Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar

Namoz


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Iymon » Oxiratga iymon keltirish » Dajjol, Dobba va Yaʼjuj-Maʼjuj toʻgʻrisida
Fatvo: 171

O'qildi: 908

30.05.2025

/ 3 Zulhijja 1446

Fatvo mavzusi:

Dajjol, Dobba va Yaʼjuj-Maʼjuj toʻgʻrisida

Savol

Bizga Dajjol, Dobba va Yaʼjuj-Maʼjuj haqida qisqacha maʼlumot bera olasizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Dajjol – Alloh yaratgan bir inson boʻlib, u Qiyomatga ozgina qolganda, qandaydir sababga koʻra qattiq darajada gʻazabnok boʻlganida xuruj qiladi va Yerda buzgʻunchilik bilan kezadi, xudolikni daʼvo qiladi va odamlarni oʻziga sigʻinishga chaqiradi. Alloh unga imtihon uchun berib qoʻygan yomgʻir yogʻdirish, Yerni oʻt-oʻlanlar bilan tiriltirish va Yer osti xazinalarini yuzaga chiqarish kabi gʻayri tabiiy (xoriqulodda) xususiyatlar bilan odamlarni fitnalaydi. U qizgʻish rang, kalta boʻyli, jingalak–soch, oʻng koʻzi nuri oʻchgan shapkoʻr, chap koʻzi esa boʻrtib chiqqan bir parcha et bilan qoplangan, ikki koʻzining oʻrtasiga «kofir» deb yozib qoʻyilgan boʻladi. unga ergashadiganlarning aksar qismi yahudiylar boʻladi. Dajjolning fitnasi Falastindagi «Lud» shahri ostonasida, shu voqyealar asnosida osmondan nozil boʻlgan Iso ibn Maryam alayhissalom uni nayza bilan oʻldirganidan soʻng barham topadi. 

Yaʼjuj va Maʼjuj ham – Odam bolasidan boʻlgan ikki kofir qabiladir. Yuzlari keng–yalpoq, koʻzlari kichik boʻladi. Ular bir paytlar buzgʻunchilik qilib haddan oshganida Alloh ularga qarshi Zul-qarnaynni chiqargan. Oʻshanda Zul-qarnayn ularni qolgan dunyodan toʻsib turuvchi ulkan toʻsiq-devor qurgan boʻlib, ular hali hanuz toʻxtamasdan uni teshib tashqari chiqishga urinib keladilar. Faqat oxir zamon boʻlganda, Iso alayhissalom Dajjolni oʻldirganidan soʻng, Alloh ularga devorni teshib chiqishga izn berganidagina devordan tashqari chiqishga muvaffaq boʻladilar. Keyin ular son–sanoqsiz toʻplar boʻlib chor taraf tarqaladilar va odamlar ustiga har tepalikdan oqib tusha boshlaydilar. «Tabariyya» koʻlini ichib quritadilar. Yerda buzgʻunchilik qiladilar. hech kim ularga qarshilik koʻrsatolmaydi. Hatto Iyso alayhissalom ham, atrofidagi moʻminlar bilan Allohdan ularni qutqarishlarini soʻrab «Tur» togʻiga chekinib chiqadilar. Oxiri Alloh boʻyinidan kirib tanasini ichidan yeya boshlaydigan qurt chiqarib Yaʼjuj va Maʼjujni halok qiladi, jasadlarini esa dengizga oborib tashlaydigan qushlarni yuboradi, ketidan yomgʻir yogʻdirib ular jasadidan qolgan sassiq-iflosliklarini tozalab tashlaydi. 

   Dobba: Misli koʻrilmagan bahaybat bir (urgʻochi) maxluq boʻlib, Alloh uni odamlar juda buzilib ketgan vaqtda yerdan (ehtimol Makka haramidan) chiqaradi. U aqll–ongli, gapiradigan maxluq boʻladi va odamlarga gapiradi, vaʼz qiladi. Yana u har bir inson burni ustiga moʻminlarni kofirlardan ajratadigan belgi–alomat qoʻyib chiqadi.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun, Yusuf al–Vobilni «Qiyomat alomatlari» kitobiga yoki Umar al–Ashqarning «Katta qiyomat» kitobiga murojaat qilishingiz mumkin!

   Musulmon kishi Alloh va Rasulining har bir soʻziga, jumladan, koinotda Allohning kuch-qudratiga dalolat qiluvchi ajoyibu-gʻaroyib maxluqotlardan qanchadan qancha yaratgan va bundan keyin ham yaratajak ekaniga iymon keltirib ishonmogʻi lozim.  

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

7

O’xshash fatvolar

  • Jannatga kiradigan yahudiy va nasroniylar kimlar?

    Alloh taoloning: «Albatta, iymon keltirgan zotlar, yahudiy bo‘lganlar, nasroniylar va sobiiylar qaysilari Allohga, Oxirat kuniga ishonsa va yaxshi amallar qilsa, o‘shalarga Parvardigorlari huzurida ajr bordir va ular uchun xavf-u xatar, g‘am-anduh yo‘qdir», oyati bilan islomga kirmagam yahudiy va nasroniylar jannatga kirmasligi haqidagi so‘zni qanday muvofiqlashtiramiz?
  • Islom yetib bormagan kishilar hukmi

    Islom haqida hech qanday ma’lumot yetib bormagan odamlarning ahvoli nima bo‘ladi? Ularning hukmi qanday?
  • Qiyomatdagi hisob kitob muddati

    Qiyomat kuni mo‘minning hisob-kitobi muddati kofirnikidan farq qiladimi?
  • Qiyomat kuni Alloh bilan uchrashuv

    Alloh qayerda? Biz qiyomat kuni Alloh bilan uchrasha olamizmi?
  • Mahdiy haqiqatmi?

    Mahdiyning kelishi haqidagi hadis sahihmi yoki yo‘qmi? Do‘stlarimdan biri bu hadis sahih emas, zaif ekanligini aytgani uchun bu savolni beryapman.
  • Islom yetib bormagan kofirlarning qismati

    Islom haqida eshitmagan kofirlarning holi nima kechadi?