O'qildi: 23
Oktabr 23, 2025
/ 1 Jumadal-ula 1447
Fatvo mavzusi: Jamoat namozi
Savol
Safda joy topa olmagan va imomning o‘ng tomoniga turib olgan muqtadiyning namozi hukmi qanday boʻladi?
O’xshash fatvolarJavob
Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.
Jamoat ikki yoki undan ortiq kishidan iborat bo‘lsa, sunnatga ko‘ra imom jamoat a’zolaridan oldinda turishi lozim. Biror kimsaning imomning yoniga turib olishi to‘g‘ri emas, faqat zarurat holatgina bundan mustasno. Masalan, masjid to‘lib, imomning yonidan boshqa joy qolmagan bo‘lsa, joiz bo‘ladi. Agar muqtadiy ikki kishi bo‘lsa va imomning yonida turish zarurati tugʻilsa, ulardan biri imomning o‘ng tomonida, ikkinchisi chap tomonida tursin. Ikkalasi ham imomning o‘ng tomonida turmasligi lozim. Islomning avvalida jamoat uch kishidan iborat bo‘lganda imom ularning o‘rtasida turishi buyurilgan edi. Keyinchalik bu hukm bekor qilinib, ikkalasi ham imomning orqasida turishi mashru’ qilindi. Bugun koʻpchilik «agar muqtadiy ikki kishidan iborat boʻlsa va ular imomning yonida turishlariga ehtiyoj tugʻilsa, u holda imomning o‘ng tomonida turishlari kerak», deb o‘ylashadi, ammo bu gapning hech qanday shar’iy asosi yo‘q. Ha, muqtadiy bir oʻzi bo‘lsagina, u imomning o‘ng tomonida turadi.
Bu javob foydali bo’ldimi?