Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Fiqh asoslari » Fiqh » Muomalalar » Savdo-sotiqqa oid savollar » Ribo — sudxoʻrlik » Foizli banklar bilan muomala qilish
Fatvo: 181

O'qildi: 360

30.05.2025

/ 3 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Foizli banklar bilan muomala qilish

Savol

Foizli banklar bilan muomala qilishning hukmi nima?
Quyidagi holatlarning sharʼiy hukmi qanday?
– Pulni bankka qoʻyib, yil oʻtgach foiz olish;
– Foiz evaziga bankdan qarz olish;
– Oʻz pulini bunday banklarga qoʻyib, foiz olmaslik;
– Bu banklarda, xoh boshqaruvchi xoh oddiy xodim sifatida ishlash;
– Bunday banklarga koʻchmas mulkni ijaraga berish.

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Muqaddima

Foiz olish maqsadida banklarga pul qoʻyish yoki foiz evaziga qarz olish joiz emas, chunki bularning barchasi ochiq-oydin sudxoʻrlik (ribo) hisoblanadi. Foiz evaziga, bankdan boshqa joylarga pul qoʻyish ham joiz emas. Shuningdek, har qanday shaxsdan foiz evaziga qarz olish barcha ahli ilmlar nazdida harom hisoblanadi. Chunki Alloh taolo shunday deydi:

 

﴿ وَأَحَلَّ ٱللَّهُ ٱلۡبَيۡعَ وَحَرَّمَ ٱلرِّبَوٰاْۚ﴾ 

«Holbuki, Alloh tijoratni halol, sudxoʻrlikni esa harom qildi» (Baqara, 275). 

 

Yana Alloh taolo aytadi:

 

﴿يَمۡحَقُ ٱللَّهُ ٱلرِّبَوٰاْ وَيُرۡبِي ٱلصَّدَقَٰتِۗ

 

«Alloh sudxoʻrlikning foydasini yoʻq qiladi va sadaqalarning foydasini orttiradi» (Baqara, 276). Yana boshqa oyatda aytadi:

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَذَرُواْ مَا بَقِيَ مِنَ ٱلرِّبَوٰٓاْ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ﴾

﴿فَإِن لَّمۡ تَفۡعَلُواْ فَأۡذَنُواْ بِحَرۡبٖ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦۖ وَإِن تُبۡتُمۡ فَلَكُمۡ رُءُوسُ أَمۡوَٰلِكُمۡ لَا تَظۡلِمُونَ وَلَا تُظۡلَمُونَ﴾ 

«Ey Allohga iymon keltirganlar, Allohdan qoʻrqinglar va agar haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, sudxoʻrlik (ribo) harom boʻlishidan ilgari (yaʼni, sudxoʻrlikning haromligi eʼlon qilinmasidan avval, shuningdek, bu ishning haromligini bilishingizdan burun) dastmoyangiz ustiga qoʻyilgan foizlardan qolib ketganlarini (qarzdorlar hali toʻlamagan ustama haqlarni) tark qilinglar va ularni talab qilmanglar! Agar Alloh qaytargan narsadan tiyilmasangiz, Alloh va Rasuliga qarshi urushga (kirganingizga) aniq ishonaveringlar! Agar Rabbingiz tomonga qaytsangiz va sudxoʻrlikni tark qilsangiz, qarzga bergan sarmoyangizning oʻzini qoʻshimcha foizsiz qaytarib olishlaringiz mumkin. Shunda sarmoyaga qoʻshimcha foiz qoʻshib olish bilan birovga zulm qilmaysizlar, qarzdorlar ham sarmoyangizni kamaytirib berish bilan sizlarga zulm qilmaydi» (Baqara: 278, 279). 

Keyin Alloh taolo shunday deydi:

﴿وَإِن كَانَ ذُو عُسۡرَةٖ فَنَظِرَةٌ إِلَىٰ مَيۡسَرَةٖۚ وَأَن تَصَدَّقُواْ خَيۡرٞ لَّكُمۡ إِن كُنتُمۡ تَعۡلَمُونَ﴾

«Agar qarzdor qarzni toʻlashga qodir boʻlmasa, toʻlashga imkoni boʻlgunicha kutinglar. Agar berilgan pulning hammasidan yoki bir qismidan voz kechib, qarzni kechib yuborsangiz, bu oʻzingiz uchun afzal va dunyoyu oxiratda yaxshidir, agar bilsangizlar! (Baqara, 280).

Bu bilan Alloh bandalariga, toʻlashga imkoni yoʻq qarzdordan qarzini talab qilish yoki muddatni uzaytirish evaziga qoʻshimcha mablagʻ yuklash joiz emasligini koʻrsatmoqda. Ularni, hech qanday qoʻshimcha mablagʻ talab qilmasdan kutib turish kerak. Bu Allohning bandalariga boʻlgan lutf-marhamati, adolati va ularni zulmdan va ochkoʻzlikdan himoya qilishidir.

Agar, insonga zarurat tugʻilib qolsa, bankka foizsiz shaklda (depozit yoki toʻlov kartasiga) pul qoʻyishining hech qanday zarari yoʻq. Lekin foizli banklarda, xoh direktor, xoh amaliyotchi, xoh hisobchi yoki boshqa biror xodim boʻlib ishlash joiz emas. Chunki Alloh taolo aytadi: 

﴿ وَتَعَاوَنُواْ عَلَى ٱلۡبِرِّ وَٱلتَّقۡوَىٰۖ وَلَا تَعَاوَنُواْ عَلَى ٱلۡإِثۡمِ وَٱلۡعُدۡوَٰنِۚ وَٱتَّقُواْ ٱللَّهَۖ إِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلۡعِقَابِ

«Ey moʻminlar, yaxshi ishlarni qilishda va Allohdan taqvo qilishda oʻzaro hamkorlik qilinglar! Gunoh va maʼsiyat qilishda, Allohning chegaralaridan chiqishda hamkorlik qilmanglar! Allohning amriga qarshi chiqishdan hazir boʻlinglar! Zero, Alloh azobi qattiq Zotdir» (Moida, 2).

Shuningdek, hadisi sharifda keladi:

عَنْ جَابِرٍ قَالَ: »‌لَعَنَرَسُولُاللهِ صلى الله عليه وسلم آكِلَ الرِّبَا وَمُوكِلَهُ، وَكَاتِبَهُ وَشَاهِدَيْهِ، وَقَالَ: هُمْ سَوَاء».

Jobir raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, u kishi aytdi: «Paygʻambar sallallohu alayhi vasallam ribo yeyuvchini ham, uni yediruvchisini, kotibini ham, ikki guvohini ham laʼnatladilar va: «Ularning barchasi tengdir», dedilar» (Muslim rivoyati, 1598) . 

Gunohga yordam berishning haromligini koʻrsatuvchi oyat va hadislar koʻpdir. Shuningdek, riboviy bank egalariga binolarni ijaraga berish ham yuqorida keltirilgan dalillarga asosan harom sanaladi. Chunki bu ularning sudxoʻrlik ishlariga yordam berish hisoblanadi. Allohdan barchaga hidoyat berishini, musulmonlarni, xoh hukmdorlar boʻlsin, xoh fuqarolar, sudxoʻrlikka qarshi kurashishga va undan saqlanishga hamda Alloh muboh qilgan narsalar bilan kifoyalanishga muvaffaq qilishini soʻraymiz. Albatta Alloh bunga qodirdir (Shayx Ibn Boz rahimahulloh). 

 

Banklarga foiz evaziga investitsiya kiritish hukmi

Savol: Banklarga investitsiya kiritishning hukmi qanday? Maʼlumki, banklar investitsiya uchun kiritilgan pullarga foiz tlashadi?

Javob:
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar blsin.

Maʼlumki, Islom shariati ulamolari nazdida, riboviy banklarga foiz evaziga investitsiya qilish sharʼan harom va gunohi kabiralar sarasidandir. Bu ish Alloh va Rasuliga qarshi urush olib borishga tengdir. Alloh taolo aytadi

﴿ٱلَّذِينَ يَأۡكُلُونَ ٱلرِّبَوٰاْ لَا يَقُومُونَ إِلَّا كَمَا يَقُومُ ٱلَّذِي يَتَخَبَّطُهُ ٱلشَّيۡطَٰنُ مِنَ ٱلۡمَسِّۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمۡ قَالُوٓاْ إِنَّمَا ٱلۡبَيۡعُ مِثۡلُ ٱلرِّبَوٰاْۗ وَأَحَلَّ ٱللَّهُ ٱلۡبَيۡعَ وَحَرَّمَ ٱلرِّبَوٰاْۚ فَمَن جَآءَهُۥ مَوۡعِظَةٞ مِّن رَّبِّهِۦ فَٱنتَهَىٰ فَلَهُۥ مَا سَلَفَ وَأَمۡرُهُۥٓ إِلَى ٱللَّهِۖ وَمَنۡ عَادَ فَأُوْلَٰٓئِكَ أَصۡحَٰبُ ٱلنَّارِۖ هُمۡ فِيهَا خَٰلِدُونَ٢٧٥ يَمۡحَقُ ٱللَّهُ ٱلرِّبَوٰاْ وَيُرۡبِي ٱلصَّدَقَٰتِۗ وَٱللَّهُ لَا يُحِبُّ كُلَّ كَفَّارٍ أَثِيمٍ

«Sudxrlik qiladigan kishilar oxiratda qabrlaridan xuddi jin tekkan odamdek turadilar. Sababi, ular: «Savdosotiq ham xuddi sudxrlik bilan bir xil, har ikkisi ham halol, ikkisi ham molning kpayishiga olib keladi», deyishdi. Alloh ularning szlarini inkor qildi va savdoni halol, riboni esa harom qildi. Kimga Allohning riboni taqiqlovchi amri yetgach, undan tiyilsa, harom qilinishidan oldingi qilganiga gunoh yoʻq va bundan buyogʻidagi ishi Allohga havoladir. Agar tavbasiga sodiq qolsa, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrlarini zoye qilmaydi. Kim riboning haromligini bilganidan keyin ham u bilan shuullanishda davom etsa, unday kimsa jazoga haqli bladi va Alloh huzurida bahonasi qolmaydi. Shuning uchun Alloh subhonahu va taolo: «Anashalar dzax egalaridir, ular unda mangu qolgaylar», dedi. Alloh sudxrlikdan topilgan boylikni butkul yoʻq qiladi yoxud sudxr topgan molning barakasinichiradi va u molidan foyda topmaydi. Sadaqalarni esa undirib-oʻstirib, kpaytiradi, sadaqa qiluvchilarning ajru savoblarini ziyoda qiladi va mollariga baraka beradi. Alloh taolo kufrida mahkam turuvchi, sudxrlikni halol sanovchi, gunohu maʼsiyatga va haromga mukkasidan ketuvchi hech bir kishini yoqtirmaydi» (Baqara, 275276).

 

Shuningdek, Alloh taolo deydi

﴿يَٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ ٱتَّقُواْ ٱللَّهَ وَذَرُواْ مَا بَقِيَ مِنَ ٱلرِّبَوٰٓاْ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِينَ٢٧٨ فَإِن لَّمۡ تَفۡعَلُواْ فَأۡذَنُواْ بِحَرۡبٖ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦۖ وَإِن تُبۡتُمۡ فَلَكُمۡ رُءُوسُ أَمۡوَٰلِكُمۡ لَا تَظۡلِمُونَ وَلَا تُظۡلَمُونَ﴾

«Ey Allohga iymon keltirganlar, Allohdan qoʻrqinglar va agar haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, sudxoʻrlik (ribo) harom boʻlishidan ilgari (yaʼni, sudxoʻrlikning haromligi eʼlon qilinmasidan avval, shuningdek, bu ishning haromligini bilishingizdan burun) dastmoyangiz ustiga qoʻyilgan foizlardan qolib ketganlarini (qarzdorlar hali toʻlamagan ustama haqlarni) tark qilinglar va ularni talab qilmanglar! Agar Alloh qaytargan narsadan tiyilmasangiz, Alloh va Rasuliga qarshi urushga (kirganingizga) aniq ishonaveringlar! Agar Rabbingiz tomonga qaytsangiz va sudxoʻrlikni tark qilsangiz, qarzga bergan sarmoyangizning oʻzini qoʻshimcha foizsiz qaytarib olishlaringiz mumkin. Shunda sarmoyaga qoʻshimcha foiz qoʻshib olish bilan birovga zulm qilmaysizlar, qarzdorlar ham sarmoyangizni kamaytirib berish bilan sizlarga zulm qilmaydi» (Baqara: 278, 279).

Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelgan sahih hadisda:

»‌لَعَنَرَسُولُاللهِ صلى الله عليه وسلم آكِلَ الرِّبَا وَمُوكِلَهُ، وَكَاتِبَهُ وَشَاهِدَيْهِ، وَقَالَ: هُمْ سَوَاء».

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ribo yeydiganni ham, uni yediruvchisini, kotibini ham, ikki guvohini ham laʼnatladilar va: «Ular bab-barobardirlar», dedilar» (Sahihi Muslim, 1598).

Buxoriy rivoyat qilgan hadisda ham Abu Juhayfa raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ribo yeyishdan va uni yedirishdan qaytarganlarini hamda suratkashni laʼnatlaganlarini aytgan (Buxoriy, 2086). 

Sahihi Buxoriy va Sahihi Muslimda keladi:

اجْتَنِبُوا السَّبْعَ المُوبِقاتِ قالوا: يا رَسُولَ اللَّهِ، وَما هُنَّ؟ قالَ: الشِّرْكُ باللَّهِ، والسِّحْرُ، وَقَتْلُ النَّفْسِ الَّتي حَرَّمَ اللَّهُ إِلّا بالحَقِّ، وَأَكْلُ الرِّبا، وَأَكْلُ مالِ اليَتِيمِ، والتَّوَلِّي يَومَ الزَّحْفِ، وَقَذْفُ المُحْصَناتِ المُؤْمِناتِ الغافِلاتِ.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Yetti halok qiluvchidan uzoq boʻlinglar!» dedilar. «Ey Allohning Rasuli,ular nimalar?» deyishdi. «Allohga shirk keltirish, sehr qilish, Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni nohaq oʻldirish, ribo yeyish, yetimning molini yeyish, qoʻshin bostirib kelganda ortga qochish, oʻzini saqlagan, moʻmina, pokdomon ayollarga tuhmat qilish», dedilar» (Buxoriy: 2766; Muslim: 89).

Riboning haromligi va undan ogohlantirish toʻgʻrisida oyat va hadislar juda kp. Shunday ekan, barcha musulmonlar sudxrlikni tashlashlari va birbirlarini bu ishni tashlashga chaqirishlari lozim. Musulmon davlat rahbarlari esaz mamlakatlaridagi banklarda ribo bilan shuullanishni taqiqlashlari va Allohning amriga binoan, pok shariat hukmiga rioya qilishga majburlashlari kerak. Aks holda, Allohning azobi tushishi mumkin. Alloh taolo aytadi

﴿لُعِنَ ٱلَّذِینَ كَفَرُوا۟ مِنۢ بَنِیۤ إِسۡرَٰۤءِیلَ عَلَىٰ لِسَانِ دَاوُۥدَ وَعِیسَى ٱبۡنِ مَرۡیَمَۚ ذَٰلِكَ بِمَا عَصَوا۟ وَّكَانُوا۟ یَعۡتَدُونَ ۝٧٨ كَانُوا۟ لَا یَتَنَاهَوۡنَ عَن مُّنكَرࣲ فَعَلُوهُۚ لَبِئۡسَ مَا كَانُوا۟ یَفۡعَلُونَ

«Alloh taolo Bani Isroil qavmidagi kofirlarni Dovud alayhissalomga nozil qilgan Zaburda va Iso alayhissalomga nozil qilgan Injilda laʼnatlaganini, yaʼni rahmatidan quvganini maʼlum qildi. Sababi, ular osiylik qilishgan va Alloh harom qilgan ishlarga qoʻl urishgan edi. Oʻsha yahudiylar gunohlarni ochiqcha qilishar va gunohlarga rozi boʻlib turishar, bir-birlarini qilayotgan nojoʻya ishlaridan qaytarishmas edi. Bu ularning yomon ishlaridan biri boʻlib, shu sababli Allohning rahmatidan quvilishga loyiq boʻldilar» (Moida, 7879).

Yana Alloh taolo aytadi:

﴿وَٱلۡمُؤۡمِنُونَ وَٱلۡمُؤۡمِنَٰتُ بَعۡضُهُمۡ أَوۡلِيَآءُ بَعۡضٖۚ يَأۡمُرُونَ بِٱلۡمَعۡرُوفِ وَيَنۡهَوۡنَ عَنِ ٱلۡمُنكَرِ

«Alloh va Rasuliga iymon keltirgan moʻmin va moʻminalar bir-birlariga yordamchidirlar. Ular odamlarni iymonga va solih amallarga chorlaydilar, kufr va gunohlardan qaytaradilar..» (Tavba, 71).

 

إنَّ النّاسَ إذا رأوا المنكرَ فلم يغيِّروه أوشكَ أنْ يعمَّهُم اللهُ بعقابِه

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar odamlar yomonlikni koʻrib uni toʻxtatmasalar, Alloh ularga umumiy azob yuborishi yaqin»Majmuʼ alfatovo» Ibn Taymiyya, Ibn Boz sahih degan).   

Yaxshilikka buyurish va yomonlikdan qaytarish vojibligi borasida oyat va hadislar kp blib, bu barchaga maʼlum va mashhurdir.

Allohdan barcha musulmonlarga, rahbarlarga, ularning qoʻl ostidagilarga, ulamolarga va oddiy xalqqa, barchalariga Allohning shariatiga muvofiq yashashni, unga sodiq qolishni va unga zid blgan hamma narsadan saqlanishni nasib etishini sraymiz. Darhaqiqat, U Zot eng yaxshi sraluvchidir.

Shayx Ibn Boz.

 

Muayyan foyda evaziga bankka pul qoʻyish hukmi

Savol

Banklarga muayyan foyda olish sharti bilan pul qoʻyish hukmi qanday?

Javob:
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar blsin.

Banklarga muayyan foyda olish sharti bilan pul qoʻyish joiz emas, chunki bu bitimda ribo mavjud. Alloh taolo aytadi

﴿ وَأَحَلَّ ٱللَّهُ ٱلۡبَيۡعَ وَحَرَّمَ ٱلرِّبَوٰاْۚ

«Alloh savdoni halol, riboni esa harom qildi» (Baqara: 275). Yana Alloh taolo deydi

﴿ یَـٰۤأَیُّهَا ٱلَّذِینَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَذَرُوا۟ مَا بَقِیَ مِنَ ٱلرِّبَوٰۤا۟ إِن كُنتُم مُّؤۡمِنِینَ ۝٢٧٨ فَإِن لَّمۡ تَفۡعَلُوا۟ فَأۡذَنُوا۟ بِحَرۡبࣲ مِّنَ ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦۖ وَإِن تُبۡتُمۡ فَلَكُمۡ رُءُوسُ أَمۡوَٰلِكُمۡ لَا تَظۡلِمُونَ وَلَا تُظۡلَمُونَ ۝٢٧٩﴾

«Ey Allohga iymon keltirgan va Uning paygʻambariga ergashgan kishilar, Allohdan qoʻrqinglar va agar soʻzu amalda haqiqiy moʻmin boʻlsangiz, sudxoʻrlik (ribo) harom boʻlishidan ilgari (yaʼni, sudxoʻrlikning haromligi eʼlon qilinmasidan avval, shuningdek, bu ishning haromligini bilishingizdan burun) dastmoyangiz ustiga qoʻyilgan foizlardan qolib ketganlarini (qarzdorlar hali toʻlamagan ustama haqlarni) tark qilinglar va ularni talab qilmanglar! Agar Alloh qaytargan narsadan tiyilmasangiz, Alloh va Rasuliga qarshi urushga (kirganingizga) aniq ishonaveringlar! Agar Rabbingiz tomonga qaytsangiz va sudxoʻrlikni tark qilsangiz, qarzga bergan sarmoyangizning oʻzini qoʻshimcha foizsiz qaytarib olishlaringiz mumkin. Shunda sarmoyaga qoʻshimcha foiz qoʻshib olish bilan birovga zulm qilmaysizlar, qarzdorlar ham sarmoyangizni kamaytirib berish bilan sizlarga zulm qilmaydi (Baqara, 278279).

Pul qoʻyuvchi oladigan bu foydada hech qanday baraka blmaydi. Chunki Alloh taolo aytadi

﴿يَمۡحَقُ ٱللَّهُ ٱلرِّبَوٰاْ وَيُرۡبِي ٱلصَّدَقَٰتِۗ

«Alloh riboni yoʻq qiladi, sadaqalarni esa kpaytiradi» (Baqara: 276). Bu sudxrlik «nasiya ribosi» va «fazl ribosi» turiga kiradi, yaʼni, pul qoʻyuvchiz pulini bankka maʼlum muddatga, maʼlum foyda olish sharti bilan qoʻyadi.

Doimiy fatvo qoʻmitasi.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

1

O’xshash fatvolar

  • Bir valyutadan boshqa valyutaga pul o‘tkazish

    Bir valyutada pul yuborib, uni qabul qiluvchi boshqa valyutada olishining hukmi nima? Masalan, maoshimni Saudiya riyolida olaman va uni Sudan riyoliga oʻtkazaman, Saudiya riyoli uch Sudan riyoliga teng. Bu ribomi (sudxo‘rlikmi)? (Ya’ni, bu yerda gap bank orqali yoki boshqa tizimlar yordamida pul oʻtkazish haqida ketyapti: Masalan, shaxsning hisobidan Saudiya riyoli yoki Oʻzbek soʻmi yo dollarni boshqa davlatga yuborganda oʻsha yerning pul birligiga aylanib hisobga tushadi. Shar’iy qoidalarga koʻra ikki jinsdagi pulni almashtirganda qoʻlma-qoʻllik topilishi kerak, savol beruvchi bu holatda qoʻlma-qoʻl boʻlmagani uchun ribo boʻlib qoladimi, degan xavotirda savol yoʻllagan – tarj.).
  • Haromligini bilishdan oldin kasb qilingan ribo molidan qutulish kerakmi?

    Bir kishi bankka qo‘ygan mablag‘lari uchun foiz olishga odatlangan edi. Keyinchalik bu ishning harom ekanligini bildi va foiz olishni to‘xtatdi. Shundan so‘ng u tavbasining shartlarini to‘liq ado etish uchun bu pulni xayriya qilishi kerakligini his qildi, ammo u ikki muammoga duch keldi: Birinchidan, u oldin bankdan olgan foizning to‘g‘ri miqdorini hisoblay olmaydi. Ikkinchidan, bu shaxsning hozirgi paytda mavjud jamg‘armasi avvalgi yillarda bankdan olgan foiz miqdoridan kamroq. Yuqoridagilarga asoslanib, quyidagilarga javob berishingizni so‘raymiz: 1. Bu shaxs tavbasining shartlaridan bankdan olgan barcha foiz miqdorlariga teng bo‘lgan to‘g‘ri summani xayriya qilish kerakmi? 2. Agar yuqoridagi savolga javobingiz ijobiy bo‘lsa, o‘zi va oila a’zolarining asosiy ehtiyojlarini ta’minlagandan so‘ng unda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday mablag‘larni darhol xayriya qilishi kerakmi? Masalan, bu shaxs zaruriy ehtiyojlardan hisoblanmaydigan, ammo ahamiyatdan xoli bo‘lmagan narsalarni sotib olishi joizmi? Misol uchun, uy-joy, taom, kiyim-kechak, dori va transport vositalaridan tashqari kompyuter ham sotib olishi joizmi? 3. Agar ikkinchi savolga ham javobingiz ijobiy bo‘lsa, ushbu shaxs bank foiziga teng miqdordagi mablag‘ni xayriya qilishdan oldin o‘z ixtiyoriga kelib qolishi mumkin bo‘lgan har qanday mablag‘ bilan haj ibodatini ado etishi joizmi?
  • Obligatsiyalar (qimmatli qogʻozlar) savdosi joizmi?

    Belgilangan daromad keltiradigan obligatsiyalar bilan savdo-sotiq qilishning shar’iy hukmi nima?
  • Bank orqali uy sotib olish joizmi?

    Britaniya bankidan uy sotib olish uchun foizli qarz olish joizmi?
  • Ribo evaziga qurilgan masjidda namoz o‘qish joizmi?

    Biz yashaydigan hududda Islom markazi qurildi. Bu yerdagi musulmonlar katta foizli qarz olib, mulkni sotib olishgan. Masjid qurilishida ham foizli qarz ishlatilgan. Musulmon talabani ushbu masjidda namoz o‘qishi yoki tadbirlarda ishtirok etishi harommi? Yoki uning o‘rniga boshqa masjidlarga borishi kerakmi?
  • Kreditga sotib olingan buyumdan foydalanish

    Ota-onam menga mashina sotib olishdi va hozirda uning qiymatini foiz bilan to‘lashmoqda. Bu mashinadan foydalanishim joizmi yoki yo‘qmi? Shuni ham aytib o‘tishim kerakki, ota-onam hali ham to‘lovlarni amalga oshirib kelmoqda.