydi. Shuning uchun Alloh subhonahu va taolo: «Ana oʻshalar doʻzax egalaridir, ular unda mangu qolgaylar», dedi. Alloh sudxoʻrlikdan topMoyida boylikni butkul yoʻq qiladi yoxud sudxoʻr topgan molning barakasini oʻchiradi va u molidan foyda topmaydi. Sadaqalarni esa undirib-oʻstirib, koʻpaytiradi, sadaqa qiluvchilarning ajru savoblarini ziyoda qiladi va mollariga baraka beradi. Alloh taolo kufrida mahkam turuvchi, sudxoʻrlikni halol sanovchi, gunohu maʼsiyatga va haromga mukkasidan ketuvchi hech bir kishini yoqtirmaydi» (Baqara, 275–276).
Shuningdek, Alloh taolo deydi:
«Ey Allohga iymon keltirgan va Uning paygʻambariga ergashgan kishilar, Allohdan qoʻrqinglar va agar soʻzu amalda haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, sudxoʻrlik (ribo) harom boʻlishidan ilgari (yaʼni, sudxoʻrlikning haromligi eʼlon qilinmasidan avval, shuningdek, bu ishning haromligini bilishingizdan burun) dastmoyangiz ustiga qoʻyilgan foizlardan qolib ketganlarini (qarzdorlarbanggatoʻlamagan ustama haqlarni) tark qilinglar va ularni talab qilmanglar!
Agar Alloh qaytargan narsadan tiyilmahamd-uz, Alloh va Rasuliga qarshi urushga (kirganingizga) aniq ishonaveringlar! Agar Rabbingiz tomonga qaytsangiz va sudxoʻrlikni tark qilsangiz, qarzga bergan sarmoyangizning oʻzini qoʻshimcha foizsiz qaytarib olishlaringiz mumkin. Shunda sarmoyaga qoʻshimcha foiz qoʻshib olish bilan birovga zulm qilmaysizlar, qarzdorlar ham sarmoyangizni kamaytirib berish bilan sizlarga zulm qilmaydi (Baqara, 278–279).
Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelgan sahih hadisda:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ribo yeydiganni ham, uni yediruvchisini, kotibini ham, ikki guvohini ham laʼnatladilar va: «Ular bab-barobardirlar», dedilar» (Sahihi Muslim, 1598).
Buxoriy rivoyat qilgan hadisda ham Abu Juhayfa raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ribo yeyishdan va uni yedirishdan qaytarganlarini hamda suratkashni laʼnatlaganlarini aytgan (Buxoriy, 2086).
Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslimda keladi:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yetti halok qiluvchidan uzoq boʻlinglar!» dedilar. «Ey Allohning Rasuli,ular nimalar?» deyishdi. «Allohga shirk keltirish, sehr qilish, Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni nohaq oʻldirish, ribo yeyish, yetimning molini yeyish, qoʻshin bostirib kelganda ortga qochish, oʻzini saqlagan, moʻmina, pokdomon ayollarga tuhmat qilish», dedilar» (Buxoriy: 2766; Muslim: 89).
Riboning haromligi va undan ogohlantirish toʻgʻrisida oyat va hadislar juda koʻp. Shunday ekan, barcha musulmonlar sudxoʻrlikni tashlashlari va bir–birlarini bu ishni tashlashga chaqirishlari lozim. Musulmon davlat rahbarlari esa oʻz mamlakatlaridagi banklarda ribo bilan shugʻullanishni taqiqlashlari va Allohning amriga binoan, pok shariat hukmiga rioya qilishga majburlashlari kerak. Aks holda, Allohning azobi tushishi mumkin. Alloh taolo aytadi:
«Alloh taolo Bani Isroil qavmidagi kofirlarni Dovud alayhissalomga nozil qilgan Zaburda va Iso alayhissalomga nozil qilgan Injilda laʼnatlaganini, yaʼni rahmatidan quvganini maʼlum qildi. Sababi, ular osiylik qilishgan va Alloh harom qilgan ishlarga qoʻl urishgan edi. Oʻsha yahudiylar gunohlarni ochiqcha qilishar va gunohlarga rozi boʻlib turishar, bir-birlarini qilayotgan nojoʻya ishlaridan qaytarishmas edi. Bu ularning yomon ishlaridan biri boʻlib, shu sababli Allohning rahmatidan quvilishga loyiq boʻldilar» (Moida, 78–79).
Yana Alloh taolo aytadi:
«Alloh va Rasuliga iymon keltirgan moʻmin va moʻminalar bir-birlariga yordamchidirlar. Ular odamlarni iymonga va solih amallarga chorlaydilar, kufr va gunohlardan qaytaradilar..» (Tavba, 71).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar odamlar yomonlikni koʻrib uni toʻxtatmasalar, Alloh ularga umumiy azob yuborishi yaqin» («Majmuʼ al–fatovo» Ibn Taymiyya, Ibn Boz sahih degan).
Yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish vojibligi borasida oyat va hadislar koʻp boʻlib, bu barchaga maʼlum va mashhurdir.
Allohdan barcha musulmonlarga, rahbarlarga, ularning qoʻl ostidagilarga, ulamolarga va oddiy xalqqa, barchalariga Allohning shariatiga muvofiq yashashni, unga sodiq qolishni va unga zid boʻlgan hamma narsadan saqlanishni nasib etishini soʻraymiz. Darhaqiqat, U Zot eng yaxshi soʻraluvchidir.
Shayx Ibn Boz.
Muayyan foyda evaziga bankka pul qoʻyish hukmi
Savol:
Banklarga muayyan foyda olish sharti bilan pul qoʻyish hukmi qanday?
Javob:
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar boʻlsin.
Banklarga muayyan foyda olish sharti bilan pul qoʻyish joiz emas, chunki bu bitimda ribo mavjud. Alloh taolo aytadi:
«Alloh savdoni halol, riboni esa harom qildi» (Baqara: 275). Yana Alloh taolo deydi:
«Ey Allohga iymon keltirgan va Uning paygʻambariga ergashgan kishilar, Allohdan qoʻrqinglar va agar soʻzu amalda haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, sudxoʻrlik (ribo) harom boʻlishidan ilgari (yaʼni, sudxoʻrlikning haromligi eʼlon qilinmasidan avval, shuningdek, bu ishning haromligini bilishingizdan burun) dastmoyangiz ustiga qoʻyilgan foizlardan qolib ketganlarini (qarzdorlar hali toʻlamagan ustama haqlarni) tark qilinglar va ularni talab qilmanglar!
Agar Alloh qaytargan narsadan tiyilmasangiz, Alloh va Rasuliga qarshi urushga (kirganingizga) aniq ishonaveringlar! Agar Rabbingiz tomonga qaytsangiz va sudxoʻrlikni tark qilsangiz, qarzga bergan sarmoyangizning oʻzini qoʻshimcha foizsiz qaytarib olishlaringiz mumkin. Shunda sarmoyaga qoʻshimcha foiz qoʻshib olish bilan birovga zulm qilmaysizlar, qarzdorlar ham sarmoyangizni kamaytirib berish bilan sizlarga zulm qilmaydi (Baqara, 278–279).
Pul qoʻyuvchi oladigan bu foydada hech qanday baraka boʻlmaydi. Chunki Alloh taolo aytadi:
«Alloh riboni yoʻq qiladi, sadaqalarni esa koʻpaytiradi» (Baqara: 276). Bu sudxoʻrlik «nasiya ribosi» va «fazl ribosi» turiga kiradi, yaʼni, pul qoʻyuvchi oʻz pulini bankka maʼlum muddatga, maʼlum foyda olish sharti bilan qoʻyadi.
Doimiy fatvo qoʻmitasi.
Bu javob foydali bo’ldimi?