Mavzular

Yangi fatvolar

Maqolalar

Kitoblar


Saqlanganlar

Murakkab qidiruv


Loyiha haqida

Fikr bildiring

Bosh sahifa » Eʼtiqod masalalari » Tavhid masalalari » Allohning ism va sifatlari » Qiyomat kuni Alloh bilan uchrashuv
Fatvo: 1916

O'qildi: 20

Noyabr 5, 2025

/ 14 Jumadal-ula 1447

Fatvo mavzusi: »

Qiyomat kuni Alloh bilan uchrashuv

Savol

Alloh qayerda? Biz qiyomat kuni Alloh bilan uchrasha olamizmi?

O’xshash fatvolar

Javob

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomlar bo‘lsin.

Ulug‘ Kitob va Payg‘ambar sunnatidan kelgan shar’iy dalillar Alloh subhonahu va taolo osmonlar ustida, O‘z arshiga O‘z jaloli va ulug‘ligiga munosib ravishda istivo qilganini ko‘rsatadi. Alloh subhonahu aytadi: «Rahmon arshga istivo qildi». (Ko‘proq tafsilot uchun 992-savolga murojaat qiling).

Alloh taolo bilan uchrashuv va Uni ko‘rish haqida shuni aytish mumkinki, Alloh bilan uchrashuv o‘limdan keyin va qiyomat kuni bo‘ladi. Uni ko‘rish esa faqat qiyomat kuni yuz beradi.

O‘limdan keyingi Alloh bilan uchrashuv haqida Imom Buxoriy rahimahulloh «Sahih»ida shunday bob keltirgan: «Kim Alloh bilan uchrashuvni xohlasa, Alloh ham u bilan uchrashuvni xohlaydi».

عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ، عَنِ النَّبِيِّ قَالَ: «مَنْ أَحَبَّ لِقَاءَ اللهِ أَحَبَّ اللهُ لِقَاءَهُ، وَمَنْ كَرِهَ لِقَاءَ اللهِ كَرِهَ اللهُ لِقَاءَهُ. قَالَتْ عَائِشَةُ أَوْ بَعْضُ أَزْوَاجِهِ: إِنَّا لَنَكْرَهُ الْمَوْتَ، قَالَ: لَيْسَ ذَاكِ، وَلَكِنَّ الْمُؤْمِنَ إِذَا حَضَرَهُ الْمَوْتُ بُشِّرَ بِرِضْوَانِ اللهِ وَكَرَامَتِهِ، فَلَيْسَ شَيْءٌ أَحَبَّ إِلَيْهِ مِمَّا أَمَامَهُ، فَأَحَبَّ لِقَاءَ اللهِ وَأَحَبَّ اللهُ لِقَاءَهُ، وَإِنَّ الْكَافِرَ إِذَا حُضِرَ بُشِّرَ بِعَذَابِ اللهِ وَعُقُوبَتِهِ، فَلَيْسَ شَيْءٌ أَكْرَهَ إِلَيْهِ مِمَّا أَمَامَهُ، كَرِهَ لِقَاءَ اللهِ وَكَرِهَ اللهُ لِقَاءَهُ»

Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim Allohga yo‘liqishni istasa, Alloh ham unga yo‘liqishni istaydi. Kim Allohga yo‘liqishni istamasa, Alloh ham unga yo‘liqishni istamaydi». Oisha [yoki u zotning zavjalaridan biri]: «Axir biz o‘limni yoqtirmaymiz-ku», dedi. U zot shunday dedilar: «Bu emas. Mo‘minga o‘lim kelsa, unga Allohning roziligi va ikromidan bashorat beriladi. Shunda uning uchun kelgusidagidan yoqimliroq narsa bo‘lmay qoladi. Natijada u Allohga yo‘liqishni istab qoladi va Alloh ham unga yo‘liqishni istaydi. Kofirga o‘lim kelsa, unga Allohning azobi va uqubatidan bashorat beriladi. Shunda uning uchun kelgusidagidan yoqimsizroq narsa bo‘lmay qoladi. U Allohga yo‘liqishni istamaydi, Alloh ham unga yo‘liqishni istamaydi» (Sahihi Buxoriy, 6507).

«Shunda uning uchun kelgusidagidan yoqimliroq narsa bo‘lmay qoladi» degan jumla — ya’ni o‘limdan keyin uni kutib turgan narsadir.

Muslim va Nasoiy Shurayh ibn Honi’ yo‘li bilan keltirgan rivoyatda shunday deyiladi:

عَنْ شُرَيْحِ بْنِ هَانِئٍ عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : «مَنْ أَحَبَّ لِقَاءَ اللهِ أَحَبَّ اللهُ لِقَاءَهُ، وَمَنْ كَرِهَ لِقَاءَ اللهِ كَرِهَ اللهُ لِقَاءَهُ قَالَ: فَأَتَيْتُ عَائِشَةَ فَقُلْتُ: يَا أُمَّ الْمُؤْمِنِينَ سَمِعْتُ أَبَا هُرَيْرَةَ يَذْكُرُ عَنْ رَسُولِ اللهِ حَدِيثًا، إِنْ كَانَ كَذَلِكَ فَقَدْ هَلَكْنَا فَقَالَتْ: إِنَّ الْهَالِكَ مَنْ هَلَكَ بِقَوْلِ رَسُولِ اللهِ ﷺ، وَمَا ذَاكَ؟ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ : مَنْ أَحَبَّ لِقَاءَ اللهِ أَحَبَّ اللهُ لِقَاءَهُ، وَمَنْ كَرِهَ لِقَاءَ اللهِ كَرِهَ اللهُ لِقَاءَهُ وَلَيْسَ مِنَّا أَحَدٌ إِلَّا وَهُوَ يَكْرَهُ الْمَوْتَ فَقَالَتْ: قَدْ قَالَهُ رَسُولُ اللهِ ﷺ، وَلَيْسَ بِالَّذِي تَذْهَبُ إِلَيْهِ، وَلَكِنْ إِذَا شَخَصَ الْبَصَرُ، وَحَشْرَجَ الصَّدْرُ، وَاقْشَعَرَّ الْجِلْدُ، وَتَشَنَّجَتِ الْأَصَابِعُ فَعِنْدَ ذَلِكَ مَنْ أَحَبَّ لِقَاءَ اللهِ أَحَبَّ اللهُ لِقَاءَهُ، وَمَنْ كَرِهَ لِقَاءَ اللهِ كَرِهَ اللهُ لِقَاءَهُ».

Shurayh ibn Honi’dan rivoyat qilinadi: «Abu Hurayra shunday dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohning diydorini istasa, Alloh ham uning diydorini istaydi. Kim Allohning diydorini istamasa, Alloh ham uning diydorini istamaydi», dedilar». Men Oishaning oldiga kelib, «Ey mo‘minlarning onasi, Abu Hurayraning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis aytganini eshitdim. Agar u aytganidek bo‘lsa, shak shubhasiz halok bo‘libmiz», degan edim, «Haqiqiy halokatga uchragan odam – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlari ila halok bo‘lgan odamdir. U nima gap ekan?» deb so‘radi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohning diydorini istasa, Alloh ham uning diydorini istaydi. Kim Allohning diydorini istamasa, Alloh ham uning diydorini istamaydi», degan ekanlar. Axir hammamiz ham o‘limni yoqtirmaymiz-ku?» degan edim, u shunday dedi: «Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar, lekin sen o‘ylagan ma’noda emas. (O‘lim oldidan) ko‘zlar qotsa, nafas ko‘ksiga tiqilib, badan qaltiray boshlab, barmoqlar tortishsa, ana shunday paytda kim Allohning diydorini istasa, Alloh ham uning diydorini istaydi. Kim Allohning diydorini istamasa, Alloh ham uning diydorini istamaydi» (Sahihi Muslim, 2685).

Xattobiy aytadi: «Uchrashuv bir necha holatlarga tushadi: ulardan – ko‘rish; ulardan – tirilish, Alloh taoloning «Alloh bilan uchrashuvni yolg‘onga chiqarganlar» degan so‘zi kabi; ulardan – o‘lim, Uning «Kim Alloh bilan uchrashuvni umid qilsa, Allohning ajali keluvchidir» va «Ayt: sizlar qochayotgan bu o‘lim albatta sizlarga yo‘liqquvchidir» degan so‘zi kabi».

Shuning uchun avvalgi hadisda zikr qilingan «Allohga yoʻliqish» – o‘limning o‘zi emas. Buni «Oʻlim Allohga yoʻliqishdan oldindir» degan boshqa bir rivoyat tasdiqlaydi. Biroq, o‘lim Alloh bilan uchrashishga vosita bo‘lgani uchun, u Alloh bilan uchrashish deb ataladi.

Imom Abu Ubayd Qosim ibn Sallom, Alloh u kishini rahmat qilsin, shunday deydilar: «Hadisdan ko‘zlangan ma’no o‘limni va uning qiyinchiligini yoqtirmaslik emas, chunki bundan hech kim xoli emas. Aksincha, qoralangan narsa bu dunyoni afzal ko‘rish va unga moyil bo‘lish hamda Allohga va oxirat diyoriga borishni yoqtirmaslikdir». U kishi yana qo‘shimcha qiladilar: «Buni Alloh taoloning bir qavmni hayotni sevganlari uchun malomat qilib aytgan so‘zlari yanada oydinlashtiradi: «Albatta, Bizga ro‘baro‘ bo‘lishni umid qilmaydigan, hayoti dunyoning o‘zigagina rozi bo‘lib, faqat o‘sha bilan xotirlari jam bo‘lgan kimsalar hamda Bizning oyatlarimizdan g‘ofil qolgan kimsalar – ana o‘shalarning oxiratda borar joylari jahannamdir. Bu ularning dunyo hayotida qilgan gunoh va yomonliklariga jazodir» (Yunus: 7-8).

Imom Navaviy shunday deydi: «Hadisda tilga olingan muhabbat va nafrat, shar’iy nuqtai nazardan, o‘lim talvasasi paytida tavba qabul qilinmaydigan holatda yuz beradi. Aynan shu daqiqada jon talvasasidagi kishiga haqiqat ayon bo‘ladi va uning oxirgi manzili ko‘rsatiladi».

Hadisda «sog‘lom holatda o‘limni yoqtirmaslik» iborasining izohi keltirilgan: dunyo hayotini oxirat ne’matlaridan afzal ko‘rib, o‘limni yomon ko‘rgan kishi qoralanadi. Biroq, amallarida kamchilikka yo‘l qo‘ygan, farzlarni to‘liq ado etmagan va Allohning amrlarini lozim darajada bajarmagan kishilar hisob-kitobdan qo‘rqib o‘limni yoqtirmasalar, ularning uzri bor. Shunday bo‘lsa-da, bunday holatga tushgan inson tezda tayyorgarlik ko‘rishi lozim, toki o‘lim kelganda uni yomon ko‘rmasin, aksincha, Alloh taolo bilan uchrashish umidida uni xotirjam qarshi olsin.

Yuqoridagi hadisda Alloh taoloni dunyoda hech bir tirik jon ko‘ra olmasligi, bu faqat mo‘minlarga o‘limdan keyin nasib bo‘lishi aytilgan. Bu ma’no «O‘lim Alloh bilan uchrashuvdan oldindir» degan iboradan kelib chiqadi. Ushbu tushuncha «Sahihi Muslim»da keltirilgan Abu Umoma rivoyat qilgan hadisda yanada aniqroq ifodalangan.

قَالَ ابْنُ شِهَابٍ وَأَخْبَرَنِي عُمَرُ بْنُ ثَابِتٍ الْأَنْصَارِيُّ : أَنَّهُ أَخْبَرَهُ بَعْضُ أَصْحَابِ رَسُولِ اللهِ : أَنَّ رَسُولَ اللهِ قَالَ يَوْمَ حَذَّرَ النَّاسَ الدَّجَّالَ: إِنَّهُ مَكْتُوبٌ بَيْنَ عَيْنَيْهِ كَافِرٌ، يَقْرَؤُهُ مَنْ كَرِهَ عَمَلَهُ، أَوْ يَقْرَؤُهُ كُلُّ مُؤْمِنٍ وَقَالَ: تَعَلَّمُوا أَنَّهُ لَنْ يَرَى أَحَدٌ مِنْكُمْ رَبَّهُ ﷿ حَتَّى يَمُوتَ.

Ibn Shihob aytadi: «Umar ibn Sobit al-Ansoriy shunday dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan biri menga shunday degan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni Dajjoldan ogohlantirgan kuni shunday dedilar: «Uning ikki ko‘zi o‘rtasida «kofir» degan yozuv bor. Uning amalini yoqtirmagan har bir inson [yoki barcha mo‘min] buni o‘qiy oladi. Bilib qo‘yinglar, hech kim vafot etmagunicha Robbi azza va jallani ko‘ra olmaydi!» (Sahihi Muslim, 2931).

Qiyomat kuni Alloh bilan uchrashuv va Uni ko‘rish esa, bu ko‘p dalillarda sobit bo‘lgan, shu jumladan Alloh taoloning quyidagi oyatida ham kelgan:

﴿ وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَّاضِرَةٌ ۝٢٢ إِلَىٰ رَبِّهَا نَاظِرَةٌ ۝٢٣

«U Kunda (mo‘minlarning) yuzlari yashnab, Parvardigorlariga boqib turguvchidir!» (Qiyomat: 22-23).

أَنَّ أَبَا هُرَيْرَةَ أَخْبَرَهُمَا: «أَنَّ النَّاسَ قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، هَلْ نَرَى رَبَّنَا يَوْمَ الْقِيَامَةِ؟ قَالَ: هَلْ تُمَارُونَ فِي الْقَمَرِ لَيْلَةَ الْبَدْرِ، لَيْسَ دُونَهُ سَحَابٌ؟. قَالُوا: لَا يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: فَهَلْ تُمَارُونَ فِي الشَّمْسِ لَيْسَ دُونَهَا سَحَابٌ؟. قَالُوا: لَا، قَالَ: فَإِنَّكُمْ تَرَوْنَهُ كَذَلِكَ

Abu Hurayra roziyallohu anhu xabar qiladi: «Odamlar: «Ey Allohning Rasuli, qiyomat kuni Robbimizni ko‘ramizmi?» deyishdi. «Bulutsiz oydin kechada oy(ni ko‘rish)ga shubha qilasizlarmi?» dedilar. «Yo‘q, ey Allohning Rasuli», deyishdi. «Bulut to‘smagan quyosh(ni ko‘rish)ga shubha qilasizlarmi?» dedilar. «Yo‘q», deyishdi. «Albatta, U Zotni ham xuddi shunday ko‘rasizlar», dedilar» (Sahihi Buxoriy, 806).

Alloh taolodan so‘raymizki, bizni O‘zi rozi bo‘lgan holda uchratsin. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Allohning salovoti va salomlari bo‘lsin.

Alloh bilguvchiroqdir.

Fatvo manbasi

Maqola borasida fikringiz?

Izoh sababi
Ushbu qator to'ldirilishi shart.

Bu javob foydali bo’ldimi?

0

O’xshash fatvolar

  • Alloh taoloning goʻzal ismlari

    Men Alloh taoloning 99 ismidan 33 tasini o‘rganganman, qolganlarini bilmayman. Alloh taoloning ismlari ro‘yxatini internetdan qayerdan topishim mumkin? Yoki siz buni bilarsiz?
  • Mahdiy haqiqatmi?

    Mahdiyning kelishi haqidagi hadis sahihmi yoki yo‘qmi? Do‘stlarimdan biri bu hadis sahih emas, zaif ekanligini aytgani uchun bu savolni beryapman.
  • Islom yetib bormagan kofirlarning qismati

    Islom haqida eshitmagan kofirlarning holi nima kechadi?
  • Jannat ahli dunyodagi hayotlarini eslaydilarmi?

    Jannat ahli dunyoda qanday yashaganlarini eslaydilarmi? Ular yer yuzida orzu qilgan narsalarini jannatda ham istaydilarmi?
  • Alloh O‘z soyasida soyalantiradigan kishilar

    Qiyomat kuni quyosh yerga yaqinlashganida Alloh O‘z soyasida soyalantiradigan kishilar kimlar?
  • Muayyan shaxsni jannatiy yoki do‘zaxiy deyish hukmi

    Men o‘zlarini salafiy deb atovchi ba’zi olimlarning ma’ruzasini tingladim. Ular shunday deyishdi: «Mening onam kofira va u do‘zaxga kiradi. Men buni aniq bilaman». Ular insonning do‘zaxga kirishini qat’iy aytish mumkinligini ta’kidlashdi. Bu to‘g‘rimi? Biz insonning dini tufayli do‘zaxga kirishini ayta olamizmi?